Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.08K subscribers
7.63K photos
1.61K videos
43 files
4.81K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlar barqarorlik reytingida yuqori ballga ega bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Reyting baholash mezonlari 23 ta va ular 3 ta guruhga bo‘lingan.

▶️ Birinchisi – hamma uchun bir xil bo‘lgan umumiy 10 ta mezon ko‘zda tutilgan.
Mazkur mezonlar orqali tadbirkor 100 ball olish imkoniyati mavjud.

▶️ Ikkinchisi – kamaytiruvchi 9 ta mezon. Bu mezonlar qonunchilik talablari buzilgan holatlar yoki hisobotlarga qayta-qayta tuzatish kiritib taqdim etgan holatlar, bir hududdan boshqa hududga ko‘chish yil davomida ko‘payib ketsa ishlaydi.

▶️ Uchinchisi – rag‘batlantiruvchi 4 ta mezon.
Ijtimoiy reyestr, ayollar daftariga kirgan fuqarolarni ishga olgan va ular umumiy xodimlarining 10 foizidan ko‘proqni tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga 5 balldan 10 ballgacha qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi ball beriladi.

Tadbirkorlik subyektlarini baholashda faoliyatni uzoq davom ettirish, soliq hisobotlarini belgilangan muddatda taqdim etish, soliqlarni o‘z vaqtida ixtiyoriy to‘lash kabi holatlar asosiy rol o‘ynaydi.

Shuning uchun soliq majburiyatlarini vaqtida va ixtiyoriy bajarish reytingda yuqori ball olishni kafolatlaydi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Buxoroda tadbirkor ayollar soni oshmoqda

Qorovulbozor tumani viloyatning eng olis hududi bo‘lishiga qaramay, keyingi yillarda ushbu hududda katta-katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, tadbirkorlik faoliyati uchun berilayotgan yengilliklar va sektorlar ko‘magi bilan mazkur tumanda tadbirkorlik faoliyati ham keng quloch yozyapti.

Buning natijasida esa ko‘plab ishsiz aholi ham doimiy ish o‘rniga ham arzirli daromad manbaiga ega bo‘layotgani quvonarli albatta. E’tiborlisi, tuman mas’ullarining daldasi bilan tadbirkorlar safida ayol ishbilarmonlarning soni ham ortib bormoqda.

Shu yerlik tashabbuskor ayollardan biri 4 yildan beri o‘z uyida quroqchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan Mahliyo Rahmonovaga ham “mahalla yettiligi”ning daldasi o‘z samarasini berdi. Aniqrog‘i, bundan ruhlangan M.Rahmonova tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida “Tinchlik” mahallasida quroqchilik sexini ishga tushirishga ahd qildi.

Buni qarangki, tez kunda uning rejasi amalga oshib, mo‘jazgina sex ishga tushdi va unda shu yerlik ishsiz 5 nafar xotin-qizlarning rasman bandligi ham ta’minlandi.
Bundan tashqari, tadbirkor ayol 10 nafar xotin-qizlarni ham kasb-hunarga o‘qitishni o‘z zimmasiga oldi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart


Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️

📲Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрик

Поздравление выпускникам школ нашей страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#tabrik

Qadrli bitiruvchilar, aziz yoshlar!

🔔Bugungi "So‘ngi qo‘ng‘iroq" sadolari ostidagi quvonchli damlaringiz muborak bo‘lsin.

Mana shunday shukuhli onlarda sizlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tamomlab, hayotingizdagi dastlabki muhim dovondan oshganingiz bilan tabriklayman.

Hurmatli bitiruvchilar, barchangizga boshlanayotgan mustaqil hayotingizda ulkan zafarlar tilayman. Kelgusi maqsadlaringizni amalga oshishi hamda yurtimiz ravnaqi va farovonligi yo‘lidagi intilishlaringizga omad yor bo‘lsin.

Dilshod Yuldashev,
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i.



🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soliq boshqarmasi boshlig‘i "So‘ngi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi

🔔Bugun viloyatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “so‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tashkil etildi. Ta’kidlash lozim, bu qo‘ng‘iroq o‘quvchilar uchun navbatdagi ta’tilga chaqiriq bo‘lsa bitiruvchilar uchun esa chalingan “kelajak” qo‘ng‘irog‘idir. Shu bois, ushbu tadbir barcha ishtirokchilarning qalbida o‘zgacha aks-sado beradi.

🔹Buxoro shahridagi 17-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan "So‘ngi qo‘ng‘iroq" tadbirida viloyat hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev hamda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Yuldashevlar ham ishtirok etdilar. Tadbir O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

🔹Ushbu umumta’lim maktabining sobiq o’quvchilari M.Hamroyev va D.Yuldashevlar mamlakatimizda navqiron avlod vakillarini har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga juda katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab, bitiruvchilarga oq yo’l tiladilar. Ularni mustaqil hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari, davlatga, jamiyatga nafi tegadigan mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga umid bildirdilar.

🔹Tadbirda maktabni a’lo baholarga tamomlagan bir guruh bitiruvchilar, o‘zining odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Axborot 24“ informatsion dasturi

Buxoroda «Ilm – saodat kaliti» shiori ostidagi «Soʻnggi qoʻngʻiroq» tadbirlari oʻtkazildi


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

Buxoro viloyati 4-sektor rahbari D.Yuldashevga G‘ijduvon tumanida istiqoma qiluvchi 18 nafar og‘ir toifadagi yoshlar biriktirilgan.

Ushbu yoshlarga har tomonlama manzilli ko‘maklar berish maqsadida ularning ehtiyojlaridan kelib chiqib tadbirkorliklarini boshlashlari uchun amaliy ko‘maklar berilmoqda.

Kuni-kecha G‘ijduvon tumani “Ulfatbibi” hamda “Pamoʻza” mahalla fuqarolari yig‘inida istiqomat qiluvchi “Qizil toifa”ga kiritilgan 7 nafar yoshlarga o‘zini o‘zi band qilib ishlab daromad topishlari uchun asbob-uskunalar berildi.

Tumanning “Ulfatbibi” mahallasida yashovchi yoshlardan biri Oxunjon Muxammedov bir necha yillardan beri doimiy daromad manbaaiga ega emas edi. 4-sektor ishchi guruhi Oxunjon Muxammedov bilan suhbatda ustalik qilish uchun asbob-uskunaga muhtoj ekanligini bildirgach unga sektor rahbari tomonidan ustachilik asbob-uskunalari yetkazib berildi.

Ta’kidlash lozimki, bu kabi yoshlarga belgilangan tartibda manzillli ko‘maklar berish ishlari davom ettiriladi.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM