Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.59K videos
40 files
4.73K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#ozini_ozi_band_qilish #agregator

Mingdan ortiq oʻzini oʻzi band qilgan xotin-qizlar onlayn-taksi agregatorlari xizmatlari orqali haydovchilik qilmoqda


Oʻzini oʻzi band qilish aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish va qonuniy mehnat qilish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida yaratilgan.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs – oʻzi uchun ishlaydigan fuqarolar. Ular xodim yollash huquqiga ega emas.

Oʻzbekistonda 2,6 mlndan ortiq fuqaro oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan. Shundan 284 ming nafari joriy yilda ro‘yxatdan o‘tgan.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar daromadi 100 mln soʻmdan oshmasa, soliq toʻlamaydi. Ish stajiga ega boʻlish va pensiya hisoblash uchun ular ixtiyoriy ravishda yiliga bir marta ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. Shu maqsadda joriy yilda 68,5 ming nafar oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan 21,7 mlrd soʻm ijtimoiy soliq toʻlangan.

Yo‘lovchi tashish transporti tizimini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, ishsizlikni qisqartirish maqsadida yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritilgan.

Umumiy hisobda 1-mart holatiga oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilar 420,8 ming nafarni tashkil etadi. Ularning 161,5 ming nafardan ortigʻi soliq organlari bilan integratsiyalashgan onlayn-agregatorlar orqali yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatmoqda. E’tiborlisi, ayollarning bu sohaga qiziqishi ortib bormoqda: 1 053 nafar haydovchi ayol ushbu onlayn xizmatlar orqali yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanmoqda.

Onlayn-taksi agregatorlaridan foydalanadigan haydovchilar:
- 30 yoshgacha - 59 274 nafar;
- 30 yoshdan 50 yoshgacha - 90 420 nafar;
- 50 yoshdan oshganlar - 11 970 nafar.


Soliq qoʻmitasi maʼlumotlar bazasida mavjud maʼlumotlarga koʻra, oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilar joriy yilning dastlabki 2 oyida onlayn-agregatorlar yordamida quyidagi miqdorlarda daromad olgan:
1 mln so'mgacha - 104 241 nafar;
1 mlndan 2 mln soʻmgacha - 24 350 nafar;
2 mlndan 5 mln soʻmgacha - 23 817 nafar;
5 mlndan 10 mln soʻmgacha - 7 887 nafar;
10 mlndan 15 mln soʻmgacha - 1 180 nafar;
15 mln so'mdan yuqori - 189 nafar.

Faoliyatini qonuniylashtirish oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga nafaqat qonuniy daromad olish, balki ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlariga ham xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taksi #agregator

Poytaxtda Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari haydovchilari yo‘lovchilarni onlayn-agregatorlar orqali tashimoqda

6 ta onlayn taksi agregatorlari soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan.

Ushbu agregatorlar orqali yoʻnalishsiz taksi faoliyati bilan shugʻullanayotgan oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilarga tegishli boʻlgan 199,1 mingta avtomobil mavjud.

Shundan 64 %i Toshkent shahrida harakatlanadi. Ularning aksariyati quyidagi hudularga to‘g‘ri keladi:
▫️Toshkent shahri (avtomobil raqami kodi 01) - 54,6%;
▫️Toshkent viloyati (avtomobil raqami kodi 10) - 17,9%;
▫️Qashqadaryo viloyati (avtomobil raqami kodi 70) - 5%;
▫️Farg‘ona viloyati (avtomobil raqami kodi 40) - 3,3%.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#taksi #agregator #komissioner

🚕 Siz TAXI qilasizmi Yandex, MY TAXI yoki boshqa agregatorlar orqali ishlaysizmi
Unda bu maʼlumot siz uchun❗️

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads