Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.52K photos
1.6K videos
41 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan qaysi soliq turidan ozod etilgan?
Anonymous Quiz
22%
Mol-mulk solig‘idan
36%
Mol-mulk va yer solig‘idan
32%
Yer solig‘idan
10%
Daromad solig‘idan
Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng yarmini qachongacha toʻlashi kerak?
Anonymous Quiz
10%
1-aprelgacha
1%
10-aprelgacha
88%
15-aprelgacha
1%
1-maygacha
#barqarorlik_reytingi

Buxoroda yuqori reytingda faoliyat yuritayotgan
korxonalar safi kengaymoqda


Buxoro viloyatida soliq xizmati xodimlari tomonidan hududlarda barqarorlik reytingining mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyekti vakillariga yetkazish maqsadida ularning faoliyat yuritayotgan manzillariga borgan holda uchrashuvlar tashkil etmoqdalar.

Uchrashuvlarda soliq xizmat xodimlari biznes vakillariga barqarorlik reytingida yuqori toifani egallashlari uchun “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida kerakli tushuntirishlarni bermoqdalar.
Jumladan, Kogon tumanida faoliyat yuritayotgan jun gazlama ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Omad kumushkent” korxonasi ayni paytda barqarorlik reytingining o‘rta toifasida faoliyat yuritmoqda.
Soliq xizmati xodimlari ushbu korxona rahbari bilan uchrashuvda barqarorlik reytingining o‘rta toifasidan yuqori toifaga o‘tish va yuqori toifa uchun belgilangan imtiyozlar to‘g‘risida tarqatma materiallar orqali tushuntirishlar berdilar.

Faoliyati xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan “Goodwell servis” korxonasi ham ayni paytda reytingning o‘rta toifasida faoliyat yuritib kelmoqda. Soliq xizmati xodimlari korxona ish yurituvchisi bilan uchrashuvda korxonani yuqori toifaga chiqarish borasida kerakli maslahatlarini berdilar.

Ma’lumot o‘rnida ayni paytda Buxoro viloyatida 35 mingdan ortiq yuridik shaxslar faoliyat yuritmoqda. Reyting doirasida ularning 60 dan ortig‘i yuqori toifa, 2 600 dan ortig‘i o‘rta toifa, 14 000 ga yaqini esa qoniqarli hamda qolgan yuridik shaxslar qo‘yi toifadagi korxonalar sirasiga kiradi.

E`tiborlisi, viloyat soliq xizmati xodimlari hududda yuqori reytingli korxonalar ko`payishi uchun qoniqarli va quyi toifadagi tadbirkorlik subyektlari bilan muntazam ravishda uchrashib ularga soliq ma`murchiligi yo`nalishida berilgan amaliy ko‘maklar o`z samarasini bermoqda.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#antikorrupsiya #uchrashuv

Buxoroda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda

Buxoro viloyati soliq xizmati organlarida soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Jumladan, bugun Romitan tumani soliq inspeksiyasida viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas’ul xodimi J.Tolibov hamda Romitan tumani prokuraturasi tergovchisi D.Saidovlar ishtirokida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Unda so‘zga chiqqanlar korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar haqida batafsil axborot berdilar.

Xususan, soliq inspeksiyasi xodimlariga soliq to‘lovchilar bilan muloqot davomida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, shaxsiy manfaatni davlat manfaatidan ustun qo‘ymaslik, mansab va vakolatini suiisteʻmol qilmaslik ahamiyati tushuntirildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston iftixori, boks bo‘yicha Jahon va Osiyo chempioni Shaxram G‘iyosov: Mol-mulk va yer soliqlarini o‘z vaqtida to‘lab yurtimiz rivojiga hissa qo‘shing!

✔️DASTLABKI MUDDAT 15-APREL


📲Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasi orqali to‘lang. Bu soliq to'lovchilar uchun juda qulay.


Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#P2P

Tovar yoki xizmatlar uchun
to‘lovni tadbirkorlik subyekti hisob raqamiga emas, jismoniy shaxs kartasiga o‘tkazish (P2P) noqonuniy hisoblanadi.

Hurmatli xaridorlar va tadbirkorlar❗️
Tovar yoki xizmatlar uchun to‘lovni elektron amalga oshirishda qonuniy yo‘l tanlashni maslahat beramiz.

Ya’ni, tovar yoki xizmatlar uchun elektron to‘lovni QR-kodni skanerlash orqali amalga oshirish ham mumkin. Shunda chek ham elektron bo‘ladi.

Batafsil videoda.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliqchi_komakchi

Soliq xizmatlaridan uydan chiqmagan holda foydalaning

❗️
Jismoniy shaxslar:

👉Soliq mobil ilovasida (Android / iOS):
▫️soliqlarni toʻlash;
▫️ko‘chmas mulk va avtomobil ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish;
▫️soliq qarzi yo'qligi haqida ma'lumotnoma olish;
▫️ish haqi to‘g‘risida ma'lumotnoma olish;
▫️o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish;

👉 e-imzo.soliq.uz sayti orqali ERI olish;

👉 my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali:
▫️jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish;
▫️ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarishi mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram
#ózini_ózi_band_qilish

Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi*.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida (340 000 so'm) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

*Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi soliq toʻlashga oʻtadi.


Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soliqlari

Soliq tölovlarini
Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson amalga oshiring❗️

✔️DASTLABKI MUDDAT 15-APREL


Тelegram | Facebook|Instagram
#ózini_ózi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 100 mln so‘mdan ortiq daromadi qanday soliqqa tortiladi?

Joriy yilda Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi 100 mln so‘mdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq to‘lashga o‘tadi.
❗️Ijtimoiy soliqni ixtiyoriy ravishda to‘laydi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadlari tashqi manbalardan olingan ma’lumotlar asosida Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida shakllantiriladi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 100 mln so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan daromadlari uchun AOS to‘laydi.
👉 AOS stavkalari

Masalan, joriy yilning yanvar oyida o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning daromadi 104 mln so‘mni tashkil etgan. Bunda uning 100 mln so‘m miqdoridagi daromadiga soliq solinmaydi. Qolgan 4 mln so‘mdan (daromadning belgilangan me’yoridan oshgan qismi) 4% miqdorida AOS to'laydi (160 ming so'm).

5-toifaga kiruvchi hududlarda faoliyat yuritayotgan va daromadi 100 mln so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar AOSni 1 % stavkada to‘laydi.

Elektron savdo maydonchasida tovar (ish, xizmat)lar savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun AOS stavkasi 2 % miqdorida belgilangan. Shundan kelib chiqib, tovarlarini elektron savdo maydonchasida sotgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar daromadining 100 mln so‘mdan oshgan qismidan 2 % stavkada AOS to‘laydi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi 1 mlrd so‘mdan oshsa, ular QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.

👉Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida bepul ro‘yxatdan o‘tish mumkin

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasi orqali to‘lang. Bu soliq to'lovchilar uchun juda qulay.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS #chek_tahrirlash

🗓 15-mart – AOS toʻlovchilar uchun 2024-yil fevral oyida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning oxirgi kuni


AOS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni AOS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads