Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.7K subscribers
7.86K photos
1.88K videos
151 files
8.3K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#tekshiruvdan_oldingi_tahlillar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p uchrayotgan xatoliklar

🔎Davlat soliq organlari tomonidan Soliq kodeksining 138-moddasiga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari hisobotlari asosida tekshiruvdan oldingi tahlil o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Tahlil natijalarida aniqlangan tafovutlarning kelib chiqish sabablari soliq to‘lovchilarga tushuntirilib, o‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan tekshiruvlarning oldi olinmoqda.

🖊Tekshiruvdan oldingi tahlillar davomida ko‘p uchrayotgan holatlardan biri – soliq to‘lovchilar tomonidan aksiz solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalarini hisobotlarda noto‘g‘ri aks ettirish holatidir.

✔️Kamchiliklarni bartaraf etish uchun – soliq to‘lovchilar realizatsiya qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalarini Soliq kodeksining 289-, 289(1), 289(2) 289(3) moddalarida belgilangan stavkalardan kelib chiqib aks ettirishi lozim.

Ma’lumot uchun: yuqoridagi holatlar bo‘yicha 2021-yilda 229 ta tashkilot soliq hisobotlarida jami 728 511,1 mln so‘mlik tafovutlar aniqlangan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ortiqcha_tolov

Ortiqcha to‘lov summasini boshqa soliq turidagi qarz hisobiga olish yoki bank hisobvarag‘iga qaytarish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma

👉Youtubeda ko‘rish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliqchi_komakchi

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Avvalroq tegishli soliq va soliq to‘lovchi ro‘yxatga olingan hududiy soliq organining g‘aznachilik shaxsiy hisobvaraqlari my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetda to‘g‘ri aniqlanishi haqida xabar berilgan edi.

Soliqlarni toʻlash va notoʻgʻri amalga oshirilgan toʻlovlar uchun penya hisoblanishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida soliq toʻlovchilarga my.soliq.uz saytida ERI kaliti orqali soliq toʻlovlari boʻyicha elektron xizmatlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Agar soliq to'lovchi boshqa to'lov tizimlari orqali to'lovlarni amalga oshirsa, ularda ko'rsatilgan g'azna hisobvaraqlarining to'g'riligini soliq to'lovchining shaxsiy kabinatidagi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i bilan solishtirish maqsadga muvofiq.

Soliq to‘lovchi g‘aznachilikning shaxsiy hisobvarag‘iga noto‘g‘ri to‘lovni amalga oshirgan taqdirda, noto‘g‘ri to‘langan soliq summasini qaytarish uchun elektron ariza taqdim etishi lozim.

Ortiqcha to‘langan mablag‘ni qaytarish soliq organi tomonidan bunday ariza olingan kundan e’tiboran 15 kun ichida amalga oshiriladi.
👉Soliq kodeksi 104-modda
__
#клиентоориентированность

Уважаемые налогоплательщики!

Ранее сообщалось, что правильные казначейские лицевые счета соответствующего налога и территориального налогового органа, где поставлен на учет налогоплательщик, определены в персональном кабинете на сайте my.soliq.uz.

Чтобы уплатить налоги и избежать начисления пени за некорректно произведенные платежи, налогоплательщикам рекомендуется с помощью ключа ЭЦП воспользоваться электронными услугами по уплате налогов на сайте my.soliq.uz.

Если налогоплательщик производит платежи посредством других платежных систем, целесообразно сверить правильность указанных в них казначейских счетов со счетами в персональном кабинете налогоплательщика.

В случае, если налогоплательщик произвел платеж на неверный казначейский лицевой счет, ему необходимо подать электронное заявление о возврате ошибочно уплаченной суммы налога.

Возврат осуществляется в течение 15 дней со дня получения налоговым органом такого заявления.
👉ст.104 НК

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#hayit #9_may

Urush qatnashchilari holidan xabar olinmoqda

Yurtimizda keksalarni eʼzozlash ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish ezgu anʼanaga aylangan.

Ramazon hayiti hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni oldidan Davlat soliq qo‘mitasi va Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Buxoro shahrining “Shirbudin” mahallasida yashovchi 94 yoshli Reyda Resutovaning xonadonida bo‘lib, onaxonni bayram bilan tabrikladi hamda esdalik sovg‘alarni topshirdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#hashar

Davlat soliq xizmati xodimlari umumxalq xayriya hasharida ishtirok etdi

Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom-sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi.

Bugun, 30-aprel kuni yurtimizda “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Barcha davlat va jamoat tashkilotlari, mahalliy aholi vakillari mahallalar, aholi turar joylari hamda ko‘chalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Xususan, Davlat soliq qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘mita markaziy apparati binosi va unga tutash hududlar, ariqlar, ko‘chalar tozalandi, yo‘laklarga suv sepilib saranjom-sarishta holatga keltirildi.

Ushbu umumxalq xayriya hasharida
Vatanimiz ravnaqi, uni yanada obod etish ishtiyoqida yashash, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash yo‘lida barcha yurtdoshlarimiz birdamligi yana bir bor namoyon bo‘lmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#hayit #9_may

Urganchlik 99 yoshli urush qatnashchisiga ehtirom ko‘rsatildi

Keksalar holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri sanaladi.

Davlat soliq qo‘mitasi va Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati urganchlik 99 yoshli urush qatnashchisi Sobir ota Qurbonov xonadonida bo‘ldi.

Suhbat jarayonida Sobir ota Qurbonov davlatimiz rahbari tomonidan urush va mehnat faxriylariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirdi. Tinchlik va osoyishtalik — ulug‘ neʼmat. Ular mujassam bo‘lgan joyda taraqqiyot va rivojlanish barqaror bo‘lishi ta‘kidlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#hayit #9_may

Urush va mehnat faxriylari – doimo e’zozda

Ramazon hayiti hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida istiqomat qilib kelayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Grigoriy Kolosov, Aklima Shayxutdinova hamda Nikolay Kudinovlarning xonadonlariga tashrif buyurib, faxriylarni bayram bilan muborakbod etdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram