Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.9K subscribers
7.85K photos
1.88K videos
148 files
8.28K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
Hamdardlik

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mirzayev Mubin Muhiddinovichga padari buzrukvori Muhiddin otaning vafoti munosabati bilan Soliq xizmati organlari jamoasi chuqur hamdardlik bildiradi.

Muhiddin Mirzayev 1940-yil 7-mayda Romitan tumanida tavallud topgan. Uzoq yillar agrar sohada faoliyat olib borgan va mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda munosib hissa qo‘shgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#meningkonstitutsiyam #befarqemasman

Soliq qo‘mitasida Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Bugun Soliq qo‘mitasida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyatiga oid tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Soliq qo‘mitasi, hududiy soliq organlari va qo‘mita tasarrufidagi barcha tashkilotlar ishtirok etdi.

Tadbirda Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori oʻrinbosari Vosit Ergashev “Yangi O‘zbekistonda Yangilanayotgan konstitutsiya” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar, referendumda ishtirok etish bo‘yicha batafsil tushuntirish berdi.

Joriy yil 30-aprel kuni jamiyat va davlat hayotining muhim tadbiri “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha referendumda ishtirok etish har bir fuqaroning konstitutsion burchi.

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda

🗓20-mart dam olish kuni deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan soliq qonunchiligida ushbu sanada taqdim etilishi va to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlash muddati 23-martga koʻchirildi.
__________
#календарь_налогоплательщика

Уважаемые налогоплательщики❗️

Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.
👉 ст.5 Налогового кодекса

🗓В связи с объявлением 20 марта выходным днем, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в этот день, переносится на 23 марта.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#sorovnoma

Hurmatli Soliq to‘lovchilar!

Sizga yanada foydaliroq bo‘lishi uchun so‘rovnomada ishtirok eting.
___________
#опрос

Уважаемые налогоплательщики!

Примите участие в опросе, чтобы мы могли предоставлять еще больше полезной информации.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter