Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
98.5K subscribers
8.12K photos
1.98K videos
162 files
8.58K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#Onlayn_NKM

Onlayn-kassa texnikasini tanlash tadbirkorning ixtiyoriy va mustaqil qarori

Keyingi kunlarda turli bosma va elektron nashrlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda onlayn nazorat-kassa texnikalari narxlari qimmatligi haqida tadbirkorlik subyektlari tomonidan bildirilayotgan eʼtirozlar tez-tez uchramoqda.

Davlat soliq qo‘mitasi ushbu mazmundagi xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

Hozirda tadbirkorlik subyektlari davlat reyestriga kiritilgan jami 16 turdagi onlayn-NKM va 16 ta virtual kassa dasturiy mahsullaridan foydalanishlari mumkin.

Mazkur qurilma va dasturiy mahsullarni o‘rnatish hamda foydalanishga ko‘maklashish bo‘yicha 26 ta Texnik xizmat ko‘rsatish markazi (TXKM) xizmat ko‘rsatmoqda.

Ushbu zamonaviy onlayn-kassa texnikalari bozor talablari asosida erkin savdoga chiqarilgan. Ularning narxlari bevosita yetkazib beruvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bugungi kunda davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKMlar o‘rtacha 1,7 mln. so‘mdan 3,5 mln. so‘mgacha, virtual kassalar esa 500 ming so‘mdan 3,5 mln. so‘mgacha bo‘lgan narxlarda isteʼmolchilarga yetkazib berilmoqda.

Bundan tashqari, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “Virtual kassa V 2.02” nomli virtual kassa dasturiy mahsuloti xo‘jalik subyektlariga bepul taqdim etilmoqda.

Tadbirkorlik subyektlari davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalarning narxi hamda texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib mustaqil ravishda sotib olish, TXKMlarni ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.

Onlayn-kassa texnikalarining narxlarini belgilashda, sotish yoki sotib olishda, shuningdek TXKM va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda davlat soliq xizmati organlari ishtirok etmaydi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Hurmatli soliq to‘lovchilar!

⚙️Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlarni ko‘rsatish va axborot tizimlari hajmini kengaytish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

🗓Ma'lumotlarni yangi serverlarga ko‘chirish munosabati bilan joriy yil 21-avgust soat 21:00 dan elektron soliq xizmatlari o‘chirildi.

❗️23-avgust soat 08:00dan boshlab elektron soliq xizmatlari ko‘rsatish odatdagi tartibda davom ettiriladi
.
__________________

Уважаемые налогоплательщики!

⚙️ В целях улучшения оказания электронных услуг налогоплательщикам и оптимизации информационных систем осуществляются работы по модернизации Центра обработки данных Государственного налогового комитета.

🗓В связи с переносом данных на новый ЦОД с 21:00 часов 21 августа электронные налоговые услуги отключены.

❗️С 8:00 23 августа работа электронных услуг будет продолжена в штатном режиме.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal pinned «Hurmatli soliq to‘lovchilar! ⚙️Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlarni ko‘rsatish va axborot tizimlari hajmini kengaytish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.…»
Hamdardlik

Bugun, 22-avgust kuni Oliy Majlis Senati aʼzosi Topiboldi Xoldorov 79 yoshida vafot etdi.

Topiboldi Xoldorov Farg‘ona viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

U kishi mamlakatimizda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirishdagi faol ishtiroki bilan keng jamoatchilik xotirasida chuqur iz qoldirib ketdi.

Davlat soliq xizmati organlari jamoasi marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.
_____________
Ҳамдардлик

Бугун, 22 август куни Олий Мажлис Сенати аъзоси Топиболди Холдоров 79 ёшида вафот этди.

Топиболди Холдоров Фарғона вилояти Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш бошқармаси бошлиғи ўринбосари лавозимида ишлаб келаётган эди.

У киши мамлакатимизда ижтимоий-маънавий муҳитни соғломлаштиришдаги фаол иштироки билан кенг жамоатчилик хотирасида чуқур из қолдириб кетди.

Давлат солиқ хизмати органлари жамоаси марҳумнинг оила аъзоларига чуқур ҳамдардлик билдиради.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️2021-yil 23-avgust

iyul oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd. so‘mdan oshadigan foyda solig‘i to‘lovchilari har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi ikkinchi qismi).
______________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️23 августа 2021 года крайний срок

за июль
:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает пять миллиардов сумов.
(часть вторая статьи 340 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#blits_intervyu

SAVOL: Jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash muddatlarini bilasizmi?

📲Soliqlarni uydan chiqmagan holda Soliq, Payme, Click mobil ilovalari orqali to‘lashingiz mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#коррупцияга_қарши_курашиш

Давлат солиқ қўмитаси марказий аппарати коррупцияга қарши курашиш бўйича "ISO37001:2016" халқаро сертификатини қўлга киритди

Кейинги йилларда солиқ соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар, жумладан, солиқ органларини хизмат кўрсатиш йўналишига трансформация қилиш, соҳага рақамли технологияларни кенг жалб этиш натижасида инсон омилини чеклаб, коррупция ҳолатларига барҳам бериш борасида самарали ишлар олиб борилмоқда.

Соҳада коррупцияга қарши курашиш механизми ва фаолият шаффофлигини таъминлашга қаратилган чора-тадбирларнинг тизимли равишда йўлга қўйилганлиги “CERT International” ихтисослашган халқаро ташкилоти аудиторлари хулосасида ҳам қайд этилди.

“CERT International” ихтисослашган халқаро ташкилоти томонидан Давлат солиқ қўмитаси марказий аппарати фаолиятининг ISO37001:2016 халқаро стандарт талабларига мувофиқлиги бўйича аудит ўтказилди. Унда халқаро стандартлар бўйича аниқланган номувофиқликларни бартараф этиш ва коррупцияга қарши курашиш тизимини такомиллаштириш юзасидан тавсиялар берилди.

Қўмита марказий аппарати 14 та тузилмасининг “ISO37001:2016 коррупцияга қарши курашиш менежмент тизими” бўйича ички идоравий ҳужжатлари таҳлил қилиниб, раҳбар ва масъул ходимлар билан суҳбатлар ўтказилди.

Шунга асосан, Давлат солиқ қўмитаси марказий аппарати ходимлари томонидан қисқа муддат ичида коррупцияга қарши курашиш механизмлари халқаро стандартларга тўла мослаштирилди.

Аудиторлар Давлат солиқ қўмитаси марказий аппаратида “ISO37001:2016 коррупцияга қарши курашиш менежмент тизими”, хусусан, коррупцияга қарши курашиш механизми яхши йўлга қўйилганлиги, раҳбар ва масъул ходимлар ўз хизмат вазифасига жиддий ёндашишини қайд этди.

Аудит якуний натижалари бўйича ўтказилган йиғилишда Давлат солиқ қўмитаси марказий аппратига ISO37001:2016 халқаро стандарти бўйича сертификат берилишини маълум қилди.

Бугун, 23 август куни “CERT International” ихтисослашган халқаро ташкилоти томонидан Давлат солиқ қўмитаси марказий аппаратига ISO37001:2016 халқаро стандарти бўйича сертификати топширилди.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram