Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.48K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YaTT

1-oktabrdan qat‘iy belgilangan miqdordagi soliq to‘laydigan yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq hisobotini topshirish majburiyati bekor qilindi

Shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar Toshkent shahridan tashqari Respublikamizning barcha hududlarida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida ijtimoiy soliq to'laydi.

🧮Natijada keyingi yilda 220 mingdan ortiq YaTTlar ixtiyorida
230 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ qoladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#YaTT

YaTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari

Vazirlar Mahkamasining 22.11.2021 yildagi 707-son qaroriga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor va xodim o‘rtasida yozma shakldagi mehnat shartnomasi tuzadi.

👉Mehnat shartnomasi namunasi

▫️Mehnat shartnomasining amal qilish muddati yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.

▫️Mehnat shartnomasi ikki nusxada tuziladi: bir nusxasi yakka tartibdagi tadbirkorda, ikkinchisi xodimda qoladi.

▫️Mehnat shartnomasida quyidagilar talab qilinmaydi:
✖️yakka tartibdagi tadbirkorning imzosini muhr bilan tasdiqlash;
✖️ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtirish.

✔️Xodimning mehnat stajini hisoblash uning uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.

❗️Yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodimlarni yollash huquqiga ega
____________
#индивидуальный_предприниматель

Особенности заключения трудового договора между ИП и наемным работником

В соответствии с ПКМ от 22.11.2021 №707 при найме работника индивидуальный предприниматель заключает с ним в письменной форме трудовой договор.

👉Образец трудового договора

▫️Срок заключенного с наемным работником трудового договора не должен превышать срок действия Свидетельства о государственной регистрации индивидуального предпринимателя.

▫️Трудовой договор составляется в двух экземплярах: один остается у индивидуального предпринимателя, второй - у работника.

▫️В трудовом договоре не требуется:
✖️заверение печатью подписи индивидуального предпринимателя;
✖️оформление приказа о приеме на работу.

✔️Исчисление трудового стажа работника осуществляется на основании сведений об уплате социального налога во внебюджетный Пенсионный фонд при Министерстве финансов Республики Узбекистан.

❗️Индивидуальные предприниматели имеют право нанимать до 5 работников

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
YaTTlar_shug‘ullanishi_mumkin_bo‘lgan_faoliyat_turlari_ro‘yxati.pdf
327.7 KB
#YaTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#YaTT

Qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkalari

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#YaTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar yollanma xodimlarni soliq organlarida qanday hisobga qo‘yadi?

1️⃣Buning uchun my.soliq.uz saytida shaxsiy kabinetga kirib, xizmatlar qatoridan “Yollangan xodimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish” bandi tanlanadi.

2️⃣Yollanma xodimlarni hisobga qo‘yish uchun ochilgan ariza shakliga yollanma xodimning STIR yoki JShSHIR (PINFL)i kiritiladi va “Enter” bosiladi.

3️⃣Yollanma xodimning to‘liq ismi, pasport seriyasi, raqami, berilgan joyi va yashash manzili ko‘rsatilgan maydonlar avtomatik to‘ldiriladi.

4️⃣“Faoliyat turi” maydonida yakka tartibdagi tadbirkor shug‘ullanadigan faoliyat turi tanlanadi.

5️⃣“Faoliyat amalga oshirish joyi” maydoni avtomatik to‘ldiriladi.

6️⃣Yollanma xodimning telefon raqami va mehnat shartnomasi muddati qo‘lda kiritiladi.

7️⃣Mehnat shartnomasi PDF formatida yuklab olinadi.

8️⃣Ariza jo‘natiladi.

👉Batafsil

YaTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzish

Тelegram
| Facebook | Youtube| Instagram
#YaTT

Qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkalari

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashtirish #YaTT

📍BUXORODA 16 MINGDAN ORTIQ FUQAROLAR YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIK BILAN SHUG`ULLANAYAPTI

⚡️2023-YIL 1-FEVRAL HOLATIGA O‘ZBEKISTONDA YATT LAR 233,2 MINGTAGA YETIB, O‘TGAN YILNING MOS DAVRIGA NISBATAN 8,9%GA (18,9 MINGTA) OSHGAN.

👆YUQORIDAGI INFOGRAFIKADA 2023-YIL 1-FEVRAL HOLATIGA YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLAR SONI DINAMIKASI BILAN TANISHISHINGIZ MUMKIN

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#YATT

BUXORODA
YATT LAR SONI 16 062 TAGA YETDI

Joriy yilning 1-iyun holatida quyidagi hududlarda YaTT (yakka tartibdagi tadbirkor)lar soni sezilarli oshgan:

Misol uchun,

📍Jondor tumanida - 108 taga va

📍Peshku tumanida - 37 taga ko`paygan

❗️YaTTlar uchun ijtimoiy soliq summasining 2 barobarga
pasaytirilgani viloyatimizda YaTTlar sonining o‘sishida muhim omil bo‘lmoqda.

YaTTlar 5 nafargacha
xodim yollashi mumkin. Ilgari faqatgina 1 nafardan 3 nafargacha xodim yollashga ruxsat berilgandi.

Nizomga muvofiq, YaTT bank hisobvarag‘i ochganidan so‘ng xodim yollash huquqiga ega bo‘ladi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #YaTT

Buxoroda yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 16 mingdan oshdi.

Yil boshidan yangi ro'yxatdan o'tgan YaTTlar soni 2 165 tani tashkil
etmoqda.


Тelegram | Facebook|Instagram