Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
98.5K subscribers
8.12K photos
1.98K videos
162 files
8.58K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #MXIK

Tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Yangi texnologiyalar” IAM filiali direktori Sherzod Teshebayev tasnif.soliq.uz saytida yangi MXIK yaratish yoki oʻlchov birligini qoʻshish boʻyicha bir necha oddiy amallar yordamida soʻrovnoma yuborish mumkinligini aniq ko‘rsatib berdi.

👉Batafsil videoqo‘llanma
__________
#встреча #ИКПУ

На встрече с предпринимателями директор филиала НИЦ "Янги технологиялар" Шерзод Тешебаев наглядно показал налогоплательщикам, как в несколько простых шагов подать заявку на добавление нового ИКПУ или единицы измерения на tasnif.soliq.uz.

👉Подробная видеоинструкция

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram | X|Threads
#uchrashuv

Eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali hudud iqtisodiy salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi

Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning Surxondaryo viloyatidagi eksportyor korxonalar vakillari bilan ochiq muloqotlari davom etmoqda.

Jarqo‘rg‘on tumanida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda to‘qimachilik hamda yengil sanoat bilan shug‘ullanuvchi eksportyor korxonalar vakillari o‘z faoliyatlarida bugungi kunda erishilgan natijalar, yaratilgan sharoitlar bilan bir qatorda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va tashqi bozorga chiqish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan islohotlar alohida e’tirof etildi.

Tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga transport-logistika bilan bog‘liq masalalarda zarur yordam ko‘rsatish orqali eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solishda uchrayotgan ayrim to‘siq va muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi.

Termiz shahrida joylashgan Xalqaro savdo markazi qo‘shni Afg‘oniston bilan savdo iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashda muhim strategik ahamiyatga ega hudud sanaladi. Bu yerda eksportyorlar bilan birga xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar, savdo faoliyatini amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishildi, biznes muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar o‘rganildi.

Navbatdagi manzil - Qumqo‘rg‘on tumanidagi Jayxun klasterida ishga tushirishga tayyorlanayotgan to‘qimachilik korxonasi. Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev korxona ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishar ekan, hudud iqtisodiy potensialini ko‘tarishda shuningdek, mahalliy aholining bandligini ta’minlashda mazkur klasterning ahamiyati yuqori ekanini ta’kidladi.

Bu kabi uchrashuvlar yengil sanoat sohasida yangi tashabbuslar va qo‘shma loyihalarning amalga oshishida hamda eksport bilan shug‘ullanadigan korxonalar safining yanada kengayishiga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Surxondaryolik soliqchilar faoliyati tahlil qilindi


Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida Surxondaryo viloyati soliq xodimlari faoliyati, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Baholash axborot tizimida sohalar bo'yicha tahlil qilinib, har bir yo‘nalish xodimlarning faoliyati samaradorlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra muhokama qilindi.

Kameral soliq tekshiruvlari bo‘limi umumiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha respublikada birinchi o‘rinda ekanligi e’tirof etilib, mazkur yo‘nalishda mehnat qilayotgan xodimlarga minnatdorlik bildirildi.

“Korxonabay” va “mahallabay” ishlash tizimi doirasidagi inspektorlar faoliyati tahlil qilinib, joriy oy, shu bilan birga 2024-yilning so‘nggi oylarida samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) past bo‘lgan xodimlar lavozimidan ozod etildi.

Ilgari xabar qilinganidek , Surxondaryo viloyatidagi 724 ta mahallaga 265 nafar soliq inspektori biriktirilgan. O‘tgan yilning dekabr oyi yakunlariga ko‘ra, ularning o‘rtacha ko‘rsatkichi (KPI) 85,1 ballni tashkil etgan. 105 nafar xodim 90 balldan yuqori natija ko‘rsatgan bo‘lib, shulardan 31 nafari 100 ball olishga erishgan. 29 nafar xodim 75-80 ball orasida, 32 nafari esa 75 balldan past natija ko‘rsatgan.

Shunga ko'ra, zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini yetarli darajada bajarmagan, ish faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari va boshqarma hamda hududiy soliq inspeksiyalari xodimlariga intizomiy choralar qo‘llanildi.

Soliq to‘lovchilarni ma’murchilik yo‘nalishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va “mahallabay” tizimida yuqori samaradorlikni (KPI) ta’minlash bo‘yicha aniq muddatli vazifalar belgilab berildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Hududlar potensial imkoniyatlari va samaradorlik ko‘rsatkichlarini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev hududlar potensial imkoniyatlarini oshirish, mavjud imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish yuzasidan muloqotlar o‘tkazmoqda.

Kuni kecha uchrashuvlar Namangan viloyatida o‘tkazildi.

Yig‘ilish «mahallabay» ishlash tizimi bo‘yicha viloyatda samaradorlik ko‘rsatkichi past bo‘lgan Mingbuloq tumanidan videokonferens aloqa orqali olib borildi.

Dastlab, viloyat ko‘rsatkichlari respublikada yetakchi o‘rinlarda ekanligi va bunda albatta xodimlar mehnati mujassamligi alohida eʼtirof etildi.

O‘tgan oy yakunlariga ko‘ra, xodimlarning o‘rtacha ko‘rsatkichi (KPI) 80,3%ni tashkil etgan. 79 nafar xodim 90 balldan yuqori natijaga erishgan bo‘lib, shulardan 19 nafari 100 ball olgan, 48 nafar xodim 75 balldan past natija ko‘rsatgan.

Faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Uchqurg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i va Mingbuloq tumani soliq inspeksiyasining 1 nafar xodimi lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Davlatobod tumani “Yuksalish” kichik sanoat zonasida viloyatdagi to‘qimachilik hamda yengil sanoat bilan shug‘ullanuvchi eksportyor korxonalar bilan Soliq qo‘mitasi rahbariyati uchrashuvi bo‘ldi.

Ma'lumki, Namangan viloyati kalava ip va matolarni qayta ishlashni chuqurlashtirish va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish hisobiga to‘qimachilik sanoatining eksport salohiyatini oshirish zaxiralariga ega.

Ochiq muloqotda 2025- yil soliq siyosatidagi o‘zgarishlar hamda “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni bilan kiritilgan yangi tartiblar to‘g‘risida ma'lumot bеrildi.

Tadbirkor va hisobchilar tomonidan bеrilgan barcha savollarga javob bеrish bilan bir qatorda muammo va takliflari ham o‘rganildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Zamonaviy loyihalar va ilg'or tashabbuslar istiqbollari muhokama qilindi


Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bunyodkorlik ishlari, mahalliy tadbirkorlarning yangi tashabbuslari bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab viloyat markazida barpo etilayotgan Yangi Navoiy shaharchasi, bu yerda yaratilayotgan zamonaviy infratuzillma va loyihalarni ko'zdan kechirdi.

Shuningdek, Soliq qo'mitasi Raisi Navbahor tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan "Agrocenter" MChJga qarashli issiqxona va u yerda sifatli pomidor mahsulotlarini yetishtirishda eng ilg'or texnologiyalardan samarali foydalanish borasidagi ishlarni o'rgandi. Tadbirkorning yangi biznes loyihalari, kelgusi rejalari bilan tanishdi.

Navbatdagi manzil Navbahor tumanidagi o'simlik moyi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Pure Nature Oils" MChJ bo'ldi. Qo'mita Raisi tadbirkorning o'z biznesini yanada rivojlantirish yo'lidagi izlanish va tashabbuslari hamda eksport loyihalarini qo'llab-quvvatladi.

Shundan so‘ng Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida Navoiy viloyati soliq boshqarmasida xodimlar faoliyati samaradorligi, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

“Korxonabay” ishlash tizimida joriy oyda KPI past bo‘lgan 2 nafar xodim lavozimidan ozod etildi, 1 nafar xodimga ogohlantirish berildi.

Yigʻilishda tizimdagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish, xalqning, tadbirkorlarning ishonchiga erishib, ularga amaliy yordam koʻrsatib borish birinchi darajali vazifa ekanligi yana bir bor ta'kidlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv #jamoatchilik_kengashi

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari tadbirkorlar bilan muhokama qilindi


Savdo-sanoat palatasida Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev va tuzilma rahbarlari ishtirok etmoqda.

Unda tadbirkorlikka oid 6 ta normativ huquqiy-hujjat loyihalari muhokama qilinmoqda, jumladan:

◾️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla darajasida tashkil etilgan soliq maʼmuriyatchiligi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror loyihasi;

◾️Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida”gi Qaror loyihasi;

◾️Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan “Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zratirish kiritish to‘g‘risidagi Qaror loyihasi va boshqa hujjat loyihalari kun tartibiga kiritilgan.

Shuningdek, Prezidentning 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-sonli farmoni bilan belgilangan topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar tinglanmoqda.

Soha mutaxassislari takliflarini olish va loyihalarni yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan tadbir qizg‘in bahs-munozaralarga boy kechmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Samarqand viloyatida energiya samaradorligi va soliq imtiyozlari masalalari o'rganildi

Soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi.

Xususan, Jomboy tumanida energiya samaradorligiga erishish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan berilayotgan soliq imtiyozlarining amaliyotda qo‘llanilishi o‘rganildi.

Mutasaddilar bilan birgalikda tumandagi Kattaqishloq mahallasida joylashgan “To‘qimachi” nimstansiyasida bo‘lib, aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash holati, qayta tiklanadigan energiya manbalarini o‘rnatishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida berilgan soliq imtiyozlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, qish mavsumida energiya resurslariga bo‘lgan talabning to‘liq taʼminlanishi, foydalanishdagi xavfsizlik choralari, uchrayotgan ayrim muammo va kamchiliklarni o‘rganish maqsadida aholi xonadonlarida bo‘ldi.

Energiya resurslaridan tejamkorlik bilan oqilona foydalanish, qonunbuzarliklarning oldini olish va "Quyoshli xonadon" dasturi doirasida qayta tiklanadigan energiya manbalarini o‘rnatishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha beriladigan subsidiya, soliq imtiyozlari haqida tushuntirishlar berildi.

Tashrif davomida, elektr energiyasi taʼminotidagi muammolarni bartaraf etish va samarali foydalanishni taʼminlash uchun davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurati qayd etildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Soliq qo‘mitasi Raisi tizimda faoliyat yuritayotgan mingdan ortiq ayollar bilan uchrashdi

Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev soliq organlarida mehnat qilayotgan mingdan ortiq ayollar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ulardan bir qanchasi rahbarlik lavozimlarida, jumladan viloyat soliq boshqarmalaridagi mas'ul tuzilmalar, tuman, shahar soliq inspeksiyalariga rahbarlik qilmoqda.

Sh.Kudbiyev barcha xodimalarga fidokorona xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik izhor etib, ularning ishtirokisiz soliq tizimining samarali faoliyatini tasavvur qilish qiyinligini taʼkidladi. Suhbat chog‘ida mehnat sharoitlari va karyera istiqbollari bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tadbir qatnashchilari professional muhitni yaxshilashga qaratilgan o‘z fikrlari va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar. Qo'mita Raisi tomonidan "korxonabay" va "mahallabay" yo'nalishlarda ishlayotgan xodimlarni rag'batlantirish hamda KPI tizimining ayrim mezonlarini qayta ko'rib chiqish taklifi qo'llab-quvvatlandi.

Halol mehnati va soliq qonunchiligini keng jamoatchilikka yetkazishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Toshkent viloyati soliq boshqarmasi xodimi Mukambar Tojiboyevaga navbatdan tashqari maxsus unvon berildi.

Uchrashuvdagi iliq va samimiy muhit barcha qatnashchilarga har bir xodimning hissasi qadrlanadigan katta jamoaning muhim a'zosi, bir qismi ekanini his qilish imkonini berdi.

Tadbir yakunida Sh.Kudbiyev ayollarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklab, ularga muvaffaqiyat, farovonlik va yangi yutuqlar tiladi.
_________
#встреча

Более тысячи женщин в налоговой службе: теплая встреча с председателем накануне праздника


В преддверии Международного женского дня председатель Налогового комитета провел встречу с более чем тысячей женщин, работающих в налоговых органах. Некоторые из них занимают руководящие должности, в том числе возглавляют ответственные структуры в областных налоговых управлениях, а также руководят районными и городскими налоговыми инспекциями.

Ш.Кудбиев искренне поблагодарил всех сотрудниц за труд, отметив, что без их участия сложно представить эффективную работу налоговой системы. В беседе обсуждались актуальные вопросы, связанные с условиями работы и карьерными перспективами.

Участницы встречи поделились своими мнениями и предложениями, направленными на улучшение профессиональной среды. Председателем поддержаны инициативы по поощрению сотрудников, работающих по системе «корхонабай» и «махаллабай», и пересмотру некоторых критериев KPI.

За добросовестный труд и активный вклад в широкое разъяснение общественности налогового законодательства сотрудница Ташкентской области Мукамбар Таджибаева повышена в специальном звании.

Теплая и душевная атмосфера встречи позволила всем присутствующим почувствовать себя частью большой команды, где ценят вклад каждого сотрудника.

В завершение мероприятия Ш.Кудбиев поздравил женщин с наступающим праздником, пожелал им успехов, благополучия и новых достижений.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM