Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor

Endi Sorgʻunda yashashning gashti oʻzgacha


📌Buxoro viloyati Kogon tumani Sorgʻun mahallasi tarkibida Katta Orgʻun, Oynasoz, Sugʻdiyona kabi 8 ta qishloq bor.

Yaqin-yaqingacha bu qishloqlarda yashovchilar mabodo mehmon kelgudek boʻlib qolsa bir oz xijolat chekishardi.


Endilikda bularning bari oʻtmishda qoldi.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Noyabr oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi.
💳 Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

♻️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

👉 Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib olishingiz mumkin.
————————
#кешбэк

Суммы кешбэка, накопленного в ноябре, подтверждены.
💳 Кешбэк можно перевести на банковскую карту, прикрепленную к приложению.

♻️ Остальные суммы кешбэка будут выплачиваться автоматически, по мере того, как субъекты предпринимательства представят налоговую отчётность, устранят недостатки в отчётности, погасят налоговую задолженность.

👉В мобильном приложении Soliq можно узнать, за какие чеки и почему не подтверждается кешбэк или отказано в его выплате

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-yilning Davlat budjeti tasdiqlandi

Unga ko‘ra quyidagi soliqlar tumanlar va shaharlar budjetlariga toʻliq hajmda oʻtkaziladi:

👉Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi;

👉Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga asosan jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadigan, shuningdek YTTlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;

👉Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno;


👉noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq.

Тelegram|Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#4_sektor
#Sayyor_qabul

Bugun viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Muxamedov Kogon shahridagi “Xo‘jabargi” hamda Kogon tumanidagi “O‘zbekiston” mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda murojaatlarga joyida yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda sektor ishchi guruhi va xalq qabulxonasi mas’ullari ishtirok etdi.

Qabullarda fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, oziq-ovqat, ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarga moddiy yordam ajratish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun asbob-uskunalar so‘rab 20 dan ortiq murojaatlar qilindi.

Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida tegishli tashkilot vakillari ishtirokida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab qilinadigan murojaatlar nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
Buxoroda rahbarlarning boshqaruv mahoratini oshirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi

🔹Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali va viloyat hokimligi tomonidan tashkil qilingan o‘quv seminarini viloyat hokimi Botir Zaripov kirish so‘zi bilan ochib berdi va nutq so‘zladi.

🔹Ta’kidlash lozim, mazkur o‘quv seminarlari rahbar kadrlarning kompetensiyalarini oshirish, davlat xizmatchilarining shaxsiy hamda professional salohiyatini uzluksiz oshirib borish, bugungi tezkorlik bilan o‘zgarib borayotgan davrda yangi sharoitlarga moslashuvchan bo‘lish, oldiga qo‘yilgan masalalarni tezkor va sifatli hal etish uchun doimiy o‘z ustida ishlash, bilim va mahoratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘quv seminarda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashev ham soliq ma’murchiligi yuzasidan dars mashg‘ulotlari olib bordi.

Seminarning ikkinchi qismi alohida reja dastur asosida bevosita hudud va muassasalarda davom etdi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Naslchilik uchun berilgan soliq imtiyozlari muddati 2025-yilgacha uzaytirildi

“Naslchilik xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
👉PQ-403-son, 25.12.2023

🔸Qarorga ko‘ra, naslchilik subyektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk va yer hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni 50% pasaytirilgan stavkada to‘lash shaklidagi soliq imtiyozi muddati iqtisod qilingan mablag‘larni asosiy faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirish sharti bilan 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Imtiyoz ID raqamlari

👉Foyda solig‘i –102129
👉Mol-mulk solig‘i – 102127
👉Yer solig‘i – 102126
👉Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq –102128


Ma’lumot uchun: 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-son qarorga asosan mazkur imtiyoz muddati 2021-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-yanvarga qadar etib belgilangandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024 yil uchun ijara to‘lovlarining minimal stavkalari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasining 886-sonli Qonuni bilan soliq solish maqsadida 2024-yilda mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi.

Mazkur stavkalar ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga (yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi shartnomalardan tashqari) ham tatbiq etiladi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_hisoboti

Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik uchun qanday javobgarlik belgilangan?

Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi
orqali qayd etilgan, soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik uchun yuridik shaxsning rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkor maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
👉 MJtK 17-prim 3-modda

Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik quyidagi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi:
▪️YATTlarga BHMning 3 baravari1 020 000 soʻm;
▪️yuridik shaxs rahbariga BHMning 10 baravari 3 400 000 soʻm.
👉 MJtK 175-modda 2-qism

Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish toʻgʻrisidagi qaror huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning ishtirokisiz chiqariladi.
MJtK 309-prim 3-modda

Misol.
"A.B.S." korxonasi (shartli nom) tomonidan 2023-yil avgust oyi uchun QQS hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik huquqbuzarligi soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan. Natijada korxona rahbari S.T. ga nisbatan 3,3 mln soʻm miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanilgan.

Eslatma! Huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab
▫️15 kun ichida 50 %
▫️30 kun ichida 70%
qismini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi.
MJtK 332-prim 1-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads