Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
98.5K subscribers
8.03K photos
1.94K videos
161 files
8.49K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#ochiq_muloqot

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotidan


🔹Tadbirkor auksiondan yer sotib olganda QQS hisoblanmaydi.

🔹Yangi yerlarni ajratishda qurilish davriga yer solig‘i bo‘yicha 50 % imtiyoz beriladi (viloyat markazlaridan tashqari).

🔹Chetdan uskuna va butlovchi qism olib kelishda shartnoma muddati buzilmasa, muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘lmaydi. (Amalda shartnoma muddatidan qatʼi nazar sotib olingan uskuna 180 kunda yetib kelmasa, muddati o‘tgan debitor qarzdorlik yuzaga keladi).

🔹Bojxona organining eksportni tasdiqlovchi elektron maʼlumoti QQSni qaytarish uchun asos bo‘ladi, boshqa ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi.

🔹EHF va TTY yagona shaklga keltiriladi va faqat 4 ta maʼlumot kiritish o‘zi yetarli bo‘ladi.

🔹1-oktabrdan mehmonxona va turoperatorlarga to‘langan QQSning 20 foizi “keshbek” qilib beriladi.

🔹2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi “keshbek” sifatida qaytarib beriladi.

🔹Restoran va kafelarga foyda solig‘i 2 karra kamaytiriladi.

🔹1-dekabrdan korxonalar naqd pulga sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim qilishda hech qanday hujjat talab qilinmaydi.

🔹Restoran va kafelar ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan mehnat shartnomasi asosida ishlashi mumkin.
______________
#открытый_диалог

Итоги открытого диалога Президента с предпринимателями

🔹При покупке предпринимателем земли на аукционе НДС не будет начисляться.

🔹При выделении земли под строительство будет предоставляться льгота по земельному налогу в размере 50% (кроме областных центров).

🔹При ввозе оборудования и комплектующих не будет образовываться задолженность, если срок договора не будет нарушен. (В настоящее время, независимо от срока договора, если закупленное оборудование не прибудет в течение 180 дней, возникает просроченная дебиторская задолженность).

🔹Электронные данные таможенного органа, подтверждающие экспорт, будут основанием для возврата НДС без истребования других документов.

🔹ЭСФ и ТТН будут приведены к единой форме, где достаточно ввести всего 4 вида данных.

🔹С 1 октября гостиницам и туроператорам будет возвращаться 20% уплаченного НДС.

🔹С 1 января предпринимателям в сфере общественного питания будет возвращаться часть уплаченного НДС в виде кешбэка.

🔹Налог на прибыль ресторанов и кафе будет снижен в 2 раза.

🔹С 1 декабря при оприходовании сельхозпродукции, приобретенной за наличные, у предприятий общепита не потребуются никакие документы.

🔹Рестораны и кафе смогут нанимать работников по краткосрочным, упрощенным трудовым договорам.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#jonli_efir

Ayni daqiqalarda Xalqaro press klubning “Tadbirkorlar uchun yangi imkoniyat, yangi sharoit” mavzusidagi jonli efiri bo‘lib o‘tmoqda.

Jonli efirni “O‘zbekiston 24” telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin!

Mavzuga oid savol va takliflarni @xalqaropressklubbot orqali yuboring.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Fiskal cheklarda MXIK va oʻlchov birliklaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi

Soliq qo‘mitasida onlayn-NKT (onlayn nazorat-kassa texnikalari) bo‘yicha Texnik xizmat ko‘rsatish markazlari (TXKM) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirkorlar tomonidan fiskal cheklarni berishda MXIK va o‘lchov birliklaridan noto‘g‘ri foydalanilayotgani, bu esa tovar aylanmasi hajmi va mahsulot tannarxi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning buzib ko‘rsatilishiga olib kelayotgani kun tartibidagi asosiy masala bo‘ldi.

Soliq organlarining ma'lumotlar bazasiga kiritilgan "to‘ldirilmagan" cheklarga alohida e'tibor qaratildi. O‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, ayrim tadbirkorlar tomonidan oflayn rejimda chop etilgan cheklar, onlayn rejimga ulanganda "to‘ldirilmagan" chek sifatida o‘tkaziladi. Bu cheklarni to'liq hisobini yuritish va nazoratga olishda nomuvofiqliklarni keltirib chiqaradi. Mutaxassislar bu masalani hal etish moliyaviy operatsiyalar shaffofligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Muhokama chog‘ida onlayn-NKTga xizmat ko‘rsatish mas'uliyati TXKMLlarga yuklangani qayd etildi. Bu nafaqat texnik xizmat ko'rsatishni, balki dasturiy ta'minotni o'z vaqtida yangilash, shuningdek ularning to'g'ri ishlashini kuzatib borishni ham o'z ichiga oladi.

Soliq organlaridan xulosa olishda, tadbirkorlarga davlat reyestriga kiritish uchun qonun talablariga to‘liq javob beradigan modellar taqdim etiladi. Biroq, amalda ushbu standartlarga mos kelmaydigan qurilmalardan foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

TXKM vakillariga foydalanilayotgan uskunalarning rasman tasdiqlangan namunalarga muvofiqligi ustidan nazoratni kuchaytirish va onlayn-NKT tizimi faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi eslatildi. Bu haqdagi xabarnomalar ularga shaxsiy kabineti orqali ham yuborilmoqda.
___________
#встреча

Налоговый комитет и ЦТО обсудили вопросы применения ИКПУ и единиц измерения в фискальных чеках


В Налоговом комитете прошла встреча с представителями Центров технического обслуживания (ЦТО) онлайн контрольно-кассовой техники (онлайн-ККТ).

Ключевым вопросом обсуждения стало неправильное применение предпринимателями ИКПУ и единиц измерения при оформлении фискальных чеков, что приводит к искажению данных об объемах товарооборота и стоимости товара.

Особое внимание уделено "полупустым" чекам, поступающим в базу данных налоговых органов. В ходе изучения выяснилось, что некоторые предприниматели пробивают чеки в оффлайн-режиме, а при подключении к онлайн-системе передаются "полупустые" чеки. Это создает препятствия для полноценного учета и контроля. Специалистами подчеркнуто, что решение этого вопроса важно для обеспечения прозрачности финансовых операций.

В ходе обсуждения отмечено, что обязанность по обслуживанию онлайн-ККТ возложена на ЦТО. Это включает в себя не только техническое обслуживание, но и своевременное обновление программного обеспечения, а также контроль за правильностью настроек.

При получения заключения от налоговых органов для внесения в государственный реестр предпринимателями представляются модели, полностью соответствующие требованиям законодательства. Однако на практике выявляются случаи использования устройств, не отвечающих этим стандартам.

Представителям ЦТО напомнили о необходимости усиления контроля за соответствием используемого оборудования официально утвержденным моделям и устранении недостатков в работе онлайн-ККТ. Об этом также направляются уведомления через персональный кабинет.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_NKT

Fiskal chek qanday bo‘ladi?


Fiskal chekda quyidagi ma'lumotlar aks ettiriladi:
✔️bank kartasi turi (korporativ yoki shaxsiy);
✔️chekning tartib raqami;
✔️onlayn-NKMning zavod raqami yoki virtual kassaning seriya raqami;
✔️tadbirkorlik subyektining nomi, STIR va manzili;
✔️Komitent STIRi;
✔️tovar/xizmat nomi;
✔️markirovka belgisi (markirovkalanadigan mahsulot sotuvchilar uchun);
✔️MXIK;
✔️mahsulotlarning (tovar va xizmatlarning) shtrix kodi;
✔️o‘lchov birligi;
✔️tovar/xizmat miqdori;
✔️tovar/xizmat narxi (qiymati);
✔️tovar/xizmatning QQS stavkasi va summasi (agar tadbirkor QQS to‘lovchi bo‘lsa);
✔️to‘lov shakli - naqd, plastik karta yoki aralash;
✔️to‘lovning jami summasi;
✔️xarid uchun to‘lovning jami QQS summasi;
✔️to‘lov sanasi va vaqti;
✔️to‘lov turi (sotuv, qaytarish, bo‘nak, bo‘lib to‘lash, kredit). Bunda to‘lovning bo‘nak, bo‘lib to‘lash, kredit turlari bo‘yicha shakllantirilgan cheklarda QR-kod va fiskal belgi mavjud bo‘lmaydi;
✔️fiskal modulning takrorlanmaydigan raqami;
✔️fiskal belgi;
✔️QR-kod.

Chekda qo‘shimcha ravishda boshqa rekvizitlar ham ko‘rsatilishi mumkin.

👉VMQ-943 1-ilova 7-band
_______
#онлайн_ККТ

Как выглядит фискальный чек?

В фискальном чеке отражаются:
✔️
тип банковской карты (корпоративная или индивидуальная);
✔️порядковый номер чека;
✔️заводской номер онлайн-ККМ или серийный номер виртуальной кассы;
✔️наименование субъекта предпринимательства, ИНН и адрес;
✔️ИНН комитента;
✔️наименование товара/услуги;
✔️знак маркировки (для тех, кто продает маркируемые товары);
✔️ИКПУ;
✔️штрих-код продукции (товаров и услуг);
✔️единица измерения;
✔️количество товара/услуги;
✔️цена товара/услуги;
✔️ставка и сумма НДС (если предприниматель - плательщик НДС);
✔️форма платежа - наличные, пластиковая карта или смешанная;
✔️общая сумма платежа;
✔️общая сумма НДС за покупку;
✔️дата и время платежа;
✔️вид платежа (продажа, возврат, аванс, рассрочка, кредит). При этом на чеках, сформированных по таким видам оплаты, как аванс, рассрочка, кредит, отсутствует QR-код и фискальная отметка;
✔️номер фискального модуля;
✔️фискальная отметка;
✔️QR-код.

На чеке дополнительно могут указываться и другие реквизиты.

👉п.7 Прил.№1 №ПКМ-943

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 22-avgust kuni "Xarid chekidagi xatolar va ularni tuzatish" mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 16:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится 🗓 22 августа на тему "Ошибки в чеках и их устранение".

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 16:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_seminar

“Xarid chekidagi xatolar va ularni tuzatish” mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉https://youtube.com/live/_H4-UN0_R5o?feature=share
___________
#онлайн_семинар

Начался онлайн семинар-тренинг на тему «Ошибки в чеках и их устранение».

🌐
Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/_H4-UN0_R5o?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_NKT

Onlayn-NKT tanlash tadbirkorlarning o‘z ixtiyorida

Naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM yoki virtual kassalardan foydalanishi shart.

O‘zbekiston hududida faqat belgilangan tartibda Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Davlat reyestriga kiritilmagan, kassa cheklarida mahsulotlar yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari aks ettirilmaydigan, shuningdek, shtrix-kodlar va raqamli markirovka belgilarini erkin o‘qish hamda aniqlash qurilmalarini ulash imkoniyatiga ega bo‘lmagan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Soliq qo'mitasining rasmiy saytida onlayn-NKM, virtual kassa va TXKMlarning doimiy yangilanib boriladigan reyestrlari bilan tanishishingiz mumkin.

Onlayn-NKM davlat reyestri
👉https://soliq.uz/page/davlat-reestri
Virtual kassa davlat reyestri
👉 https://soliq.uz/page/virtual-kassa-reestri
Texnik xizmat ko‘rsatish markazlari davlat reyestri
👉 https://soliq.uz/page/txkm-reestri

Tadbirkorlik subyektlari Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM yoki virtual kassalarning narxi, qulayligi, funksionalligi va boshqa jihatlaridan kelib chiqqan holda erkin tanlash huquqiga ega.

👉VMQ-943-son 1-ilovas 8-band 23.11.2019-yil
___________
#онлайн_ККТ

Выбор модели онлайн-ККТ за предпринимателем

Все предприниматели, имеющие наличную выручку, должны использовать онлайн-ККМ либо виртуальную кассу.

На территории Узбекистана разрешается применение онлайн-ККМ и виртуальных касс, только включенных в установленном порядке в Государственный реестр.

Не допускается применение онлайн-ККМ и виртуальных касс, не включенных в Государственный реестр, не отображающих на кассовых чеках идентификационные коды по Единому электронному национальному каталогу продукции, а также не имеющих возможности подключения устройств свободного считывания и определения штрих-кодов и цифровой маркировки.

С реестрами онлайн-ККМ, виртуальных касс и ЦТО можно ознакомиться на официальном сайте Налогового комитета:

Государственный реестр онлайн-ККМ
👉 https://soliq.uz/page/davlat-reestri?lang=ru
Государственный реестр виртуальных касс
👉 https://soliq.uz/page/virtual-kassa-reestri?lang=ru
Государственный реестр Центров технического обслуживания
👉 https://soliq.uz/page/txkm-reestri?lang=ru

Предприниматели вправе свободно выбирать модель онлайн-ККМ или виртуальной кассы, внесенной в Государственный реестр, исходя из стоимости, функциональности, удобства в использовании и других характеристик.

👉 Прил.№1 к ПКМ №943 от 23.11.2019 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ИКПУ

Как заполнить заявку на создание нового ИКПУ?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#единица_измерения

Как заполнить заявку на добавление новой единицы измерения?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 23-avgust

avgust oyi uchun:


- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️23 августа 2024 года - последний день

за август:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads