Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.49K photos
1.59K videos
36 files
4.71K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
BUXORODA SOLIQ ORGANLARINING “MAHALLABAY” ISH USULI SAMARA BERA BOSHLADI

Prezidentimiz tomonidan soliq organlari xodimlari oldida qo‘yilgan aniq vazifalardan kelib chiqib, Buxoro viloyatida ham soliq organlariga yuklatilgan vazifalarni mahalla darajasida tashkil etib, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularning faoliyatini kengaytirish va daromadlarini oshirish hisobiga soliq bazasini ko‘paytirish yuzasidan manzilli ishlar tashkil etilmoqda.

Raqamlar bilan aytadigan bo‘lsak,
viloyatdagi 544 ta mahallaga 263 nafar soliq xizmati xodimlari biriktirildi.

Endilikda ular mahallalarda soliq ma’murchiligi borasida jami 14 ta yo‘nalishda ish olib boradilar.

👉BATAFSIL O'QISH UCHUN

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#JShODS

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolar uchun to‘langan daromad solig‘ini qaytarish bo‘yicha videoqo‘llanma

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda oyiga MHTEKMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblanganda, daromad solig‘i ish beruvchiga qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50% ga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

👉Youtube orqali ko‘rish

👉“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi qanday soliq imtiyozlarini taqdim etadi?

👉 Paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ishchilari uchun to‘langan daromad solig‘i qanday qaytariladi?

👉 Issiqxona maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlar xodimlari uchun to‘langan JShODSni qaytarib olishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
SAVOL BERING – JAVOB BERAMIZ

SAVOL
: Korxona asosiy faoliyatidan tashqari chet el korxonasiga xizmatlar (marketing xizmati) eksportini xam amalga oshiradi. Xizmatlar eksportidan olinadigan daromadlar foyda solig‘iga tortiladimi?

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida"gi Qonunining 11-moddasida O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko‘rsatish), ularning bajarilish (ko‘rsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar (xizmatlar) eksporti ekanligi ko‘rsatilgan. Soliq kodeksining 337-moddasi 6-qismiga asosan ishlarni eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda 0 foizli stavkada soliqqa tortiladi.

«Tadbirkor va Soliqchi-ko‘makchi» telegram kanali orqali kelib tushgan savollarga javoblardan.

Тelegram | Facebook|Instagram
MUTAXASSIS SHARHI

Shaxriyor Turaev:

- Yandeks platformasidan foydalanib ishlaydigan korxonalar yagona soliq to‘lashi mumkinmi? Uning nomiga kelib tushgan mablag‘larning asosiy qismi o‘zini o‘zi band etgan xaydovchilarga tegishli bo‘lganda ya’ni Yandeksdan foydalanuvchi korxonaning daromadi 1 mlrd.dan oshmaganda. Agar yagona soliq to‘lashi mumkin bo‘lsa Soliq kodeksining 237-moddasi 3 bandida nazarda tutilgan korxonalarga Yandeks platformasidan foydalanuvchi korxonalar kirmaydimi yoki vositachilik solig‘ini to‘lashi lozimmi?

Ushbu savolga Buxoro viloyati soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Erdon Gadoyev batafsil
javob beradi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor

"KO‘LIODINA" MAHALLASIDAGI SAYYOR QABULDA 11 NAFAR FUQARONING MUAMMOSI JOYIDA HAL ETILDI

Ayni kunlarda viloyatimizning turli hududlarida “Inson qadri uchun” tamoyili asosida sektor rahbarlarining sayyor qabullari o‘tkazilmoqda.

Bugun viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev ham Vobkent tumanidagi "Ko‘liodina" mahalla fuqarolari yig‘inida aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganish va ularni hal etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

👉BATAFSIL O'QISH UCHUN

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati

Тelegram | Facebook|Instagram
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 423-va 440-moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

OXIRGI MUDDAT 15-OKTABR


Тelegram | Facebook|Instagram
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Photo
#antikorrupsiya

Buxoroda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi.
Darhaqiqat, taraqqiyot kushandasi bo‘lgan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida viloyat soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Xususan, viloyatdagi bozorlar, chakana savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, aholi gavjum joylariga borgan holda soliq to‘lovchilar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Muloqotlarda korrupsiyaning oldini olish, unga barham berishda barcha birdek mas’ul ekanliklari, jamiyat uchun ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biri ekanligi ta’kidlanmoqda.

Uchrashuvlarda, agarda tadbirkorlar faoliyatiga soliq xizmati xodimlari tomonidan noqonuniy aralashuv yoki ta'magirlik holatlari kuzatilsa, ijtimoiy tarmoqlardagi telegram botlari yoki "ishonch telefoni" orqali xabar berish mumkinligi batafsil tushuntirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi orqali yuborish, shuningdek, viloyat soliq boshqarmasining ishonch telefoni 📞(65) 221-26-89 ga xabar qoldirish mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MOL-MULK VA YER SOLIG‘INI TO‘LASHNI UNUTMANG!

✔️ OXIRGI MUDDAT 15-OKTABR

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 11-sentabr

avgust oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

sentabr oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 11 сентября 2023 года последний день

за август:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса).

за сентябрь:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота, по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
MUTAXASSIS SHARHI

EKSPORTCHIGA QAYSI HOLATLARDA FOYDA SOLIG'I BO‘YICHA 0% STAVKA QO‘LLANILADI?

Shaxriyor Jamolov-tadbirkor:
- Biz ulgurji savdo bilan shug'ullanuvchi tashkilotmiz(komissioner emas). Import qilingan tovarlarni sotib olamiz - bu import qiluvchi bilan alohida shartnoma. Tovarlarni O‘zbekistonga IM-40 rejimida olib kelib, ushbu tovarlarga alohida eksport shartnomasini tuzamiz va sotamiz. Tovarlar bojxonadan o‘tadi. Bu vaziyatda eksportchi sifatida foyda solig'i bo‘yicha 0% stavka qo‘llashimiz mumkinmi?

✔️Ushbu savolga Buxoro viloyati soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ilyos Niyozov batafsil
javob beradi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#15_oktabr

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 423-va 440-moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Soliq mobil ilovasi orqali soliqlarni masofadan turib to'lashingiz mumkin.

✔️OXIRGI MUDDAT 15-OKTABR


Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

BUXORODA 2023-YIL 1-SENTABR HOLATIGA FAOLIYAT KOʻRSATAYOTGAN YURIDIK SHAXSLAR SONI 35 504 TANI TASHKIL ETDI.

SHUNDAN 4 188 TASI JORIY YILNING YANVAR-AVGUST OYLARIDA RO‘YXATDAN O‘TGAN.

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar haqida ma'lumot

2023-yil 1-sentabr holatiga O‘zbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 571 890 tani tashkil etdi. Shundan 63 162 tasi joriy yilning yanvar-avgust oylarida ro‘yxatdan o‘tgan.

📈Yuridik shaxslar faoliyat turlari bo‘yicha TOP-5 sohalar:

🛒savdo – 150,4 mingta;
🏕qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi – 130,9 mingta;
🏭sanoat – 68,8 mingta;
🏗qurilish – 33,8 mingta;
🍽yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 27,1 mingta.

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #murojaatlar

Buxoro viloyat soliq xizmati organlariga yanvar-avgust oylarida jismoniy shaxslardan 1 800 dan ortiq murojaat kelib tushgan

Ushbu murojaatlar elektron hujjat aylanish tizimi orqali ro‘yxatga olingan.


Тelegram | Facebook|Instagram
#savol_javob

SAVOL: Barnoyeva Gulnoza Akram qizi: - 2023-yil uchun nomimdagi tadbirkorlik maqsadida ajratilgan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi qanday stavka va tartibda hisoblanadi?

✔️JAVOB: 2023-yil 1-yanvardan boshlab,
jismoniy shaxslarga tadbirkorlik maqsadida ajratilgan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi yer uchastkalarining normativ qiymatidan 0,95 foiz stavkada hisoblanadi.
👉Soliq kodeksining 435-moddasi

Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini hisoblab chiqarish qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatini aniqlovchi organning maʼlumotlariga asosan tegishli tumanning (shaharning) sugʻoriladigan yoki sugʻorilmaydigan yerlari uchun oʻrtacha hisobda aniqlanadi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

⚙️ Joriy yil 13-sentabr kuni ish soatlaridan tashqari vaqtda 02:00 dan 06:00 gacha ayrim internet-provayderlarida 🛠 profilaktika ishlari amalga oshirilishi sababli soliq organlari elektron xizmatlari va servislarida uzilishlar kuzatilishi mumkin.
___________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики❗️

⚙️13 сентября этого года в нерабочее время с 02:00 до 06:00 в связи с 🛠 профилактическими работами у некоторых интернет-провайдеров могут наблюдаться перебои в работе электронных сервисов и услуг налоговых органов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#15_oktabr

Soliq tölovlarini
Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson amalga oshiring❗️

✔️OXIRGI MUDDAT 15-OKTABR


Тelegram | Facebook|Instagram