#MXIK #savol_javob
🔴MXIK kodlariga oʻlchov birliklarini biriktirishda tushunarsiz oʻlchov birliklari kuzatilmoqda. Misol uchun, xizmat (soʻm) va xizmat (marta) oʻlchov birliklarining farqi nimada❓ Qanday maqsadlarda dona (qadoq), dona (ampula), dona (tabletka) ishlatiladi❓
🔵Onlayn nazorat-kassa texnikalarining fiskal cheklarida va elektron hisobvaraq-fakturalarda realizatsiya qilingan tovarlarning miqdori koʻrsatilishi kerak.
👉 VMQ-943-son 1-ilovaning 7-bandi, 23.11.2019-yil
👉 VMQ-489-son 2-ilovaning 15-bandi, 14.08.2020-yil
Shu bilan birga, ONNKT va EHFlardan foydalanishda tahlil oʻtkazilganda, belgilangan talablariga javob bermaydigan, realizatsiya qilingan tovarlar miqdori oʻrniga shartli “soʻm” oʻlchov birligini koʻrsatishning keng amaliyoti tarqalganligi aniqlandi.
Qonun hujjatlari talablariga javob bermaydigan amaliyotga barham berish maqsadida “soʻm” va “marta” oʻlchov birliklariga “xizmat” soʻzi qoʻshildi.
Xizmat (so'm) – agar xizmat kompleks shaklda boʻlib, bir-biri bilan ajralmas boʻlgan oʻzaro bogʻliq jarayonlarni alohida qismlarga boʻlish imkoniyati va zaruratisiz kiritishni nazarda tutsa "soʻm" oʻlchov birligidan foydalanish lozim boʻladi (misol uchun “xonani taʼmirlash” xizmatlari).
Xizmat (marta) – agar koʻrsatilayotgan xizmat boshqa jarayonlardan ajratilgan boʻlsa va uning nechi marta koʻrsatilishini hisoblash mumkin boʻlsa, u holda “marta” oʻlchov birligidan foydalaniladi (misol uchun "gilam yuvish xizmatlari", "maslahat xizmatlari").
Shu bilan birga, chakana savdo obyektlarida realizatsiya koʻpincha donalab (ishlab chiqaruvchi qadogʻini ochish va uning tarkibini realizatsiya qilish) amalga oshiriladi. Shuningdek, chakana savdoda “dona” oʻlchov birligini 2 qismga boʻlishni nazarda tutadi:
1️⃣ tovarlarni toʻliq qadoqlash shaklida;
2️⃣ tovar tarkibini alohida-alohida realizatsiya qilish shaklida.
Shu sababli “dona” oʻlchov birligiga “qadoq”, “tabletka”, “ampula”, “blister” va boshqa koʻrinishdagi alohida atributlar biriktirilgan.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM