Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
97.6K subscribers
8.43K photos
2.1K videos
168 files
8.9K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 1
Download Telegram
#e_imtiyoz

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari, shuningdek, ularni qo‘llashni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar hisobini to‘laqonli va o‘z vaqtida yuritish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqildi.

“E-imtiyoz” tizimiga amaldagi 3931 ta soliq imtiyozi kiritilgan bo‘lib, ularning har biriga alohida ID-kod biriktirilgan.

EHF shakllantirishda va tovarlar (xizmatlar)ning MXIKini ko‘rsatishda, “Imtiyoz” qatorida ayni tovar yoki xizmat uchun mavjud imtiyoz kodi avtomatik ravishda aks etadi.

Agar maʼlum bir imtiyoz aks ettirilmasa, “Tadbirkor va Soliqchi” telegram guruhi yoki my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali tegishli tartibda murojaat yo‘llash lozim.
______________

Уважаемые налогоплательщики!

Специалистами Государственного налогового комитета разработана автоматизированная информационная система, предназначенная для совершенствования механизмов полного и своевременного учета налоговых льгот, предусмотренных нормативно-правовыми актами и международными договорами Республики Узбекистан, а также перечня налогоплательщиков, которые используют данные льготы.

В систему “E-imtiyoz” внесено 3931 действующая налоговая льгота, каждой из которых присвоен ID-код.

Так, при оформлении ЭСФ и указании ИКПУ товара или услуги, в строке «Льгота» автоматически отобразится код льготы, доступной именно для данного товара или услуги.

Если определенная льгота не отображается, необходимо отправить соответствующее обращение в телеграм-группу «Тадбиркор ва солиқчи» или в персональном кабинете на сайте my.soliq.uz.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
DSQning telegramdagi rasmiy kanali maxsus belgiga ega bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Facebook va Instagram akkauntlaridan so‘ng telegramdagi rasmiy kanali (@soliqnews) ham verifikatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tib "verified" (tasdiqlangan) ko‘k belgiga ega bo‘ldi.

Endilikda internet foydalanuvchilari saytning telegramdagi kanalini maxsus ko‘k belgi orqali boshqa soxta kanallardan oson ajratib olishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek ushbu belgi rasmiy sahifani qo‘shimcha xavfsizlik bilan ta’minlaydi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#zakovat #DSQ_Raisi_kubogi

“Zakovat” intellektual o‘yinining “Davlat soliq qo‘mitasi Raisi kubogi” turniriga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-son farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, “2021-yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da yosh kadrlarga eʼtibor qaratish, ularning intellektual salohiyatini va kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinining “Davlat soliq qo‘mitasi Raisi kubogi” turniri o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 4-dekabr kuni mazkur turnirning Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi saralash bosqichi o‘tkazildi.

Xususan, turnirning Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tgan saralash bosqichida Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 28 jamoasi ishtirok etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan turnirda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi, tuman inspeksiyalari, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Soliq-servis” DUK va Kadastr agentligidan jami 24 ta jamoa qatnashdi.

Xorazm viloyatida o‘tkazilgan saralash bosqichida Qo‘shko‘pir tumani davlat soliq inspeksiyasining “Az-Zamahshariy” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida
o‘tkazilgan turnirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi jamoasi o‘z hududida barchadan bilimdon ekanligini amalda isbotladi.

G‘olib jamoalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi hamda turnirning respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, “Zakovat” intellektual o‘yinining “Davlat soliq qo‘mitasi Raisi kubogi” turniri finali 2021-yil 25-dekabr kuni o‘tkaziladi. Unda saralash bosqichi g‘oliblari “Davlat soliq qo‘mitasi Raisining kubogi” uchun bahs olib boradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2021-yil 6-dekabr

noyabr oyi uchun:

- banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan to‘lovlar (dividendlar va foizlar to‘lovidan tashqari) bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini budjetga o‘tkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi);

- noyabr oyida natura holida (qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan, xodimlarning yozma arizasiga ko‘ra shartnomaviy narxlarda beriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) to‘langan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va SHJBPHga majburiy badallarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-martdagi 88-sonli qarorining 1-bandi, 6.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 6 декабря 2021 года крайний срок

за ноябрь:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(часть вторая статьи 355 Налогового кодекса);

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме (сельскохозяйственной продукцией собственного производства и продуктов ее переработки по договорным ценам, выдаваемым сельскохозяйственными товаропроизводителями по письменному заявлению работников) в ноябре
(часть вторая статьи 390 Налогового кодекса, п. 1 ПКМ № 88 от 19.03.2002 г., п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.);

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram