Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.7K subscribers
7.88K photos
1.88K videos
157 files
8.32K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
Shu sababli 2021-yil 6-sentabr avgust oyi uchun:

- banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan to‘lovlar (dividendlar va foizlar to‘lovidan tashqari) bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini budjetga o‘tkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi);

- avgust oyida natura holida (qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan, xodimlarning yozma arizasiga ko‘ra shartnomaviy narxlarda beriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) to‘langan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va SHJBPHga majburiy badallarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi, V.M. 19.03.2002-yildagi 88-sonli qarorining 1-bandi, 6.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.
В связи с этим, 6 сентября 2021 года крайний срок за август:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(часть вторая статьи 355 Налогового кодекса);

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме (сельскохозяйственной продукцией собственного производства и продуктов ее переработки по договорным ценам, выдаваемых сельскохозяйственными товаропроизводителями по письменному заявлению работников) в августе
(часть вторая статьи 390 Налогового кодекса, п. 1 ПКМ № 88 от 19.03.2002 г., п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2021-yil 1-sentabrdan 31-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi

Yer va mulk solig‘idan ozod qilinishi natijasida 13 mingta umumiy ovqatlanish korxonasi 30 milliard so‘m mablag‘ tejab qoladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#ekoaksiya #ichki_turizm

Zomin milliy tabiat bog‘ida DSQ xodimlari ishtirokida ekoaksiya tashkil etildi

Joriy yilning 8-avgust kuni O‘zbekistonning eng so‘lim go‘shalaridan biri – Zomin milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu xabar barchamizni birdek xavotirga solgan bo‘lsa, hodisa shu kunning o‘zidayoq bartaraf etilgani ko‘nggillarga taskin bo‘ldi.

Yaqinda Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatining bir guruh xodimlari mamlakatimiz flora va faunasining noyob namunalarini o‘zida saqlab kelayotgan ushbu maskanga sayohat uyushtirdi.

Ichki turizm sayohati doirasida o‘ziga xos “ekoaksiya” ham tashkil etildi. Davlat va jamoat tashkilotlari ichida birinchilardan bo‘lib tashkil etilgan ekologik aksiyada yong‘in oqibatida nobud bo‘lgan daraxtlar o‘rniga yangi daraxt ko‘chatlari ekildi.

Shu tariqa davlat soliq xizmati organlari xodimlari Zomin milliy tabiat bog‘iga yashillik olami qaytishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Shundan so‘ng xodimlar Zomin tumanining boshqa diqqatga sazovor joylarida bo‘ldilar. Sayohat yakuniy qismida tashkil etilgan ma’naviy dastur – kuy-qo‘shiq va raqslar barchaga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ekoaksiya #ichki_turizm

Yurtimizning eng so‘lim go‘shalaridan biri – Zomin milliy tabiat bog‘ida ekoaksiya tashkil etildi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay #4_sektor

Bunyodkorlik maydoniga aylanayotgan Yunusobod

📍Poytaxtimizning Yunusobod tumanini yanada rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududda Davlat soliq qo‘mitasi raisining maxsus shtabi faoliyat yuritmoqda.

Maxsus shtab tomonidan ayni paytda 16 ta mahallada keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilyapti.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#infografika

Murojaatlar bilan ishlash soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning muhim omili

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish jarayoni bevosita jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda ularda ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimi bilan chambarchas bog‘liq.

Shu bois, fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan sohaga oid bildirilgan murojaatlar 24 soat davomida uzluksiz ravishda qabul qilinib, ularda ko‘tarilgan masalalar aniq, qonuniy va tezkorlik bilan hal etilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida kelib tushgan murojaatlar soni 23 462 tani tashkil etmoqda.
Shundan:
▫️ 1 572 tasi yozma;
▫️19 182 tasi elektron;
▫️2 708 tasi og‘zaki ravishda yo‘llangan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yilning 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. (7.09.2021-y.)

Unga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan:
▪️kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmaydi;
▪️tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi.

2022-yil yanvar – iyul oylarida eksperiment tariqasida Xorazm viloyati DSBda hisobda turgan soliq to‘lovchilarning QQS, aksiz solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlari soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladi va shakllantirib beriladi.

Eksperiment doirasida:
🔸yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i – Kadastr agentligi organlari maʼlumotlari asosida;
🔸QQS, aksiz solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq – EHF va onlayn nazorat-kassa texnikasi maʼlumotlari hamda soliq organlarida mavjud boshqa maʼlumotlar asosida hisoblablanadi va hisoboti shakllantiradi;
🔸soliq hisoboti tegishli soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kamida 10 kun oldin soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi;
🔸soliq to‘lovchi ushbu soliq hisobotini 5 kun ichida tasdiqlaydi yoki rad etgan holda, soliq hisobotini qayta ishlaydi va o‘rnatilgan tartibda soliq organlariga taqdim etadi.

2022-yil 1-yanvarga qadar soliq to‘lovchilarga QQS, aksiz solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblash uchun zarur bo‘lgan soliq solish obyekti yoki soliq solish bilan bog‘liq boshqa obyektlarni EHFda aks ettirish imkoniyati yaratiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Prezident farmoniga sharh

🖊Davlatimiz rahbari 7-sentabr kuni “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

📝Hujjatda nazarda tutilgan chora-tadbirlar sharhi "Axborot 24" dasturida

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Eksportchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha choralar belgilandi

Mamlakatimiz Prezidenti tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida (20.08.2021-y.) eksport salohiyatini oshirish, eksportchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, milliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash va valyuta tushumlarini ko‘paytirish borasida aniq va asosli yechimlar taklif etgan edi.

Muloqotda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Ushbu farmonga muvofiq tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan jarimalar qo‘llanilishi, shuningdek, ushbu Farmon kuchga kirguniga qadar qo‘llanilgan jarimalar undirilishi 2021-yil 31-dekabrga qadar to‘xtatiladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

🔹 “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subyektlariga yana-da qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni

🔹“Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”

🔹“Qo‘shilgan qiymat solig‘i maʼmuriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida”

🔹 “Qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”
qarorlari qabul qilingan edi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

🤝Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tuzilma biznes vakillarini soliq organlariga yanada yaqinlashtirmoqda

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotida taʼkidlanganidek, keyingi yillarda tadbirkorlar iqtisodiyotimiz va islohotlarimiz tayanchiga hamda lokomotiviga aylandi. Bunga albatta ko‘pgina sohalar qatori soliq maʼmuriyatchiligida amalga oshirilayotgan jadal islohotlar natijasida erishildi.

Xususan, 2021 yilda ilgari soliq organlari tarkibida mavjud bo‘lmagan uch pog‘onada tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tuzilmalar tashkil etildi. Natijada soliqchi tadbirkorning yaqin maslahatchisiga aylanib, biznes vakillariga ko‘pgina masalalarda amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️2021-yil 9-sentabr
sentabr oyi uchun:

- aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).
____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️9 сентября 2021 года крайний срок:
за сентябрь:

- уплаты налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения в размере 1/12 части годовой суммы налога;
(часть первая статьи 432 Налогового кодекса)

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram