Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.8K subscribers
7.85K photos
1.88K videos
149 files
8.29K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#tayinlov

Buxoro viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

✍️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Yuldashev Dilshod Rustamovich Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

D.Yuldashev tayinlovga qadar Soliq qoʻmitasining Soliq qarzini undirishni tashkil qilish departamenti direktori lavozimida ishlagan.

Dilshod Yuldashev soliq xizmatining I darajali maslahatchisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#tayinlov

Toshkent viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

✍️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Inagamov Alovitdin Xusnitdinovich Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

A.Inagamov tayinlovga qadar Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Alovitdin Inagamov Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#tayinlov

Andijon viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

✍️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Qurbonov Lochinbek Inomidinovich Andijon viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

L.Qurbonov tayinlovga qadar Andijon shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Qurbonov Lochinbek soliq xizmatining I darajali maslahatchisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#tayinlov

Samarqand viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

✍️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Eshmatov Sirojiddin Tog‘aymurodovich Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

S.Eshmatov tayinlovga qadar Soliq qoʻmitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Sirojiddin Eshmatov soliq xizmatining I darajali maslahatchisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahalla_budjeti

Andijon tumanida huquqiy eksperiment tariqasida “mahalla budjeti” tizimi joriy etildi

Ishchi guruh tomonidan soliq undirilishi past bo‘lgan 79 ta mahallada soliq to‘lovchilarning muammolari o‘rganilib, ularga yechim topish choralari ko‘rilyapti. Yangi tizim doirasida jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini aholining soliq toʻlash savodxonligini oshirish orqali undirishga koʻmaklashilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis dasturi doirasida taqdim etilayotgan soliq imtiyozlari va yengilliklar haqida batafsil tushuntirishlar berilmoqda.

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#tayinlov

Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

✍️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Xatamov Ulugʻbek Aktamovich Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

U.Xatamov tayinlovga qadar Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Ulugʻbek Xatamov soliq xizmatining I darajali maslahatchisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#tayinlov

Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

✍️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Imomov Shuxratali Tayirovich Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Sh.Imomov tayinlovga qadar Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Shuxratali Imomov soliq xizmatining I darajali maslahatchisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#tayinlov

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

✍️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Mamatxanov Maqsud Maxmudovich Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

M.Mamatxanov tayinlovga qadar Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Maqsud Mamatxanov soliq xizmatining II darajali maslahatchisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish yuzasidan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda

📍 Toshkent shahar soliq boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda 50 dan ortiq biznes vakillari ishtirok etdi. Ular tomonidan qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi, faoliyatini kengaytirish borasida to‘siq bo‘layotgan muammolar o‘rtaga tashlandi.

📝 Murojaatlar joyida hal etildi, qo‘shimcha vaqt talab qiladigan masalalarni ijobiy va tezkor hal etish yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AOS


AOSning pasaytirilgan stavkalari soliq hisobotlarida avtomatik shakllanadi

Aylanmadan olinadigan soliqni pasaytirilgan stavkalarda to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari hisobotida mazkur stavkalar EHF, onlayn-NKT hamda "E-imtiyoz" dasturida avtomatik shakllanadi.

📤Buning uchun soliq toʻlovchi “my3.soliq.uz” orqali murojaat qoldirishi lozim.

Murojaat qoldirish uchun my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:
▪️Xizmatlar;
▪️Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat;
▪️Murojaat yuborish
.

Ochilgan oynada quyidagilar ko‘rsatiladi:
▫️
Hujjat turi;
▫️Soliq turi;
▫️Hujjat raqami
;
▫️Telefon raqami.

Imtiyoz boshlanish va tugash sanasi, imtiyoz matni qatorlari shuningdek, tadbirkorlik subyektining onlayn nazorat-kassa texnikalari roʻyxati avtomatik shakllanadi.

Barcha qatorlarga soʻralgan maʼlumotlar toʻliq kiritilgach, “Yuborish” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

Yuborilgan murojaatlar holatini "Murojaatlar ro‘yxati"dan bilib olish mumkin.

👉Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

Quyidagi hujjatlarga asosan soliq to‘lovchilarga AOSni pasaytirilgan stavkalarda to‘lash huquqi berilgan:

👉Soliq kodeksi 467 (1-qism 5 va 6-bandlari), 480 hamda 483-moddasi;

👉08.06.2020-yildagi PQ-4742-son;

👉30.04.2022-yildagi PQ-232-son;

👉30.05.2022-yildagi PQ-264-son;

👉06.07.2022-yildagi PQ-307-son;

👉31.08.2022-yildagi PF-213-son;

👉30.12.2022-yildagi PF-287-son.

Eslatma❗️
AOSni pasaytirilgan stavkalarda to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari hisobotlari avtomatik shakllanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlarga soliq imtiyozlari berilgan

🖊 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevralda "2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra 2023-yil 1-apreldan:

Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk va yer solig‘idan hamda yuridik shaxslar umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi bo‘yicha foyda solig‘idan 3 yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa – 10 yil muddatga ozod etilishi belgilangan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

Aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchilar uchun

Aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchilar AOS hisobotini taqdim etmaydi. Bunda soliq summasi soliq to‘lovchi shaxsiy hisobvarag‘ining 100-kodida avtomatik hisoblanadi.

Bunda qatʼiy belgilangan summadagi soliq teng ulushlarda har oyda, kalendar oydan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay toʻlanadi.

AOSni qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashga o‘tish uchun soliq to‘lovchi soliq organiga keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin xabarnoma yuborishi lozim.

👉Soliq kodeksi 470-1-modda

👉AOSni qat'iy belgilangan summada to‘lashga o‘tish ixtiyoriy

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #AOS

AOS to‘lovchisi QQS to‘lashga o‘tganda hisobotlarni qanday topshiradi?

Soliq davri davomida soliq toʻlovchilarning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshgan kundan eʼtiboran ular QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
👉Soliq kodeksi 462-modda

AOS toʻlovchi hisobot oyi davomida QQS toʻlashga oʻtganda, mazkur hisobot oyi boʻyicha AOS va QQS hisobotini taqdim etishi lozim.

Bunda:
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanagacha amalga oshirilgan operatsiyalar, rasmiylashtirilgan EHF va onlayn-NKT cheki summasi AOS hisobotiga kiritiladi;
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanadan keyin amalga oshirilgan operatsiyalar QQS hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.
____________
#НДС #налог_на_прибыль

Как представляют отчетность перешедшие на уплату НДС плательщики налога с оборота?

Налогоплательщики переходят на уплату НДС и налога на прибыль со дня превышения их совокупного дохода 1 млрд сумов.
👉ст.462 НК

Плательщики налога с оборота, которые перешли на уплату НДС в отчетном месяце, представляют за этот месяц как отчетность по налогу с оборота, так и отчетность по НДС.

При этом:
- суммы по осуществленным операциям, оформленным ЭСФ и чекам онлайн-ККТ до даты перехода на уплату НДС отражаются в отчетности по налогу с оборота;
-
операции, осуществленные после даты перехода на уплату НДС, автоматически отражаются в отчетности по НДС.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#litsenziya #savol_javob

Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish qanday javobgarlik keltirib chiqaradi?

Litsenziya
— jismoniy yoki yuridik shaxsga beriladigan, litsenziya talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat.

O‘zbekistonda amalga oshirilishi uchun 👉 litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turlari.

Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanganlik uchun quyidagi javobgarlik choralari qoʻllaniladi.

🔹Maʼmuriy javobgarlik:
▫️fuqarolarga – BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha;
▫️mansabdor shaxslarga – 20 baravaridan 25 baravarigacha jarima.
MJtK 165-modda 4-qism

🔹Jinoiy javobgarlik:
▫️Jismoniy shaxslarga –
- BHMning 55 baravaridan 100 baravarigacha miqdorida jarima;
- 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
- 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
- 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari.
Jinoyat kodeksi 190-modda 5-6 qismlar

🔹Moliyaviy jarima:
▫️Yuridik shaxslarga – BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha jarima.
O‘RQ-701-son 4-ilova 14.07.2021

Ma'lumot uchun❗️Yuridik shaxsga nisbatan moliyaviy jarimani qo'llanishi ushbu huquqbuzarlik fakti bo'yicha uning mansabdor shaxslarini ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi.
Soliq kodeksi 212-modda 4-band

📌 BHM 1 baravari - 330 000 so‘m

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15-avgust

iyul oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5 qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-4 qismlar).
________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️15 августа последний день

за июль:

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного налога на доходы физических лиц, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности и уплаты налога с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#mobil_ilova

Soliq” mobil ilovasi yangilandi

📲 Mobil ilovaning yangi 1.3.11 versiyasida:

▪️"Quyoshli xonadon" subsidiyasi va Ijtimoiy keshbek summalarini TaxPay* to’lov tizimi orqali bank kartalariga o’tkazish imkoniyati yaratildi;

▪️"Quyoshli xonadon" bo‘limida quyosh paneli orqali yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasi hajmini yangilangan diagramma orqali kuzatib borish mumkin;

▪️"O’zini-o’zi band qilish" bo‘limi takomillashtirildi.

🛒 Ilovani hoziroq yuklab oling Android / iOS

❗️"
Quyoshli xonadon" subsidiyasi hamda Ijtimoiy keshbek summalarini ilovaning "Keshbek" bo‘limidagi "Kartaga pul o‘tkazish" oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

*Tax Pay –
"Soliq-servis" DUK tomonidan "Soliq" mobil ilovasi orqali naqdsiz pul o‘tkazmalarini hamda xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan to‘lov tizimi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#quyoshli_xonadon

Quyoshli xonadon: fuqarolarga 348 mln soʻm subsidiya hisoblandi

🖊Prezident qaroriga asosan joriy yil 1-apreldan Quyoshli xonadon dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini oʻrnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soati uchun 1000 soʻmdan subsidiya ajratilishi belgilangan edi.

☀️ Ayni kunga qadar 967 nafar jismoniy shaxslarga aprel-iyul oylari uchun quyosh panelida ishlab chiqarilib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan hamda tizimdan isteʼmol qilingan elektr energiyasi oʻrtasidagi ijobiy tafovut (348 ming kVt/soat) dan kelib chiqib 348 mln soʻm subsidiya hisoblandi hamda toʻlov uchun tasdiqlandi.

📍 Subsidiyaning eng katta qismi qoraqalpog‘istonliklar uchun hisoblangan – 103,6 mln so‘m. Undan keying o‘rinlardan Xorazm viloyati (70,5 mln so‘m) Toshkent shahri (35,6 mln so‘m), Jizzax (30,9 mln so‘m) hamda Navoiy (27,8 mln so‘m) viloyatlari joy olgan.

📲 Subsidiyani "Soliq" mobil ilovasining "Keshbek" bo‘limidagi "Kartaga pul o‘tkazish" oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM