Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.8K subscribers
7.85K photos
1.88K videos
149 files
8.29K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#hayat

Hayʼat majlisi: erishilgan natijalar tahlil qilindi va galdagi vazifalar belgilab olindi

Soliq qo‘mitasi raisi rahbarligida, joriy yil I choragi, jumladan fevral oyi prognoz ko‘rsatkichlari ijrosi hamda mart oyidagi vazifalarga bag‘ishlangan navbatdan tashqari hayʼat majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda markaziy apparat hamda hududiy soliq boshqarmalari boshliqlari (videokonferensaloqa orqali) ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, soliq tushumlari bo‘yicha joriy yilning yanvar-fevral oylarida budjetga 28 068 mlrd so‘m (fevral oyida 14 306,3 mlrd so‘m) soliq tushumlari taʼminlanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11 % o‘sdi.

Daromadlarni oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yer solig‘i bo‘yicha tushumlar 44 % (+369 mlrd so‘m), mol-mulk solig‘i 35% (+273 mlrd so‘m), yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq 29 % (+697 mlrd so‘m), JShODS 23% (+976 mlrd so‘mga), AOS 19 % (+64 mlrd so‘m) o‘sdi.

Yanvar-fevral oylarida Pensiya jamg‘armasi daromadlari 7,1 trln so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 937,3 mlrd so‘mga (15%) oshdi.

Shuningdek, “Mahallabay” ishlash tizimi doirasida inspektorlar faoliyati ham tahlil qilindi.

Joriy yilning fevral oyida 1 119 nafar inspektorning samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 90 ball va undan yuqori bo‘lgan, shundan 496 nafari 95-100 ballik natijaga erishgan.

“Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi maʼlumotlariga asosan samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) 90 ball va undan yuqori bo‘lgan 1 650 nafar rahbar va xodimlar rag‘batlantirildi.

Bundan tashqari, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, QQS maʼmurchiligi yo‘nalishlarida o‘z vazifalarini aʼlo darajada bajargan xodimlarga ham mukofot pullari berildi.

Shu bilan birga, biriktirilgan hududida yetarli ishlar tashkil etmagan 69 nafar rahbar va xodimlarga nisbatan tegishli tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Shuningdek, 17 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Majlisda mart oyi, jumladan I chorak prognoz ko‘rsatkichlarini to‘liq taʼminlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyat turi yana bittaga ko‘payadi

“Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi
👉 PQ-115-son, 05.03.2024 y.

Qarorga ko‘ra,
Xonadonlarda biogumus tayyorlash faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8_Mart

💐Bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Davlat soliq xizmati xodimalari!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#8mart #tabrik

Go‘zallikning qutlug‘ ayyomi

Moʻtabar onaxonlar, dilbar opa-singillar!
Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etaman.

Yaratganning buyuk moʻjizasi bo‘lgan ayol zotiga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularni eʼzozlash ko‘hna Sharqning muqaddas qadriyatlaridan bo‘lib kelgan.

Qalbimiz yasharish va yangilanish fasli – bahor ko‘rku tarovatidan huzurlanib turgan mana shunday kunlarda mamlakatimizda go‘zallikning qutlug‘ ayyomi keng nishonlanmoqda.

Aziz ayollar, mehridaryo qalbingiz, aql-zakovatingiz, sevgi va sadoqatingiz uchun sizlardan bir umr qarzdormiz. Kelajagimiz bunyodkori bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashda ham sizlarning buyuk murabbiylik fazilatlaringizga tayanamiz.

Ayol nafaqat oila bekasi yoki ona, u jamiyatning faol aʼzosi, ishtirokchisidir. Sohada qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarda ham xotin-qizlarning ulushi salmoqlidir.

Bugungi kunda soliq tizimida 2 ming nafardan ortiq xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda. Ularning 9 nafari tuman soliq inspeksiyalarini boshqarmoqda. Yana 90 nafarga yaqini bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i va o‘rinbosari kabi turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdek, 9 nafar soliq xizmati xodimasi “Shuhrat”, 4 nafari “Sodiq xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

Bugungi qutlug‘ ayyomida eng go‘zal so‘zlarimni moʻtabar onaxonlarimiz, munis opa-singillarimiz va oqila qizlarimiz shaʼniga bag‘ishlayman.

Barchangizni bugungi nafosat va go‘zallik bayrami bilan yana bir bor tabriklayman. Sizlarga, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Soliq qo‘mitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8_mart

Ayoli bor oila qut-barakali, fayzli va tarovatli bo’ladi. Yurtimiz ham, jamiyatimiz ham ayollar bilan go’zaldir!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

🗓 9-10-mart dam olish (shanba-yakshanba) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanalarda taqdim etilishi va to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 11-martga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda
___
#календарь_налогоплательщика

Уважаемые налогоплательщики❗️

🗓 В связи с тем, что 9-10 марта - выходные дни (суббота-воскресенье), крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 11 марта.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.
👉ст.5 НК
👉ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads