Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.4K subscribers
7.9K photos
1.89K videos
158 files
8.34K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Joriy yilning 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Mazkur farmonga ko‘ra 01.01.2023-yil 01.01.2028-yilga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida joylashgan va shu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari uchun:

🔹foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq stavkalari 50 %ga kamaytirilgan holda;

🔹Ijtimoiy soliq, 1 % miqdoridagi soliq stavkasida;

🔹YaTTlar tomonidan to‘lanayotgan ijtimoiy soliq shaharlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 12 baravarga, tumanlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 6 baravarga kamaytirilib, yiliga *BHMning bir baravari miqdorida belgilanadi.

❗️Bunda yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslarga mazkur bandda belgilanayotgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, qonunchilikda yuqoridagilardan ortiq soliq imtiyozlari nazarda tutilgan bo‘lsa, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay soliq imtiyozlari tatbiq etish belgilandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#e_ijara

👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

🏠Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin
.

1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo‘limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda "Qo‘shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)

👉Turar joylarni ijaraga oluvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi.

👉Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Bilasizmi

🟢Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
📗Soliq kodeksining 378-moddasi 19-1 bandi

👉Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#bilasizmi

📉01.09.2022-yildan 01.01.2025-yilga qadar xalq taʼlimi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga ijtimoiy soliq stavkasi 1 % miqdorida qo‘llaniladi.

🖥Mazkur imtiyoz davlat soliq xizmati organlarining “E-imtiyoz” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga 104023-ID-raqam bilan kiritilgan.

👉PQ-241 11.05.2022-yil
__________
#знаете_ли_вы

📉C 01.09.2022 года до 01.01.2025 года ставка социального налога на заработную плату и приравненные к ней платежи, осуществляемые за счет внебюджетных средств учреждений и организаций в системе народного образования, устанавливается в размере 1%.

🖥В автоматизированной информационной системе органов государственной налоговой службы “E-imtiyoz” данной льготе присвоен ID-код 104023.

👉№ ПП-241 от 11.05.2022 г.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#ozini_ozi_band_qilish

"Taksist"lar o‘zini o‘zi band qilishi mumkin

2022-yil 1-sentabrda 2024-yil oxiriga qadar

haydovchidan tashqari 4 tadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega yengil avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni tashuvchilar o‘zini o‘zi band qilishi mumkin.

📄O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘lovchilarni tashish faoliyati litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi

Litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi;

🛠O‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar bir yilda bir marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi shart;

👨‍⚕️Ular bir yilda bir marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart;

💰Litsenziya varaqasi uchun davlat boji yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari (300 ming so‘m) miqdorida undiriladi.

📍Litsenziya varaqalarida faoliyat hududi aks ettiriladi;

🚖O‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar avtomobilining tom qismiga “TAXI” belgisi o‘rnatiladi;

👱‍♂️Boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan shaxslar bir vaqtning o‘zida o‘zini o‘zi band qilgan holda yo‘lovchilarni tashish faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin.

📜PQ-311-son, 07.07.2022-yil.

👉O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga qanday yengilliklar yaratilgan?

👉O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#e_ijara

Transport vositalari ijara shartnomalarini notarial tasdiqlash bekor qilindi

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan "E-ijara" elektron xizmatida transport vositasi ijara shartnomalarini soliq organlarida hisobga qo‘yish imkoniyati yaratildi.

Elektron xizmatdan foydalanish uchun “ijara.soliq.uz” internet manziliga ijaraga beruvchi jismoniy yoki yuridik shaxslar elektron raqamli imzosi (ERI) orqali kiriladi.

Shartnomani hisobga qo‘yish uchun elektron xizmatning “Transport vositalari ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish” oynasiga o‘tiladi. Ijara shartnomalarini soliq organlarida hisobga qo‘yish bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar avtomatik shakllanadi:
🔹transport vositasini ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi to‘g‘risidagi maʼlumotlar – JShShIR, FIO, manzil;
🔹ijaraga berilayotgan transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar – rusumi, davlat raqami va h.k.

Mulkdor ijaraga berilayotgan transport vositasini tanlab, ijaraning boshlanish va tugash sanalari, bir oylik ijara to‘lovi miqdorini kiritadi hamda shakllangan ma’lumotlarni tasdiqlash uchun "jo‘natish" tugmasi orqali ijaraga oluvchiga yuboradi.

Ijaraga beruvchi jo‘natgan ma’lumotlar ijaraga oluvchi tomonidan tekshirilib, tasdiqlash tugmasi bosilgandan so‘ng ijara sharnomasi soliq organida avtomatik ravishda hisobga olinadi va hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida guvohnoma shakllanadi.

Eslatib o‘tamiz! 01.09.2022-yildan:
- fuqarolar va yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar o‘rtasida tuziladigan transport vositasi ijara shartnomalarini notarial tasdiqlash talabi bekor qilindi;
- transport vositasi ijara shartnomalari soliq organlarida elektron tarzda hisobga olinadi.
👉PQ-311-son, 07.07.2022-yil.

🚕"Taksist"lar o‘zini o‘zi band qilishi mumkin

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#e_ijara #talaba

👩‍🎓Talabalarga jismoniy shaxslar tomonidan uy-joylarni ijaraga berish bo‘yicha E-ijara axborot tizimi orqali joriy yil boshidan 29 986 ta shartnoma ro‘yxatga olingan.

🏠Uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlar 73,4 mlrd so‘m.
💰Qo‘llanilgan soliq imtiyozlari 8,8 mlrd so‘m.

👆Hududlar kesimida talabalar bilan tuzilgan shartnomalar soni infografikada

🔑Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi

🟢Talabalarga uy-joylarni ijaraga berishdan olingan daromadlar soliqqa tortilmaydi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram