Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.8K subscribers
7.85K photos
1.88K videos
149 files
8.29K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#yer_soligi #soliq_imtiyozi

Kimlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilingan?

▫️ “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlari, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
▫️urush nogironlari va qatnashchilari;
▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
▫️yolgʻiz pensionerlar;
▫️boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar;
▫️Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;
▫️energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga.

Soliq imtiyozlari yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga beriladi.

Soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
👉 Soliq kodeksi 436-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mol_mulk_soligi #yer_soligi #soliq_imtiyozi

Urush qatnashchilari mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilingan

Urush nogironlari va qatnashchilari
, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashdan ozod qilingan.

Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining tanloviga ko‘ra faqat bitta yer uchastkasiga yoki ko‘chmas mulkka nisbatan qo‘llaniladi.

👉 Soliq kodeksi 436-modda
👉 Soliq kodeksi 421-modda
________
#налог_на_имущество #земельный_налог #льготы

Участники войны освобождены от уплаты налогов на имущество и землю

Инвалиды и участники войны,
а также приравненные к ним лица, круг которых устанавливается законодательством, освобождаются от уплаты налогов на имущество и землю.

Налоговые льготы распространяются только на один объект недвижимого имущества или земельный участок по выбору собственника.

👉ст.436 НК
👉ст.421 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_imtiyozi

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj yoʻnalishidagi tadbirkorlar uchun
soliq imtiyozlari va preferensiyalar

2026-yil 1-maygacha barqarorlik reytingida “A” va undan yuqori toifada boʻlgan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj yoʻnalishidagi tadbirkorlarda soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi, QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytariladi.

2026-yil 1-yanvarga qadar toʻqimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda tashkil etiladigan korxonalar mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etiladi.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda "A" va undan yuqori toifadagi toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalar soni 132 tani tashkil etmoqda. Shundan "A" toifada 64 ta, "AA" toifada 48 ta va "AAA" toifada 20 ta.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_imtiyozi

Zargarlik sanoati va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari uchun
soliq imtiyozlari berildi

🔹2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi.

Ma'lumot uchun, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan davlat budjetiga 2023-yilda 993,4 mln so‘m, 2024-yilning o‘tgan davrida 130,1 mln so‘m QQS (importda) to’langan.

🔹2026-yil 1-yanvargacha kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi foyda solig‘idan ozod qilinadi.

👉 O‘RQ-926-son 13.05.2024

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_imtiyozi

Magistral yoʻllar boʻyida 50 mingta koʻchma savdo nuqtalari tashkil qilinib, yoshlarga ijaraga beriladi. Bunda, dastlabki 6 oyda yoshlarga ijara haqi va soliqdan imtiyoz
beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_imtiyozi

Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab, kollej, texnikum o‘quvchilarini kasbga o‘rgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning bu xarajatlari
soliq bazasidan chegirib tashlanadi. O‘quvchilarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliq 1 % qilib belgilanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#yer_soligi #soliq_imtiyozi

Kimlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilingan?

▫️ “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlari, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
▫️urush nogironlari va qatnashchilari;
▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
▫️yolgʻiz pensionerlar;
▫️boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar;
▫️Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;
▫️energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga.

Soliq imtiyozlari yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga beriladi.

Soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
👉 Soliq kodeksi 436-modda

👉Qaysi jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ini to'lashdan ozod qilingan?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads