Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor
#Sayyor_qabul

Bugun viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Muxamedov Kogon shahridagi “Xo‘jabargi” hamda Kogon tumanidagi “O‘zbekiston” mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda murojaatlarga joyida yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda sektor ishchi guruhi va xalq qabulxonasi mas’ullari ishtirok etdi.

Qabullarda fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, oziq-ovqat, ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarga moddiy yordam ajratish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun asbob-uskunalar so‘rab 20 dan ortiq murojaatlar qilindi.

Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida tegishli tashkilot vakillari ishtirokida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab qilinadigan murojaatlar nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
Buxoroda rahbarlarning boshqaruv mahoratini oshirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi

🔹Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali va viloyat hokimligi tomonidan tashkil qilingan o‘quv seminarini viloyat hokimi Botir Zaripov kirish so‘zi bilan ochib berdi va nutq so‘zladi.

🔹Ta’kidlash lozim, mazkur o‘quv seminarlari rahbar kadrlarning kompetensiyalarini oshirish, davlat xizmatchilarining shaxsiy hamda professional salohiyatini uzluksiz oshirib borish, bugungi tezkorlik bilan o‘zgarib borayotgan davrda yangi sharoitlarga moslashuvchan bo‘lish, oldiga qo‘yilgan masalalarni tezkor va sifatli hal etish uchun doimiy o‘z ustida ishlash, bilim va mahoratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘quv seminarda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashev ham soliq ma’murchiligi yuzasidan dars mashg‘ulotlari olib bordi.

Seminarning ikkinchi qismi alohida reja dastur asosida bevosita hudud va muassasalarda davom etdi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Naslchilik uchun berilgan soliq imtiyozlari muddati 2025-yilgacha uzaytirildi

“Naslchilik xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
👉PQ-403-son, 25.12.2023

🔸Qarorga ko‘ra, naslchilik subyektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk va yer hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni 50% pasaytirilgan stavkada to‘lash shaklidagi soliq imtiyozi muddati iqtisod qilingan mablag‘larni asosiy faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirish sharti bilan 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Imtiyoz ID raqamlari

👉Foyda solig‘i –102129
👉Mol-mulk solig‘i – 102127
👉Yer solig‘i – 102126
👉Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq –102128


Ma’lumot uchun: 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-son qarorga asosan mazkur imtiyoz muddati 2021-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-yanvarga qadar etib belgilangandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024 yil uchun ijara to‘lovlarining minimal stavkalari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasining 886-sonli Qonuni bilan soliq solish maqsadida 2024-yilda mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi.

Mazkur stavkalar ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga (yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi shartnomalardan tashqari) ham tatbiq etiladi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_hisoboti

Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik uchun qanday javobgarlik belgilangan?

Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi
orqali qayd etilgan, soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik uchun yuridik shaxsning rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkor maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
👉 MJtK 17-prim 3-modda

Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik quyidagi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi:
▪️YATTlarga BHMning 3 baravari1 020 000 soʻm;
▪️yuridik shaxs rahbariga BHMning 10 baravari 3 400 000 soʻm.
👉 MJtK 175-modda 2-qism

Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish toʻgʻrisidagi qaror huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning ishtirokisiz chiqariladi.
MJtK 309-prim 3-modda

Misol.
"A.B.S." korxonasi (shartli nom) tomonidan 2023-yil avgust oyi uchun QQS hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik huquqbuzarligi soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan. Natijada korxona rahbari S.T. ga nisbatan 3,3 mln soʻm miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanilgan.

Eslatma! Huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab
▫️15 kun ichida 50 %
▫️30 kun ichida 70%
qismini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi.
MJtK 332-prim 1-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Minimal stavkalar ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga ham tatbiq etiladi

O‘zbekiston Respublikasining 886-sonli Qonuni bilan soliq solish maqsadida 2024-yilda mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi.

Ijara to‘lovlarining minimal stavkalari ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga (yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi shartnomalardan tashqari) ham tatbiq etilishi belgilandi.

Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Sh.Ismoilov nima uchun minimal stavkalar tekin foydalanish shartnomalariga tatbiq etilgani yuzasidan tushuntirish berdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
O‘RQ-891.pdf
5.1 MB
#qonunchilikdagi_yangiliklar

"Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"
gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
№ЗРУ-891.pdf
4.7 MB
#новое_в_законодательстве

Принят Закон Республики Узбекистан «О внесении изменений и дополнений в некоторые законодательные акты Республики Узбекистан в связи с принятием основных направлений налоговой и бюджетной политики на 2024 год».

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#foyda_soligi

Foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlari
toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlar daromadining chegaraviy miqdori 10 mlrd soʻm (avval 5 mlrd so‘m) etib belgilandi
_________
#налог_на_прибыль

Предельный размер дохода
предпринимателей, которые должны уплачивать ежемесячно авансовые платежи по налогу на прибыль, установлен в размере 10 млрд сумов (ранее 5 млрд сумов).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_tekshiruvi

Kameral soliq tekshiruvi jarayonida quyidagilar taqiqlandi:
▫️soliq toʻlovchining hududiga kirish;
▫️soliq toʻlovchining hududini va binolarini koʻzdan kechirish;
▫️soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
▫️soliq toʻlovchining hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish.
❗️QQSni qoplash (qaytarishda) oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvi bundan mustasno.
___________
#налоговая_проверка

При проведении камеральной налоговой проверки запрещается:
▫️доступ на территорию налогоплательщика;
▫️осмотр территории и помещений налогоплательщика;
▫️истребование документов у налогоплательщика и его вызов;
▫️выемка документов и предметов налогоплательщика.
❗️За исключением камеральных налоговых проверок, проводимых при возмещении (возврате) НДС.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_tekshiruvi

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kameral soliq tekshiruvi natijasida qoʻshimcha hisoblangan soliqlarni 6 oy mobaynida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi berildi

Avval soliq auditi natijasida qoʻshimcha hisoblangan soliqlarni 6 oy mobaynida teng ulushlarda toʻlash imkoni mavjud edi.
👉 Soliq kodeksi 100-modda
_________
#налоговая_проверка

Юрлицам и индивидуальным предпринимателям предоставлено право уплачивать налоги, доначисленные по результатам камеральной налоговой проверки, в рассрочку равными долями в течение 6 месяцев

Ранее такая возможность предоставлялась налогоплательщикам только по результатам налогового аудита.
👉ст.100 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
2024-yilda oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar oyiga:

🔸Toshkent shahrida 907 500 so‘m;
🔸Nukus shahri va viloyat markazlari boʻlgan shaharlarda 726 000 soʻm;
🔸boshqa shaharlarda 363 000 soʻm;
🔸boshqa aholi punktlarida 242 000 soʻm miqdorida qatʼiy belgilangan daromad solig‘ini toʻlaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar 2024-yilda oyiga:

🔸Toshkent shahrida 302 500 so‘m;
🔸Nukus shahri va viloyat markazlari boʻlgan shaharlarda 181 500 soʻm;
🔸boshqa shaharlarda 121 000 soʻm;
🔸boshqa aholi punktlarida 60 000 soʻm miqdorida qatʼiy belgilangan daromad solig‘i toʻlaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
2024-yildan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning faoliyati natijasida olgan daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda, oshgan kundan eʼtiboran yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq toʻlashga oʻtadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads