Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.03K subscribers
7.56K photos
1.61K videos
42 files
4.79K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar bo‘lib o‘tmoqda

📌Tasdiqlangan reja-grafikka asosan Qorako‘l tumani tadbirkorlari ishtirokida o‘tgan seminarda aynan shu kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijara toʻlovining eng kam stavkalari ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga ham tatbiq etiladi. Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi shartnomalar bundan mustasno.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 15-yanvar

- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 11-qism).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️15 января 2024 года последний день

- представления справки о сумме авансовых платежей по налогу на прибыль исходя из ожидаемой суммы прибыли в текущем квартале
(ч.11 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#JShODS #YTT

2024-yil 15-yanvar

Yanvar oyi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.

Qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i ushbu oyda 2023-yildagi stavkalar bo'yicha to'lanadi.

2024-yil uchun belgilangan stavkalar 1-fevraldan kuchga kiradi.
—————
#НДФЛ #индивидуальный_предприниматель

15 января 2024 года:

- последний день уплаты индивидуальными предпринимателями налога на доходы в фиксированном размере за январь.

В этом месяце налог на доходы в фиксированном размере уплачивается по ставкам 2023 года.

Ставки, установленные на 2024 год, вступают в силу с 1 февраля.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_qonunchilikdagi_yangiliklar

JONDOR TUMANIDAGI TADBIRKORLARGA SOLIQ QONUNCHILIGIDAGI O`ZGARISHLAR MAZMUN-MOHIYATI YETKAZILDI


🔹Shu kunlarda viloyat soliq boshqarmasi mas’ullari tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, ularga soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini yetkazish maqsadida ko‘rgazmali seminarlar tashkil etilmoqda.

🔹Ana shunday seminarlarning navbatdagisi bugun Jondor tumanida ham o‘tkazildi. Unda mazkur tuman hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va inspeksiya xodimlari ishtirok etdilar.

🔹 Seminarda mutaxassislar soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarga to‘xtalib o‘tdilar.

BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#imtiyoz

Ayrim soliq to‘lovchilarga vaqtinchalik soliq imtiyozlari berildi

2024-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar
"Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi”da ishtirok etadigan tijorat banklarining loyihalar uchun ajratilgan bank kreditlari bo‘yicha olingan foizlar tarzidagi daromadlari foyda solig‘ini hisoblab chiqarish maqsadlarida chegiriladigan xarajatlar sifatida e’tirof etiladi.

2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar “Izlanish va rivojlanish” markazlarining obyektlari va ular egallagan yer uchastkalari uchun yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha hisoblangan summaning 1 %i miqdorida, shuningdek ijtimoiy soliqni 1% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.

2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-dekabrga qadar Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni hamda nodir yer elementlarini qazib oluvchi va (yoki) ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchi, shuningdek uglevodorod xomashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslarga nisbatan maxsus renta solig‘i solinmaydi. Mazkur qoida qazib olish 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda boshlangan yer qa’ri uchastkasiga nisbatan qo‘llaniladi va metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishning butun davri uchun tatbiq etiladi.

2028-yil 1-yanvarga qadar xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishga doir aylanma QQSdan ozod qilinadi.

👉Soliq kodeksi 483-modda
____________
#новое_в_законодательстве
#льготы

Некоторым налогоплательщикам предоставлены временные налоговые льготы

C 1 января 2024 года по 1 января 2026 года доходы коммерческих банков, участвующих в «Комплексной программе непрерывной поддержки малого бизнеса», в виде полученных процентов по банковским кредитам, выделенным на проекты, в целях исчисления налога на прибыль признаются в качестве вычитаемых расходов.

C 1 января 2024 года по 1 января 2027 года центры «изысканий и развития» уплачивают в части объектов данных центров и занимаемых ими земельных участков налоги на имущество и землю в размере 1% от начисленной суммы этих налогов, а также социальный налог по ставке в размере 1%.

C 1 января 2024 года по 31 декабря 2025 года к юрлицам, добывающим драгоценные, цветные и (или) радиоактивные металлы, редкие и редкоземельные элементы и (или) извлекающим их из техногенных минеральных образований, а также добывающим углеводородное сырье, не будет применяться специальный рентный налог. Данное положение применяется в отношении участка недр, добыча на котором началась в период с 1 января 2024 года по 31 декабря 2025 года и распространяется на весь период осуществления деятельности по добыче (извлечению) металлов или углеводородного сырья.

До 1 января 2028 года освобождается от НДС оборот по реализации, а также ввоз товаров (услуг), приобретаемых в рамках проектов, финансируемых за счет займов международных финансовых институтов и зарубежных правительственных финансовых организаций.

👉ст.483 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Prezident raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Yirik sanoat tarmoqlariga soliq yuki kamaytirilgan boʻlsa-da, koʻp tarmoqlar davlatga tushumni taʼminlash oʻrniga xarajatini oshirayotgani qayd etildi. Jumladan, 10 ta yirik korxonada xarajatlar daromaddan tezroq oʻsgani kuzatilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Yigʻilishda moliyaviy intizomni kuchaytirib, 2024-yilda budjet defitsitini 4 foizdan oshirmaslik zarurligi taʼkidlandi.

Oʻtgan yili koʻplab davlat korxonalari dividend va soliq toʻlovlari boʻyicha budjetga 8 trillion soʻm tushumni taʼminlay olmagani koʻrsatib oʻtildi.

Hududlar rahbarlari ajratilgan budjet ssudalari qaytarilmayotgani holatlari boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilishi haqida ogohlantirildi.

Sirdaryo va Jizzaxda soliq tushumlari 20 foiz oʻsgan boʻlsa, Xorazm, Buxoro va Qashqadaryoda bu koʻrsatkich 7 foizga ham yetmagani tanqid qilindi.

Masalan, yuridik shaxs maqomidagi 18 mingta ovqatlanish korxonasidan atigi 2 ming 300 tasi QQS toʻlovchi hisoblanadi. Sababi, ular tovar aylanmasini 1 milliard soʻmdan oshirmaslik uchun bitta oshxonaga 3-4 tadan firma ochib qoʻygan.

Bunday holatlar boʻyicha mahalladagi soliqchi, tuman soliq boshliqlari va oʻrinbosarlarining ishi sustligi koʻrsatib oʻtildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Soliq tizimi va soliqchilar faoliyati tubdan qayta koʻrib chiqiladi

Jumladan, 40 mingta budjet tashkiloti bilan ishlash vazifasi tumandan Soliq qoʻmitasida yangi tashkil qilinadigan Budjet tashkilotlari inspeksiyasiga oʻtkaziladi. Ushbu Inspeksiya toʻliq raqamlashgan boʻladi va Gʻaznachilik elektron tizimiga integratsiya qilinadi.

Shu kabi soliq qarzdorligi bilan ishlash boʻyicha ham qoʻmita qoshida Soliq qarzini undirish inspeksiyasi tashkil etiladi. Unga Majburiy ijro byurosida mavjud vakolatlar beriladi.

Buning hisobiga, tumanlardagi qoʻshimcha 200 nafar soliqchini “mahallabay” ishlash tizimiga oʻtkazish imkoni boʻladi.

Respublika soliq tushumining 50 foizini beradigan 80 ta eng yirik korxona va 35 ta tijorat banki bilan ishlaydigan alohida tizim boʻladi.

Buning uchun Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha inspeksiya tarkibida yangi tuzilma tashkil qilinib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan bevosita ishlaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yashirin iqtisodiyot bilan kurashish yangi pogʻonaga olib chiqiladi.

Shu maqsadda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyati kuchaytiriladi.

Shu paytgacha Departamentning tergov yuritish vakolati boʻlmagani va qonunlarda juda koʻp huquqiy kolliziyalar mavjudligi sababli samarali ishlay olmadi.

Misol uchun, hozirgi kunda “obnal firma”ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish olti oygacha vaqt oladi. Bu davrda qoʻshtirnoq ichidagi uddaburonlar barcha noqonuniy ishlarini yakunlashga ulguradi.

Shularni hisobga olib, Departament chuqur tahlil, tezkor-qidiruv, taftish va oʻzi tergov qiladigan idoraga aylanadi. Uning rahbari bir vaqtning oʻzida Bosh prokuror oʻrinbosari boʻladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌QQS bo‘yicha hisobotlarni avtomatik tarzda shakllantirish uslubi

– Uslub allaqachon barcha buxgalterlarga yaxshi ma’lum, chunki ular u bo‘yicha 2023 yilda ishlashgan. Hisobotni shakllantirish qoidalari o‘zgarishsiz qolmoqda. 18.10.2023 y. 548-son VMQ
ushbu tajribani kelgusida joriy qilish uchun huquqiy-normativ baza bo‘lib xizmat qiladi.

QQSni hisob-kitob qilish soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetining «Elektron shakllar» bo‘limida soliq to‘lovchi shaklda hisobotni taqdim etishga tayyorlanayotgan yil va davrni ko‘rsatgandan keyin avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Hisobotni shakllantirish uchun asosiy ma’lumot manbai:
• hisobvaraq-fakturalar;
• onlayn-NKM cheklari, shu jumladan marketpleyslar;
• BYuD;
my3.soliq.uz saytidagi «QQS summasini tuzatish» interaktiv xizmati.

Yuborishdan oldin avtomatik rejimda hisobotda shakllantirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiring.
Ehtimol xatolar va noaniqliklarni aniqlarsiz. Birlamchi hujjatlarni tuzatish orqali ularni bartaraf qilish kerak bo‘ladi. Masalan, hisobvaraq-fakturadagi xatolar tuzatish kiritilgan hisobvaraq-fakturani taqdim qilish orqali tuzatiladi.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga sharh.

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads