Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
98.1K subscribers
8.14K photos
1.99K videos
162 files
8.6K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#keshbek

Keshbek – savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati

Xarid qilingan tovar (xizmat)lar qiymatidan 1% keshbekka ega bo‘lish imkoniyati isteʼmolchilar orasida tobora ommalashib bormoqda.

Xususan, mazkur tizim amaliyotga joriy etilgach, dastlabki 14 kunda:
☑️ keshbek olish uchun 401 604 ta QR-kodli chek ro'yxatga olindi;
☑️ jami keshbek summasi 5 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etdi;
☑️ “Soliq” mobil ilovasida 25 mingdan ortiq yangi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi (Android/ iOS).

Buni intizomli soliq to‘lovchilar safi kengayib borayotgani hamda onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish ustidan jamoatchilik nazorati kuchaygani bilan izohlash mumkin.

Shu bilan birga, cheklardagi maʼlumotlarni noto‘g‘ri ko‘rsatish, QR-kodli cheklarni bermaslik, boshqa shaxslarning cheklari hisobiga keshbekka ega bo‘lish kabi isteʼmolchilar huquqlarini poymol qiluvchi, keshbek amaliyotiga salbiy taʼsir etayotgan holatlarning yuzaga kelayotgani kuzatilmoqda. Jumladan, savdo xodimlari tomonidan onlayn-NKM cheklarining nusxasi (dublikat)ni chop etgan holda xaridordan avvalroq ro‘yxatdan o‘tkazish holatlari ko‘p uchramoqda.

Shu bois, isteʼmolchilar huquqlarini har tomonlama himoya qilish va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida quyidagi talablar o‘rnatilmoqda:

– QR-kodli chek birinchi marta SOLIQ mobil ilovasida skanerlanganda isteʼmolchi tomonidan kiritilgan telefon raqami bilan maʼlumotlar bazasida avtomatik ro‘yxatga olinadi. Qayta skanerlanganda qurilma ekranida chek qaysi raqam orqali ro‘yxatga olinganini ko‘rsatuvchi eslatma paydo bo‘ladi;

– har bir fuqaro bir kunda bitta savdo nuqtasidan 5 tagacha chekni ro‘yxatga olish tartibi joriy etilmoqda. 6-chek ro‘yxatdan o‘tkazilganda qurilma ekranida kunlik limit tugaganligi to‘g‘risida eslatma paydo bo‘ladi.

DSQ keshbek amaliyoti to‘g‘ri qo‘llanilishini doimiy nazorat qilib borish bilan birga, isteʼmolchilar firk-mulohazalarini inobatga olgan holda tizimni takomillashtirib boradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#cashback

Кешбэк – общественный контроль в сфере торговли и услуг

Среди потребителей набирает популярность возможность получения кешбэка в размере 1% от стоимости приобретенных товаров (услуг).

Так, за первые 14 дней с начала реализации мероприятий:
☑️ для получения кешбэка зарегистрировано 401 604 чеков с QR-кодом;
☑️ общая сумма кешбэка составила более 5 млрд сумов,
☑️ зарегистрировано более 25 тысяч новых пользователей мобильного приложения Soliq (Android/ iOS).

Это объясняется как улучшением налоговой дисциплины предпринимателей, так и возросшим общественным контролем в сфере применения контрольно-кассовой техники.

Вместе с тем, неоднократно выявляются случаи, дискредитирующие внедренную практику возврата кешбэка, такие, как намеренное искажение информации в чеках, невыдача чеков с QR-кодом, получение кешбэка за счет чужих чеков и другие ситуации, нарушающие права потребителей. В частности, часто наблюдаются случаи сканирования сотрудниками торговых точек чеков онлайн-ККМ раньше покупателей, путем выдачи им копии (дубликатов) чеков.

Для всесторонней защиты прав потребителей и недопущения неправомерных ситуаций запущены следующие механизмы:

– при первом сканировании чек с QR-кодом автоматически регистрируется под номером телефона, который введен в мобильном приложении Soliq. При повторном сканировании отображается номер телефона, на который данный чек был зарегистрирован ранее;

каждый гражданин может зарегистрировать в день с одной торговой точки не более 5 чеков с QR-кодом. При сканировании 6-го чека на экране появляется соответствующее уведомление.

Мероприятия по кешбэку находятся под контролем Государственного налогового комитета и продолжат совершенствоваться с учетом мнений и предложений потребителей.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#mol_mulk_soligi

Mol-mulk solig‘i (noturar obyekt) hisoblanishidagi tahlillar

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarishda bino va inshootlar soliq bazasi bo‘yicha kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan turli fikr va xulosalar bildirilmoqda.

👉 kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan izoh

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara #QQS

🗓2022-yil 1-yanvardan yuridik shaxslar ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida elektron shaklda hisobga qo‘yishi belgilangan.

❗️Shartnomalarini ijara.soliq.uz orqali hisobga qo‘ymaslik soliq xavfining yuqori mezoni sifatida baholanadi va QQS guvohnomasi vaqtinchalik to‘xtatilishi yoki QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun arizasi rad etilishiga sabab bo‘ladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#matbuot_anjumani

Ayni paytda Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ishtirokida soliq ma'muriyatchiligidagi so‘nggi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

📹Matbuot-anjumanini ushbu havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda kuzating:

👉 Youtube
__________________________
#пресс_конференция

Началась пресс-конференция, посвященная обсуждению нововведений в сфере налогового администрирования, с участием председателя Государственного налогового комитета Шерзода Кудбиева.

📹Прямой эфир смотрите по ссылке:

👉 Youtube

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#matbuot_anjumani

Davlat soliq qo‘mitasi raisi jurnalist va blogerlar bilan uchrashdi

Soliq qonunchiligidagi yangiliklar ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xususan, ayrim nashrlar tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini soliqqa tortish tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlar hamda soliq ma’muriyatchiligida raqamli tizimlar va xizmatlardan foydalanish samaradorligi to‘g‘risida bir qator savollar berildi.

Shu munosabat bilan 2022-yil 17-yanvar kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev boshchiligida OAV vakillari va blogerlar uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Shuningdek, tadbirda Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov ishtirok etdi.
__________
#пресс_конференция

Председатель ГНК встретился с журналистами и блогерами

Нововведения в налоговом законодательстве вызвали оживленные дискуссии в социальных сетях. В частности, авторы публикаций задавались рядом вопросов об изменениях в порядке налогообложения налогом на имущество юридических лиц и эффективности применения цифровых систем и сервисов в налоговом администрировании.

В этой связи 17 января 2022 года под руководством председателя Государственного налогового комитета Шерзода Кудбиева состоялась пресс-конференция для представителей СМИ и блогеров. В мероприятии также принял участие заместитель министра финансов Дилшод Султанов.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#пресс_конференция

Предприниматели и бухгалтеры жалуются на рост налоговой нагрузки, недоработку систем налогового администрирования и нелогичность некоторых требований.

Глава ГНК Шерзод Кудбиев на пресс-конференции постарался обосновать правильность нового расчёта налога на имущество, суть платформ E-Ijara и E-Aktiv, идентификационных кодов продукции, требований по наличию офиса, сотрудников, а также признал ошибку с привязкой единиц измерения.

«Задача не стоит получить больше от предпринимателей… Мы хотим, чтобы все платили правильно», — сказал он.

Подробно👉https://www.gazeta.uz/ru/2022/01/18/taxes/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Давлат солиқ қўмитаси раиси Шерзод Қудбиев мол-мулк солиғининг 2 фоиздан 1,5 фоизга туширилиши ҳалол ишлаб келган тадбиркорлар манфаати учун хизмат қилишини таъкидлади. У айрим тадбиркорлар камроқ солиқ тўлаш учун объект нархини паст кўрсатгани, эндиликда улар ҳам белгиланган суммадан кам бўлмаган миқдорда солиқ тўлашларини таъкидлади.

https://www.gazeta.uz/uz/2022/01/17/tax-burden/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Каналга обуна бўлинг
👉 @gazetauz_uzb
#seminar

Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida soliq ma‘muriyatchiligidagi so‘nggi yangiliklarga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etilmoqda.

Kecha

📍
Surxondaryo viloyati. Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida (soat 14:30)

📍Sirdaryo viloyati. Sirdaryo viloyati hokimiyatida (soat 14:30).

Bugun

📍Qashqadaryo viloyati. Qarshi shahridagi "Yoshlar markazi"da (soat 10:00)

📍Farg‘ona viloyati. Farg‘ona shahridagi "Tadbirkorlar uyi"da (soat 11:00) da bo‘lib o‘tdi.

Navbatdagi seminarlar 2022-yil 19-yanvar kuni

📍Andijon viloyati. Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasida (soat 10:00)

📍Buxoro viloyati. Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasida (soat 14:00).

2022-yil 20-yanvar kuni

📍Samarqand viloyati. Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi”da (soat 10:00)

📍Navoiy viloyati. Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da (soat 10:00)

📍Toshkent shahri. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida (soat 11:00)

📍Namangan viloyati. Namangan shahar hokimiyatida (soat 10:00).

2022-yil 21-yanvar kuni

📍Xorazm viloyati. Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasida (soat 11:00)

📍Toshkent viloyati. Chirchiq shahar madaniyat saroyida (soat 11:00) bo‘lib o‘tadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#e_imtiyoz

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Soliq imtiyozlari bilan bog‘liq murojaatlarni Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat interaktiv xizmatiga yuboring.

👉Batafsil qo'llanmada
__________

Уважаемые налогоплательщики!

Чтобы уведомить налоговые органы об использовании льготы, воспользуйтесь интерактивной услугой "Обращение по использованию налоговых льгот".

👉Подробнее в инструкции

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2022-yil 19-yanvar

- O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyidagi soliq organlariga yetkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 447-moddasi 3-qismi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ 19 января 2022 года крайний срок

- представления юридическими лицами — нерезидентами Республики Узбекистан, осуществляющими деятельность в Республике Узбекистан через постоянные учреждения, налоговой отчетности в налоговые органы по месту водопользования или водопотребления по налогу за пользование водными ресурсами
(часть третья статьи 447 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Jismoniy shaxslarning aksiyalardan olgan dividendlari daromad solig‘idan ozod qilinadi

✍️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi (PQ-90-son, 17.01.2022).

📖Qarorga muvofiq, 🗓2022-yil 1-apreldan 2024-yil 31-dekabrgacha:

O‘zbekiston rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning aksiyalardan olgan dividend tarzidagi daromadlari daromad solig‘idan ozod qilinadi;

norezident yuridik shaxslarning aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividend tarzidagi daromadlariga foyda solig‘ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi;

O‘zbekiston rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslar daromad solig‘i va yuridik shaxslar foyda solig‘idan ozod qilinadi.

🗓2022-yil 1-iyuldan:

– qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan savdosida
qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzilganda sotuvchi (emitent bundan mustasno) tomonidan foyda solig‘i va daromad solig‘i o‘rniga bitim summasining 0,3 foizi miqorida yig‘im to‘lanadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodi (MXIK) topilmagan taqdirda tasnif.soliq.uz sayti orqali murojaat qoldiring.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram