Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
98.7K subscribers
8.06K photos
1.96K videos
161 files
8.55K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#zakovat #DSQ_Raisi_kubogi

“Zakovat": Davlat soliq qo‘mitasi Raisi kubogi uchun nomzodlar saralanmoqda

Davlat soliq xizmati organlari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan turnirning ilk saralash bosqichlari joriy yilning 4-6-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida bo‘lib o‘tgan edi.

Navbatdagi saralash bosqichlari Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasining “Yangi O‘zbekiston” jamoasi, Qashqadaryo viloyat davlat soliq boshqarmasining “Liderlar-2”, Kadastr agentligi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasi Kattaqo‘rg‘on shahar filiali xodimlaridan iborat “Mirzo Ulug‘bek”, Kadastr agentligi Jizzax viloyat boshqarmasining “Zukkolar hamda Sirdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi jamoasi o‘z hududlaridagi saralash bosqichlarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi hamda turnirning respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tayinlov

Davlat soliq xizmati organlari boshqaruv tizimida yangi tayinlovlar

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Eshmatov Sirojiddin Tog‘aymurodovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.


Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Narmanov Erkin Abdualimovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi bilan Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram