Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart


Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.

👉Soliq kodeksi 221-modda


Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#P2P

Tovar yoki xizmatlar uchun
to‘lovni tadbirkorlik subyekti hisob raqamiga emas, jismoniy shaxs kartasiga o‘tkazish (P2P) noqonuniy hisoblanadi.

Hurmatli xaridorlar va tadbirkorlar❗️
Tovar yoki xizmatlar uchun to‘lovni elektron amalga oshirishda qonuniy yo‘l tanlashni maslahat beramiz.

Ya’ni, tovar yoki xizmatlar uchun elektron to‘lovni QR-kodni skanerlash orqali amalga oshirish ham mumkin. Shunda chek ham elektron bo‘ladi.

Batafsil videoda.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻib, mahalliy eksport qiluvchilarga sotish bilan shugʻullanishi mumkin

2024-yil 1-apreldan:

🔹 meva-sabzavot mahsulotlari boʻyicha bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 10 foizidan oshmagan* taqdirda muddati oʻtgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima qoʻllanmaydi;

🔹 2026-yil 1-yanvarga qadar mahallalarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻib, faqat mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga sotish bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatdan oʻtkazishga ruxsat beriladi.
Bunda, mahallalarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻib-sotuvchi jismoniy shaxslar va mahalliy eksport qiluvchi korxonalar oʻrtasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining oldi-sotdi shartnomalari soliq organlarining maxsus mobil ilovasida rasmiylashtiriladi.
👉 PQ-146-son 01.04.2024

*Bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 5 foizidan oshmasligi belgilangan edi.
👉 PF-228-sob 30.09.2022
__________
#новое_в_законодательстве

Самозанятые могут заниматься сбором сельхозпродукции в махаллях и ее реализацией отечественным экспортерам

С 1 апреля 2024 года:


🔹в случае, если сумма валюты, не поступившая в рамках 1 экспортного контракта по плодоовощной продукции, не превышает 10% стоимости* всей продукции, отгруженной на экспорт, она не рассматривается в качестве просроченной дебиторской задолженности и к субъекту предпринимательства штрафные санкции не применяются;

🔹до 1 января 2026 года разрешается регистрация в качестве самозанятых физических лиц, занимающихся сбором сельскохозяйственной продукции в махаллях и ее реализацией исключительно отечественным предприятиям-экспортерам.
При этом договора купли-продажи между физлицами, занимающимися сбором и реализацией сельскохозяйственной продукции в махаллях, и отечественными предприятиями-экспортерами оформляются в специальном мобильном приложении налоговых органов.

👉№ ПП-146 от 01.04.2024 г.

*Ранее сумма валюты, не поступившей в рамках 1 экспортного контракта, не должна была превышать 5% стоимости всей продукции, отгруженной на экспорт.
👉№ УП-228 от 30.09.2022 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart


Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️

Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Nozim Xusenovning xonadonida o‘tkazilgan uchrashuvdan kutilgan maqsad amalga oshdi

Ushbu seminar nega "Cho‘lquvar” mahallasida istiqomat qiluvchi boshqa fuqaroning emas, aynan Nozim Husenov xonadonida o‘tkazilganini xabarni oxirigacha o‘qigach bilib olasiz.

Shu kuni Nozim Husenovning xonadonida yig‘ilganlar 4 sotixli tomorqadan yaxshigina daromda olinayotganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, bo‘sh yotgan tomorqalaridan daromad olishga ishtiyoqi uyg‘ongan bo‘lsa ajab emas.

Mazkur 4 sotixli tomorqada olma, o‘rik, shaftoli, uzum, nok hamda boshqa turdagi daraxt va gul ko‘chatlari o‘tkazilgan. Daraxt ostidagi yerda esa kartoshka, pomidor, sarimsoq, bulg‘or qalampiri, baqlajon, qizil lavlagi kabi ekinlarga ko‘zingiz tushadi.

👉 Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram
#qayta_aloqa #mol_mulk_soligi

Soliq mobil ilovasi orqali onam uchun mol-mulk solig‘ini to‘lamoqchiman. Ammo ilovaning “Ota-onam soliqlarini to‘lash” bo‘limida boshqa fuqaro ko‘rsatilgan. Buni qanday qilib to‘g‘rilash mumkin?


Soliq organlarida mol-mulk va yer solig‘i to‘lovchilarining o‘zi hamda yaqin qarindoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining “Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestri”dan avtomatik shakllanadi.

“Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestri” ma’lumotlari esa FHDY organlarining axborot bazasidan shakllanadi.

Soliq mobil ilovasi “Ota-onam soliqlarini to‘lash” bo‘limida ota-onaning ma’lumotlarida tafovut aniqlangan taqdirda, Personallashtirish agentligi yoki FHDY organlariga murojaat qilish lozim.
______
#обратная_связь
#налог_на_имущество #земельный_налог

- У меня в мобильном приложении Soliq в разделе «Оплата налогов моих родителей» указаны другие люди. Как можно исправить ошибку, я хочу оплатить налоги?

- В информационной базе налоговых органов все сведения о плательщиках налога на имущество и земельного налога, а также их близких родственниках формируются автоматически согласно интеграции с «Государственным реестром баз персональных данных» Агентства персонализации при Министерстве юстиции.

В свою очередь сведения «Государственного реестра баз персональных данных» формируются на основе информационной базы органов ЗАГСа.

В случае обнаружения расхождений в информации об отце либо матери в разделе «Оплата налогов моих родителей» мобильного приложения Soliq следует обратиться в Агентство персонализации или в органы ЗАГСа.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingi: “DELTA RUMINO” korxonasi misolida


Tadbirkorlik subyektlariga ularning Barqarorlik reyting darajasidan kelib chiqqan holda (2024-yil 1-apreldan boshlab) subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar beriladi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#mahallabay
#Jondor_tumani

Buxoroda soliq xizmati xodimlari yangicha yondashuvlar asosida soliq bazasini kengaytirish choralarini ko`rmoqdalar.
Birgina Jondor tumanida soliq inspeksiyalarda mavjud 34 ta xodimdan 22 tasi 52 ta mahallalarga biriktirilgan.

Xususan, joriy yilning yanvar-mart oylari davomida soliq xodimlari tomonidan mahallalar kesimida olib borilayotgan xatlov, targ‘ibot va tushuntirish ishlarining samarasi natijasida 52 ta mahallaga biriktirilgan 22 nafar soliq xodimlari tomonidan xatlov jarayonlarida 47 ta bo‘sh turgan binolar aniqlanib, ularni samarali faoliyat yuritilishiga ko‘maklashilgani hisobiga qo‘shimcha 111 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Jumladan, tumanning “Oxshix” mahallasiga biriktirilgan soliq inspektori tomonidan erishilgan natijalar:
Noqonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan 4 ta fuqarolarga yordam berilib ularning faoliyati qonuniylashtirildi, bunda 2 tasi yuridik hamda 2 tasi YaTT sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

105 nafar mehnat bilan band bo‘lgan aholi mehnat stajiga ega bo‘lishi va kelgusida pensiya olishi uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi;

24 ta o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yakka tartibdagi tadbirkorga aylantirilib ularning faoliyati kengaytirildi.
Provardida budjetga 43,1 mln so‘m qo‘shimcha manba jalb qilindi.

Тelegram | Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

📲Mart oyi uchun 57 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to'lashga tasdiqlandi

Joriy yilning mart oyida "Soliq" mobil ilovasi foydalanuvchilari tomonidan 86 mlrd so‘m keshbek yig‘ilgan bo‘lib, shundan 2,2 mlndan ortiq iste'molchiga 57,8 mlrd so‘m keshbek to'lashga tasdiqlandi.

💳 Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan  soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

Joriy yilning mart oyida mobil ilovada 68,3 mln dona chek ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu 2023-yil mart oyiga nisbatan 23,3 mlntaga ko‘p.

👉“Soliq” mobil ilovasida qaysi cheklarga va nima uchun keshbek tasdiqlanmayotganini oson bilib olish mumkin

❗️Iste'molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (20 400 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% keshbek (204 000 so‘m) olishi mumkin.
__
#кешбэк

📲 Более 57 млрд сумов кешбэка за март подтверждено к оплате 

За март этого года пользователи мобильного приложения Soliq накопили 86 млрд сумов кешбэка. Из них свыше 2,2 млн потребителей подтвержден к оплате кешбэк в размере 57,8 млрд сумов.

💳 Кешбэк можно перевести на банковскую карту, прикрепленную к приложению.

Остальные суммы кешбэка будут выплачиваться автоматически, по мере того, как субъекты предпринимательства представят налоговую отчётность, устранят недостатки в отчётности, погасят налоговую задолженность.

Всего в марте этого года в мобильном приложении зарегистрировано 68,3 млн чеков, это на 23,3 млн чеков больше, чем
в марте 2023 года.

👉Через мобильное приложение Soliq можно узнать, за какие чеки и почему не подтвержден кешбэк

❗️В месяц, за покупки, сумма которых не превышает 60 БРВ (20 400 000 сумов), потребители могут получить кешбэк в размере 1% (204 000 сумов).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#4_sektor
#Shofirkon_tumani

Har bir fuqaroni daromadli qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda

Shofirkon tumanidagi “Guliston” mahallasida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.
Unda asosiy e’tibor tomorqadan samarali foydalanib yaxshigina daromad topayotgan fuqarolarning tajribalarini ommalashtirish, hunarmandchilik va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagi bo‘lganlarga o‘z bizneslarini boshlab olish uchun yaqindan ko‘mak berishga qaratildi.

Seminarga hududdagi barcha yoshdagi aholi va ayni paytda doimiy daromadi bo‘lmagan ishsiz yoshlar taklif etilib, ularga soha mutaxassislari va tumanning mas’ullari tomonidan tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha hamda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishda zarur bo‘lgan maslahatlar berildi.

E’tiborlisi, tikuvchilik, qishloq jo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi 10 dan ortiq fuqarolarining istak va talablariga ko‘ra shu yerning o‘zida ularga imtiyozli kredit mablag‘lari hisobiga asbob-uskunalar va maxsus texnika vositalari yetkazib berildi. Shuningdek, hududdagi tajribali hunarmandlar va tadbirkorlarning taklifiga ko‘ra yana 20 nafar fuqaro ular bilan kasanachilik asosida tikuvchilik, kashtachilik, qo‘g‘irchoqlar yasash va tovuqchilik yo‘nalishlarida daromad topishga kelishib olishdi.

Tuman hokimligi, sektor rahbari, Xalq qabulxonasi mudiri, “mahalla yettili”, tijorat banklari va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida o‘tgan har bir fuqaroni daromadli qilishga qaratilgan ushbu amaliy seminar ko‘pchilikda katta tassurot qoldirdi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM