#hashar
Davlat soliq xizmati xodimlari umumxalq xayriya hasharida ishtirok etdi
Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom-sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi.
Bugun, 30-aprel kuni yurtimizda “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Barcha davlat va jamoat tashkilotlari, mahalliy aholi vakillari mahallalar, aholi turar joylari hamda ko‘chalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
Xususan, Davlat soliq qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘mita markaziy apparati binosi va unga tutash hududlar, ariqlar, ko‘chalar tozalandi, yo‘laklarga suv sepilib saranjom-sarishta holatga keltirildi.
Ushbu umumxalq xayriya hasharida Vatanimiz ravnaqi, uni yanada obod etish ishtiyoqida yashash, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash yo‘lida barcha yurtdoshlarimiz birdamligi yana bir bor namoyon bo‘lmoqda.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

#hayit #9_may
Urganchlik 99 yoshli urush qatnashchisiga ehtirom ko‘rsatildi
Keksalar holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri sanaladi.
Davlat soliq qo‘mitasi va Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati urganchlik 99 yoshli urush qatnashchisi Sobir ota Qurbonov xonadonida bo‘ldi.
Suhbat jarayonida Sobir ota Qurbonov davlatimiz rahbari tomonidan urush va mehnat faxriylariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirdi. Tinchlik va osoyishtalik — ulug‘ neʼmat. Ular mujassam bo‘lgan joyda taraqqiyot va rivojlanish barqaror bo‘lishi ta‘kidlandi.

Urush va mehnat faxriylari – doimo e’zozda
Ramazon hayiti hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida istiqomat qilib kelayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Grigoriy Kolosov, Aklima Shayxutdinova hamda Nikolay Kudinovlarning xonadonlariga tashrif buyurib, faxriylarni bayram bilan muborakbod etdi.

Baxtiyor bolalar quvonchi
Mehr-muruvvat, saxovat va bag‘rikenglik insoniylik burch sanaladi. Mehrga tashna qalblarga xursandchilik ulashish, ularga ko‘mak berish va e’tibor qaratish xalqimizga xos olijanob fazilatlardan biridir.
Davlat soliq qo‘mitasi mas'ullari Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi 15-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun “Mehr-muruvvat” tadbirini tashkillashtirdi.
Tadbir murg‘ak qalb egalariga bir olam quvonch baxsh etdi. Bolajonlar o‘zlarining badiiy chiqishlarini mehmonlarga namoyish etdilar. Kuy-qo‘shiqlarga ulangan bayram tadbirida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga sport buyumlari va o‘quv qurollari ulashildi.