Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.6K subscribers
7.92K photos
1.89K videos
158 files
8.37K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#bilasizmi #QQS

Paxta yetishtiruvchilarga QQSni boʻlib toʻlash huquqi berilgan

2023-yil hosilidan
paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta xomashyosi toʻliq elektron tarozi orqali qabul qilinadi.

Paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) uchun QQSni paxta xomashyosi boʻyicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatigacha toʻlash va hisobga olishga ruxsat etiladi.

2026-yil 1-aprelga qadar paxta-toʻqimachilik klasterlari va qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari) oʻrtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

🔹paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar oʻz muddatida amalga oshirilmaganda, yuzaga kelgan soliq qarzdorligini QQS toʻlovchisi hisoblangan qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari)ga 3 oy muddatga teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi;

🔹paxta-toʻqimachilik klasterlariga qabul qilib olingan paxta hosili uchun EHFda koʻrsatilgan QQS summasini qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) tomonidan QQS budjetga toʻlab berilganidan soʻng hisobga olishga ruxsat etiladi.

👉 VMQ-379-son, 14.08.2023-y.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 28, 2023
#bilasizmi #QQS

Taʼlim sohasidagi xizmatlar boʻyicha aylanma QQSdan ozod etilgan

Oʻqitish (taʼlim) sohasidagi xizmatlar, shu jumladan test sinovlari va imtihonlar oʻtkazishni tashkil etish xizmatlari, xususan:

🔹boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus, texnik va kasb-hunar, oliy taʼlim va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim sohasidagi taʼlim xizmatlari;

🔹taʼlim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha taʼlim berish boʻyicha xizmatlar;

🔹maktabgacha taʼlim va tarbiya dasturlari doirasida taʼlim va tarbiyalash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda
▫️bolalarga qarash va ularni parvarishlash boʻyicha xizmatlar,
▫️toʻgaraklarda, seksiyalarda (shu jumladan sport seksiyalarida) va studiyalarda voyaga yetmagan bolalar bilan mashgʻulotlar oʻtkazish boʻyicha xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma QQSdan ozod etilgan.

👉 Soliq kodeksi 243 modda
________
#знаете_ли_вы #НДС

Услуги в сфере образования освобождены от НДС

Оборот по реализации услуг в сфере обучения (образования), включая организацию проведения тестирования и экзаменов, освобождается от НДС. Сюда относятся:

🔹услуги в сфере начального, среднего, среднего специального, технического и профессионального, высшего и послевузовского образования;

🔹услуги по дополнительному образованию, оказываемые образовательными учреждениями (организациями), а также организациями, осуществляющими переподготовку и повышение квалификации кадров;

🔹услуги по присмотру и уходу за детьми в организациях, осуществляющих образовательную и воспитательную деятельность в рамках программ дошкольного образования и воспитания,

🔹услуги по проведению занятий с несовершеннолетними детьми в кружках, секциях (включая спортивные) и студиях.

👉ст.243 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 8, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #deklaratsiya

Ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag‘lardan daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin

👩‍🎓 "Kontrakt", nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

✔️“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

➡️Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

➡️Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 22, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #deklaratsiya

Ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘lardan daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin

🏘 Ipoteka kreditlari, "kontrakt" hamda nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

✔️“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️ipoteka kreditlari;
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari
.

➡️Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

➡️Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 6, 2023
October 19, 2023
December 2, 2023
December 18, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
December 19, 2023
January 24, 2024
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
February 10, 2024