Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
98.6K subscribers
8.06K photos
1.96K videos
161 files
8.54K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Facebook va Instagram akkauntlari verifikatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tdi

Verified (tasdiqlangan) belgi haqiqiy akkauntni soxtasidan ajratishga yordam beradi va rasmiy sahifani qo‘shimcha xavfsizlik bilan ta’minlaydi.

Davlat soliq qo‘mitasining ijtimoiy tarmoqlardagi tasdiqlangan akkauntlari foydalanuvchilarga dolzarb va tasdiqlangan ma’lumotlarni taqdim etadi. Bu maqsadli auditoriyaning sodiqligi va ishonchini oshirishga xizmat qiladi.
____________

🇺🇿Аккаунты Государственного налогового комитета Республики Узбекистан успешно прошли процесс верификации в Facebook и Instagram

Метка («синяя галочка») помогает отличить реальный аккаунт от фейкового и обеспечивает официальной странице дополнительную безопасность.

Верифицированные аккаунты ГНК в социальных сетях предоставляют пользователям актуальную и проверенную информацию и, как следствие, способствуют повышению лояльности и доверия целевой аудитории.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#QQS

🔴“Mening holatimni tekshirish” oynasida:

🔸soliq to‘lovchining faoliyat turiga bog‘liq holda zarur ishlab chiqarish, savdo, ombor binolari va hududlari, shuningdek, boshqa zarur moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlanmaganlik;
🔸1 mlrd so‘mdan oshgan miqdorda tovar-moddiy boyliklar qoldig‘iga ega bo‘lganligi mezonlarida sariq belgi paydo bo‘lishi nimani anglatadi?

Vazirlar Mahkamasining 595-sonli qaroriga muvofiq, soliq to‘lovchilarni QQS to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning faoliyati avtomatlashtirilgan tizim orqali tahlil qilinib, soliq xavfining past, o‘rta va yuqori darajalariga ajratish belgilangan.

🟡Unga ko‘ra ushbu mezonlar soliq xavfining o‘rta darajasi hisoblanadi.

▫️Soliq to‘lovchining faoliyat turiga bog‘liq holda zarur ishlab chiqarish, savdo, ombor binolari va hududlari, shuningdek, boshqa zarur moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlanmaganlik mezonida
soliq to‘lovchining faoliyat turidan kelib chiqib zaruriy asosiy vositalar, ombor va mahsulot saqlash xonalari, bino inshootlar bilan taʼminlanganlik holati o‘rganiladi hamda tegishli xulosalar rasmiylashtiriladi. Bunda soliq to‘lovchi faoliyat turiga mos ravishda zaruriy asosiy vositalar bilan taʼminlanmagan deb topilsa, soliq to‘lovchi soliq xavfining o‘rta darajasi guruhiga kiritiladi.

▫️1 mlrd so‘mdan oshgan miqdorda tovar-moddiy boyliklar qoldig‘iga ega bo‘lganligi mezoni
soliq to‘lovchi QQS to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza taqdim etganda o‘rganiladi. Bunda ariza taqdim etilgan paytda 1 mlrd so‘mdan ortiq tovar moddiy zahiralariga ega soliq to‘lovchilar soliq xavfining o‘rta darajasiga ega deb baholanadi.

Soliq xavfi o‘rta darajada bo‘lgan soliq to‘lovchilar:

🗓keyingi keladigan 12 oy ichida soliq nazoratining tekshiruv tadbirlarini o‘tkazish sharti bilan maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

📰mavjud QQS guvohnomalari to‘xtatilmaydi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_imtiyozi

👨‍🎓Talabalar kontrakt to‘lovidan 12 foiz miqdorida daromad solig‘ini qanday qaytarib olishi mumkin?

📚Siz ish haqi va boshqa daromadingizdan o‘zingizni, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ingiz va farzandlaringizni O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida taʼlim olishi uchun to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsangiz mazkur imtiyozdan foydalana olasiz.

⚡️2021-yil 14-oktabrdan mazkur imtiyoz professional taʼlim tashkilotlari – kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga ham tatbiq etildi.

Imtiyoz professional va oliy taʼlim tashkilotlarida o‘qish uchun to‘lov:
👉 jismoniy shaxsning o‘z mablag‘lari;
👉 tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari;
👉 yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilganda qo‘llaniladi.


Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#НДС

🔴Что означает «желтая» метка в окне “Проверить мой статус” по следующим критериям:

🔸необеспеченность необходимыми производственными, торговыми, складскими помещениями и площадями, а также другой материально-технической базой, непосредственно связанной с видом деятельности налогоплательщика;
🔸наличие суммы остатков товарно-материальных ценностей свыше 1 млрд сумов?

Согласно Постановлению Кабинета Министров № 595, при постановке на специальный регистрационный учет в качестве плательщика НДС с помощью автоматизированной системы происходит оценка деятельности налогоплательщика по ряду критериев, исходя из которых определяются уровни налогового риска (высокий, средний, низкий).

🟡Вышеперечисленные критерии относятся к среднему уровню налогового риска.

По критерию «Необеспеченность необходимыми производственными, торговыми, складскими зданиями и территориями, а также другой материально-технической базой в зависимости от вида деятельности налогоплательщика» соответствующее заключение формируется на основе изучения уровня обеспеченности налогоплательщика основными средствами, в том числе соответствующими зданиями, складами и помещениями для хранения продукции. В случае, если налогоплательщик не имеет достаточных основных средств, необходимых для осуществляемого вида деятельности, ему присваивается средний уровень налогового риска.

▫️Анализ по критерию «Наличие суммы остатков товарно-материальных ценностей свыше 1 млрд сумов» проводится при подаче заявления для постановки на специальный регистрационный учет в качестве плательщика НДС. Если в момент подачи заявления у налогоплательщика сумма остатков товарно-материальных ценностей превышает 1 млрд сумов, ему присваивается средний уровень налогового риска.

Налогоплательщики, у которых средний уровень налогового риска:

🗓будут поставлены на специальный учет при условии проведения мероприятий налогового контроля в течение следующих 12 месяцев.

📰действующее Свидетельство плательщика НДС не будет приостановлено.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
KALENDAR_DEKABR_2021.pdf
275.4 KB
#soliq_taqvimi

Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2021-yil dekabr oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на декабрь 2021 года

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_imtiyoz

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “E-imtiyoz” tizimi ishlab chiqilmoqda.

💻Tizimning asosiy vazifalari – imtiyozlar samaradorligini aniqlash, ularni hisobini yuritish, to‘laqonli sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va imtiyozlardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishdan iborat.

🔗Buning uchun tizimda mavjud imtiyozlar foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha tashkilot, tovar, xizmat, obyekt, operatsiya va jismoniy shaxs kategoriyalariga ajratiladi.

🆔Ushbu axborot tizimida qonun hujjatlaridan kelib chiqqan holda har bir soliq turlari kesimida imtiyoz uchun unikal kod (ID-raqam) beriladi.

Tizimga har bir mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodi bo‘yicha foydalanilishi lozim bo‘lgan imtiyozlar biriktirilib, elektron hisobvaraq-faktura shakllantirilgan vaqtda imtiyozlar avtomat paydo bo‘ladi. Bu soliq hisobotlarini qayta topshirish ehtimolini kamaytirib, soliqlarni to‘g‘ri hisoblanishini taʼminlaydi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Уважаемые налогоплательщики❗️

В связи с одновременной подготовкой к внедрению нескольких информационно-аналитических систем, у субъектов предпринимательства возникают опасения в связи со сжатыми сроками их внедрения, а также имеющимися в системах недоработках.

Сообщаем, что все информационно-аналитические системы будут запускаться поэтапно, с учетом их отработки с целевыми группами и представителями отраслей экономики (в том числе, малого бизнеса и частного предпринимательства).

В частности:
- система «E-aktiv»: на сегодняшний день разработана модель программы. На первом этапе она будет направлена исключительно на учёт входящих и исходящих потоков товаров (автоматически на основе ЭСФ и ГТД).
- ИКПУ: привязка единиц измерений к ИКПУ также стартует
с 10 января поэтапно по группам товаров (услуг), только после результатов обсуждения с участниками рынка (дополнительно будут опубликованы информационные сообщения).
- свидетельство НДС: на сегодняшний день система работает в тестовом режиме и проходит отладку с информационными системами других государственных органов.
Одновременно просим сообщать о недостатках тех или иных информационных систем, а также своих предложениях только после их официального релиза и запуска в тестовом режиме.

При этом информируем, что:
в связи с возникшими трудностями по выставлению ЭСФ, срок выставления ЭСФ за ноябрь продлен до 20 декабря 2021 года;
действующим законодательством не предусмотрена ответственность за некорректное отражение в ЭСФ соответствующих кодов ИКПУ. При этом мероприятия выездного налогового контроля будут основаны, как и раньше на анализе товаров с учетом их специфики, указанной в ЭСФ, а не на кодах ИКПУ;

При возникновении любых вопросов просим обращаться по всем доступным каналам связи непосредственно в Государственный налоговый комитет для получения разъяснений.

👉Подробнее

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Bir vaqtning o‘zida bir nechta axborot-tahliliy tizimlarni joriy etishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani, ularni joriy etish muddatlarining qisqaligi, shuningdek, tizimlardagi kamchiliklar sababli tadbirkorlik subyektlarida xavotir paydo bo‘lmoqda.

Barcha axborot-tahlil tizimlari maqsadli guruhlari va iqtisodiyot tarmoqlari (shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik) vakillari bilan birgalikda qayta ishlab chiqishni inobatga olgan holda bosqichma-bosqich ishga tushirilishini maʼlum qilamiz.

Xususan:
- “E-aktiv” tizimi: bugungi kunga kelib dastur modeli ishlab chiqilgan. Birinchi bosqichda u faqat kiruvchi va chiquvchi tovarlar oqimini hisobga olishga qaratiladi (EHF va BYUD asosida avtomatik ravishda).

- MXIK: o‘lchov birliklarini MXIKka biriktirish ham 2022-yil 10-yanvardan bozor ishtirokchilari bilan muhokama natijalaridan so‘ng tovarlar guruhi bo‘yicha bosqichma-bosqich boshlanadi (qo‘shimcha maʼlumotlar eʼlon qilinadi).

QQS guvohnomasi: bugungi kunda tizim test rejimida ishlamoqda va davlat organlarining boshqa axborot tizimlari bilan solishtirilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, ushbu va boshqa axborot tizimlaridagi kamchiliklar, shuningdek takliflaringiz haqida ular ishlab chiqarilib, test rejimida ishga tushirilgandan so‘ng xabar berishingizni so‘raymiz.

Shuningdek quyidagilarni ma'lum qilamiz:
- EHF
shakllantirishda yuzaga kelgan qiyinchiliklar tufayli noyabr oyi uchun EHF taqdim etish muddati 2021-yil 20-dekabrga qadar uzaytirildi;
- amaldagi qonunchilikda tegishli MXIKlarning EHFda noto‘g‘ri aks ettirilganligi uchun javobgarlik nazarda tutilmagan. Bunda, sayyor soliq tekshiruvlari, MXIKlarga emas, balki avvalgidek EHFda ko‘rsatilgan tovarlarni o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda tahlil qilishga asoslanadi;

Har qanday yuzaga kelgan savollaringizga javob olish uchun Davlat soliq qo‘mitasining mavjud aloqa kanallariga murojaat qilishingizni so‘raymiz!

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#savol_javob #ijara

Xususiy yuridik firma boshqa yuridik firmaga binoni ijaraga berishda ijara narxini mustaqil belgilash huquqi bormi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qarorining (PQ-4086-son, 26.12.2018) 24-bandiga asosan mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish shartnomada belgilangan ijara to‘lovi summasidan kelib chiqqan holda, lekin yuridik shaxslar uchun – davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalaridan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.

Toshkent shahrida yuridik shaxslar boshqa yuridik shaxsga mulkni ijaraga berishda ijara summasi Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahridagi davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun 2021-yilda qo‘llaniladigan ijara to‘lovining eng kam stavkalari haqida”gi qarorining 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan (11.02.2021, 146-son).

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda ham davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining eng kam stavkalari har yili belgilanadi. 2021-yil uchun belgilangan stavkalar bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi saytida ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Yuridik shaxs ko‘chmas mulkni ijara shartnomasi asosida boshqa yuridik shaxsga ijaraga berganda ko‘chmas mulk ijara haqini mustaqil belgilashi mumkin. Bunda ijara haqi ijara shartnomasi tuzilgan yil uchun davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganish bo‘yicha belgilangan ijara haqining eng kam stavkasidan kam bo‘lmasligi lozim.
_________________
#вопрос_ответ #аренда

Имеет ли право частная юридическая фирма самостоятельно устанавливать сумму арендной платы при сдаче в аренду здания другой юридической фирме?

В соответствии с пунктом 24 Постановления Президента Республики Узбекистан «О прогнозе основных макроэкономических показателей и параметрах государственного бюджета Республики Узбекистан на 2019 год и бюджетных ориентиров на 2020-2021 годы» (№ ПП-4086 от 26.12.2018) налогообложение доходов от сдачи имущества в аренду осуществляется исходя из суммы арендной платы, установленной договором, но для юридических лиц - не ниже рассчитанной, исходя из минимальных ставок арендной платы за пользование недвижимым государственным имуществом.

Минимальные ставки арендной платы за пользование недвижимым государственным имуществом в Ташкенте на 2021 год утверждены в соответствии с Приложением №1 к Решению хокима города Ташкента «О минимальных ставках арендной платы за пользование недвижимым государственным имуществом в 2021 году в городе Ташкенте» (№ 146 от 11.02.2021).

В других областях Республики Узбекистан и в Каракалпакстане также ежегодно устанавливаются минимальные ставки арендной платы за пользование недвижимым государственным имуществом. Ознакомиться с данными ставками на 2021 год можно на сайте Агентства по управлению государственными активами Республики Узбекистан по ссылке https://www.davaktiv.uz/ru/rent/minimum

Следовательно, юридическое лицо при передаче в аренду недвижимого имущества другому юридическому лицу может на основе договора аренды недвижимого имущества устанавливать произвольную арендную плату, но она должна быть не ниже соответствующей минимальной ставки арендной платы за пользование недвижимым государственным имуществом, установленной в год заключения договора в соответствующем регионе.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#e_imtiyoz

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari, shuningdek, ularni qo‘llashni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar hisobini to‘laqonli va o‘z vaqtida yuritish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqildi.

“E-imtiyoz” tizimiga amaldagi 3931 ta soliq imtiyozi kiritilgan bo‘lib, ularning har biriga alohida ID-kod biriktirilgan.

EHF shakllantirishda va tovarlar (xizmatlar)ning MXIKini ko‘rsatishda, “Imtiyoz” qatorida ayni tovar yoki xizmat uchun mavjud imtiyoz kodi avtomatik ravishda aks etadi.

Agar maʼlum bir imtiyoz aks ettirilmasa, “Tadbirkor va Soliqchi” telegram guruhi yoki my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali tegishli tartibda murojaat yo‘llash lozim.
______________

Уважаемые налогоплательщики!

Специалистами Государственного налогового комитета разработана автоматизированная информационная система, предназначенная для совершенствования механизмов полного и своевременного учета налоговых льгот, предусмотренных нормативно-правовыми актами и международными договорами Республики Узбекистан, а также перечня налогоплательщиков, которые используют данные льготы.

В систему “E-imtiyoz” внесено 3931 действующая налоговая льгота, каждой из которых присвоен ID-код.

Так, при оформлении ЭСФ и указании ИКПУ товара или услуги, в строке «Льгота» автоматически отобразится код льготы, доступной именно для данного товара или услуги.

Если определенная льгота не отображается, необходимо отправить соответствующее обращение в телеграм-группу «Тадбиркор ва солиқчи» или в персональном кабинете на сайте my.soliq.uz.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
DSQning telegramdagi rasmiy kanali maxsus belgiga ega bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Facebook va Instagram akkauntlaridan so‘ng telegramdagi rasmiy kanali (@soliqnews) ham verifikatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tib "verified" (tasdiqlangan) ko‘k belgiga ega bo‘ldi.

Endilikda internet foydalanuvchilari saytning telegramdagi kanalini maxsus ko‘k belgi orqali boshqa soxta kanallardan oson ajratib olishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek ushbu belgi rasmiy sahifani qo‘shimcha xavfsizlik bilan ta’minlaydi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram