Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.7K subscribers
7.92K photos
1.9K videos
158 files
8.37K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#tayinlov

Andijonda 5 ta davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi

🖊Davlat soliq qo‘mitasi Raisi buyrug‘i bilan:

🔹Qosimov Ibratjon
Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasi;

🔹Musayev Alisher Xo‘jaobod tumani davlat soliq inspeksiyasi;

🔹Muminov Elmurod Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi;

🔹Zulunov Baxtiyor Jalaquduq tumani davlat soliq inspeksiyasi;

🔹Kodirov Abduvoxid Ulug‘nor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv

Namangan, Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan uchrashuvlardan fotolavhalar
______________________________________
DSQ va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyatining tadbirkorlar bilan o‘tkazadigan navbatdagi uchrashuvlari

26-mart:

📍
Andijon viloyati
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutida (soat 10:00)
Shahrixon tumani madaniyat saroyida (soat 15:00)

📍Toshkent shahri
Shayxontohur tumani Milliy matbuot markazida (soat 11:00)
Olmazor tumani hokimiyatida (soat 15:00)
Yashnobod tumani davlat soliq inspeksiyasida (soat 17:00) ochiq muloqotlar o‘tkaziladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#keshbek
#jamoatchilik_nazorati

Isteʼmolchilarga fevral oyi uchun 18,4 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi

Avval xabar berganimizdek, fevral oyida iste'molchilar tomonidan 27,9 mlrd so‘m keshbek yig‘ilib, shundan 24-mart holatiga 12,1 mlrd so‘m to‘langan edi.

📊Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, kamchiliklar tuzatilishi hamda ularning qarzdorligi kamayishi bo‘yicha o‘zgarishlar inobatga olinib, qolgan keshbek summalari ham to‘lab borilmoqda.

Tadbirkorlik subyektlarining soliq hisobotlaridagi kamchiliklar tuzatilganligi bois iste'molchilarga yana 6,3 mlrd so‘m keshbek to‘landi.

Natijada 26-mart holatiga fevral oyi uchun keshbek to‘lab berilgan fuqarolar soni 183 052 nafarga, ularga to'langan summa 18,4 mlrd so‘mga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslar bank kartalariga xarid summasidan 1% keshbek qaytarilmoqda.

Buning uchun iste'molchilar xarid chekining QR-kodini “Soliq” mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazishlari lozim. Avtomobil, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun olingan xarid cheklari bundan mustasno.

❗️Mart oyida hisoblangan keshbek aprel oyining 21-25-sanalarida qaytariladi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#кешбэк
#общественный_контроль

Потребителям за февраль выплачено 18,4 млрд сумов кешбэка

Ранее сообщалось, что в феврале потребителями накоплено 27,9 млрд сумов кешбэка и 24 марта выплачено 12,1 млрд сумов.

📊С учетом представления субъектами предпринимательства налоговой отчетности, внесения в неё изменений и уменьшения налоговой задолженности, выплачиваются оставшиеся суммы кешбэка.

По мере исправления субъектами предпринимательства недостатков в налоговой отчетности выплачено еще 6,3 млрд сумов кешбэка.

В итоге, по состоянию на 26 марта сумма кешбэка за февраль, выплаченная 183 052 потребителям, достигла 18,4 млрд сумов.

Напоминаем, начиная с 1 января 2022 года физическим лицам на их банковские карты возвращается 1% от суммы покупок – кешбэк.

Для этого потребители регистрируют свои покупки в мобильном приложении Soliq, сканируя QR-код на потребительских чеках. Исключение: чеки от покупки автомобилей, авиа- и железнодорожных билетов, оплаты коммунальных услуг и услуг связи.

❗️Кешбэк, начисленный в марте, будет выплачен 21-25 апреля

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv

DSQ va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyati andijonlik va poytaxtlik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Navbatdagi ochiq muloqotlar ertaga, 28-mart kuni:

📍Navoiy viloyati
Navbahor tumanidagi musiqa va san’at maktabida (soat 10:30)
Zarafshon shahridagi Madaniyat markazida (soat 15:00)

📍Toshkent shahri
Mirobod tumani hokimiyatida (soat 11:00)
Mirzo Ulug‘bek tumani Inha universitetida (soat 14:00)

📍Surxondaryo viloyati
Sherobod tumani hokimiyatida (soat 11:00)
Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida (soat 15:00) bo‘lib o‘tadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#onlayn_NKM

QQS va AOS hisobotlarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan onlayn-NKM orqali naqd pulda va terminalda savdo va xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushum summasi soliq solish bazasi sifatida avtomat shakllanadi.

My.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” bo'limidagi tegishli xizmatlar yordamida hisobotlarni to‘g‘ri shakllanishini ta'minlash mumkin:

Vositachi shartnomasi asosida realizatsiya qilingan tovar onlayn-NKM va virtual kassa chekida qanday aks ettiriladi?

Onlayn-NKM va virtual kassa chekini qaytarish jarayoni takomillashtirildi

Onlayn-NKM va virtual kassa cheki qanday tahrirlanadi?

Tovar realizatsiyasi uchun xaridordan qabul qilingan bo‘nak (avans) onlayn-NKM va virtual kassa chekida qanday aks ettiriladi?

Tovarlar bo‘lib to‘lash (kredit) asosida sotilganda onlayn-NKM va virtual kassa chekida qanday aks ettirish mumkin?

Onlayn-NKM foydalanuvchilariga taqdim etilgan imtiyozlar

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram