Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.9K subscribers
7.85K photos
1.88K videos
148 files
8.28K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#uchrashuv

Alkogol va tamaki mahsulotlarining “qora bozori”ga barham berish masalalari muhokama qilindi


Joriy yilning 9-avgust kuni Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida alkogol va tamaki sohasidagi ishlab chiqaruvchi va savdo subyektlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Unda, Departament rahbariyati, Soliq qoʻmitasi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar masʼullari hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari, 42 ta ishlab chiqaruvchi, 81 ta ulgurji va 381 ta chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar, soha mutaxassislari hamda ekspertlar ishtirok etdi.

Tadbirda, yashirin ishlab chiqarilgan yoki aylanma yoʻllar orqali kirib kelgan sifati kafolatlanmagan alkogol va tamaki mahsulotlarining “qora bozori”ga barham berish, shuningdek Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qoʻshilishi arafasida oldinda turgan qator masalalar muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yilning oʻtgan davrida alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish va realizatsiya qilinishining oldini olish borasida oʻtkazilgan tadbirlar natijasida 978 ta qonunbuzilish holati aniqlangan.

Ular doirasida 19 ta yashirin faoliyatga barham berilgan, 822 ta noqonuniy savdo, 26 ta holatda noqonuniy saqlash va 111 ta kontrabanda holatlari fosh etilgan.

Ushbu tezkor-qidiruv va tahliliy tadbirlarda gumonlanuvchilardan qoʻlbola usulda ishlab chiqarilgan, qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasiz 365 ming dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol, qalbaki mahsulotlarni tayyorlashga moʻljallangan 15 tonna spirt va 1,5 mln quti tamaki mahsulotlari, yashirin ishlab chiqarish uskunalari va boshqa anjomlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Koʻrilayotgan choralar natijasida yil boshiga nisbatan noqonuniy tamaki aylanmasini 22 %dan 14 %ga, alkogol aylanmasini 35 %dan 24 %ga qisqartirishga erishilgan.

Uchrashuvda ekspert va mutaxassislar bilan birga tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarning taklif, mulohazalari tinglanib, alkogol va tamaki bozorida xufiyona iqtisodiyotga barham berish, ishlab chiqarish sifatini xalqaro talablarga moslash, istiqbolda milliy brendni rivojlantirish orqali eksport salohiyatini yanada oshirish choralari belgilab olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar (klasterlar, paxta, g‘alla, meva-sabzavot, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa mahsulot yetishtiruvchilar) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Unda tadbirkorlar va mutaxassislarning sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflari tinglanmoqda.

Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi va boshqa tegishli vazirlik hamda idoralar rahbariyati ishtirok etmoqda.

📡Uchrashuv YouTube platformasi orqali tog'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.
___________

#встреча

Встреча с предпринимателями, осуществляющими деятельность в сельскохозяйственной отрасли


В эти минуты проходит встреча с предпринимателями, осуществляющими деятельность в сельскохозяйственной отрасли (кластеры, производство хлопка, зерна, фруктов и овощей, животноводство, птицеводство, рыболовство, пчеловодство и др.), посвященная предстоящему Открытому диалогу с Президентом Республики Узбекистан.

На ней рассматриваются проблемы, существующие в сфере, и обсуждаются предложения по их решению.

Во встрече участвует руководство Налогового комитета и других соответствующих министерств и ведомств.

📡Встреча транслируется в прямом эфире на платформе Youtube.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlar faol bo‘ling!

Faoliyatingiz yuzasidan taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa, 24/7 rejimida 1094 va 1100 qisqa raqamlari orqali ish olib borayotgan “Call-markaz”, @taklif2024bot hamda taklif2024.uz elektron platformasi orqali mavjud masalangizni bayon eting.

Prezidentning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga juda oz vaqt qoldi!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#uchrashuv Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Noqishloq yerlarga qishloq xo‘jaligi yerlari uchun soliq stavkasida yer solig‘i hisoblanmaydi


Soliq qo‘mitasi Raisi tadbirkorga noqishloq yerlarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun belgilangan stavkada yer solig‘i hisoblanmasligi yuzasidan tushuntirish berdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

Ayni daqiqalarda "Barkamol" bolalar oromgohida "Soliq haqida Siz nimani bilasiz?" tanlovi o'tkazilmoqda.

Unda bolajonlar animatorlar bilan birgalikda ajoyib va qiziqarli chiqishlarda ishtirok etmoqda.

Boshlovchi tomonidan berilgan soliq haqidagi savollarga chaqqonlik va epchillik bilan javob bermoqda.

Tanlov bolajonlarning iqtisodiy bilimlarini, xususan, soliq haqidagi tushunchalarini oshirishga xizmat qiladi.

Bolajonlar Vatanimiz sportchilarining 33 Yozgi Olimpia o'yinlaridagi g’alabalari haqida ham savollarga javob berdi.

Soliqlar yurtimizda sport, ta'lim, ijtimoiy himoya, mudofaa va boshqa sohalarni rivojlantirishga sarflanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tanlov

“Barkamol” bolalar oromgohida 5-mavsumning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, "Soliq haqida Siz nimani bilasiz?" tanlovida qatnashgan va soliqlar bo‘yicha savollarga katta qiziqish bilan javob bergan eng faol soliq bilimdonlari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
____
#викторина

В детском лагере "Баркамол" состоялось торжественное закрытие 5 смены.

Самых активных ребят - знатоков налогов, которые принимали участие в викторине "Что вы знаете о налогах?" и с большим интересом отвечали на вопросы, наградили памятными подарками.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads