Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi qanday soliq imtiyozlarini taqdim etadi?

📎 Dasturga kiritilgan tadbirkorlar “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilib MHTEKMning 1 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlaganda va ular jami ishchilar sonining kamida 20% ni tashkil qilganda 2025-yil 1-yanvarga qadar mol-mulk va yer soligʻidan imtiyozlarga ega boʻladi.

♻️Fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda MHTEKMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblanganda, daromad solig‘i ish beruvchiga qaytarib beriladi, ijtimoiy soliq stavkasi 50% ga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

🔸QQSni va boshqa soliqlardan mavjud ortiqcha toʻlovni qaytarish 1 kun muddatda amalga oshiriladi
🔸QQS guvohnomasi bekor qilinmaydi
🔸Soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi
🔸
Ayrim soliq toʻlovlarini taʼminotsiz va foizsiz bir yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi.

🎞Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#hamkorlik

O‘zbekiston BEPS loyihasi bo‘yicha OECD xalqaro inklyuziv dasturi va “G20”ga qo‘shildi

O‘zbekiston soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi kurashish, shuningdek, ofshor holatlarni qisqartirish bo‘yicha xalqaro harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

BEPS rejasi boʻyicha OECD tashabbusiga qoʻshilish va yangi xalqaro soliqqa tortish mexanizmi – Two-Pillar Solution – ga qoʻshilish orqali O‘zbekiston iqtisodiyotni raqamlashtirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan soliq muammolarini hal etish va transmilliy kompaniyalar tomonidan soliqlar ro‘yxatdan o‘tgan joyida emas, balki daromad olish joyi bo‘yicha adolatli ulushini to‘lashini ta’minlash majburiyatini oldi.

Respublika soliq siyosatining izchilligini yaxshilash, soliq bazasini yashirishga qarshi kurashish, transfert narxlarini nazorat qilish va shaffofroq soliq muhitini yaratish bo‘yicha BEPS paketi doirasidagi majburiyatlarni amalga oshirish uchun texnik yordam oladi.

❗️ BEPS (Base Erosion and Profit Shifting) – Soliq bazasini kamaytirish va daromadlarni yashirishga qarshi kurashish bo‘yicha harakatlar rejasi

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng ikkiga boʻlgan holda, yarmini 15-aprelgacha qolgan yarmini 15-oktabrga qadar toʻlashi belgilangan

📩 Soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ularning uyali telefonlariga 15-oktabrgacha toʻlashi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar SMS koʻrinishida yuborilmoqda.

❗️Agar 15-aprelgacha toʻlanishi lozim boʻlgan summa toʻlanmagan boʻlsa u qarzdorlik sifatida alohida koʻrsatilgan.

SMS ostida "Batafsil" hamda "Toʻlash" yozuvi bor."Batafsil" yozuvi orqali toʻlov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan obyekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

📲"Toʻlash" yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylangan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin. Oʻrnatilmagan boʻlsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

🔖Toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan koʻchmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqiqatda mavjud obyekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli boʻlmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

📚Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud boʻlib, soliq imtiyozi qoʻllanilmagan boʻlsa my.soliq.uz sayti orqali, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.

❗️E'tibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qora_tuynuk_sxemasi

Soliq tizimiga oid yangi serial namoyishi

Soliq qo‘mitasi hamda Kinematografiya agentligi hamkorligida suratga olingan 5-qismdan iborat "Qora tuynuk sxemasi" kinoseriali 26-iyundan boshlab, soat 22:20 da "Milliy TV" telekanali orqali efirga uzatiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

25-iyun kuni kamchiligi bo‘lmagan cheklar bo‘yicha may oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi. Keshbekni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.


Тelegram | Facebook|Instagram
27-IYUN – MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI

Viloyatimizdagi barcha jurnalistlar, blogerlar va axborot xizmatlari xodimlari,
matbaachilar va noshirlarni kasb bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Hayotga doimo sergak ko‘z bilan qaraydigan, xalq va Vatan manfaatini hamma narsadan ustun qo‘yadigan Siz azizlarning mashaqqatli va olijanob faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Ezgu maqsad yo‘lida doimo qalamingiz o‘tkir va parvozingiz baland bo‘lib, mashaqqatli kasbingizdan qadr va sharaf topib yurishingizni tilab qolaman.

M.Mamatxanov,
Buxoro viloyati
soliq boshqarmasi boshlig‘i.
Barcha jurnalistlar, blogerlar va axborot xizmatlari xodimlari, matbaachilar va noshirlarni bugungi kasb bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.

M.Mamatxanov,
Buxoro viloyati
soliq boshqarmasi boshlig‘i.

Тelegram | Facebook|Instagram
#qurbon_hayiti

Aziz yurtdoshlar, asrlar davomida mehr-oqibat, xayr-saxovat kabi ezgu qadriyatlarni namoyon etib kelayotgan Qurbon hayiti barchangizga muborak boʻlsin!

Qurbon hayitining mazmun-mohiyatida mujassam boʻlgan insonparvarlik, shukronalik va mehr-oqibat singari anʼana va qadriyatlarni asrab-avaylash hamda keng targʻib etish barchamizning muqaddas burchimizdir.

Har yili ushbu ulugʻ bayramni munosib nishonlashga davlat darajasida alohida eʼtibor qaratiladi.

Darhaqiqat, muborak Qurbon hayiti munosabati bilan yolgʻiz keksalar, nuroniylar va nogironligi boʻlgan shaxslar holidan xabar olib, ularga sovgʻa-salomlar ulashish ezgu anʼanaga aylangan.

Ushbu ayyomda davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimiz ravnaqi, osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi yoʻlida olib borilayotgan barcha xayrli ishlarda Yaratganning oʻzi madadkor boʻlsin.

Bugungi ibodatlarda duoga qoʻl ochib soʻralgan ezgu niyatlar ijobat boʻlsin. Qurbon hayitining fayzu barakoti qalblarimizni va xonadonlarimizni munavvar aylasin!

Soliq xizmati organlari jamoasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qurbon_hayiti

QURBON HAYITI MUBORAK BO’LSIN!

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimiz hamda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan barcha tadbirkorlarni Qurbon hayit ayyomi bilan samimiy tabriklaydi.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga baxt-saodat va qut-baraka hamda barcha intilish va ishlaringizda kattadan katta zafarlar tilaymiz!
Ushbu qutlug‘ bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

BUXORO VILOYATI
SOLIQ BOSHQARMASI!



Тelegram | Facebook|Instagram
#qurbon_hayiti

HURMATLI YURTDOSHLAR HAMDA
VILOYATIMIZ TADBIRKORLARI!


Sizlarni islom olamining muqaddas bayrami Qurbon hayiti ayyomi munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Sizlarga oilaviy baxtu saodat, sihat-salomatlik, barcha ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman!

Qurbon hayit ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin.

Hurmat bilan,

Maqsud MAMATXANOV,
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i.


Тelegram | Facebook|Instagram
#yoshlarkuni

Bayramingiz bilan, Oʻzbekiston yoshlari!

Qadrli yoshlar, Vatanimiz kelajagi boʻlgan Siz azizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Taʼkidlash joiz, mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati darajasidagi muhim masala boʻlib kelgan.

Ayniqsa, soʻnggi yillarda kelajagimiz egalarini zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydondalarda erkin raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar etib tarbiyalashga qaratilgan islohotlar yanada jadallashdi.

Xususan, soliq sohasi uchun zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, yuksak salohiyatli yosh kadrlarni yetishtirib berayotgan Fiskal institut hamda Toshkent, Buxoro va Fargʻona soliq texnikumlari ham ushbu islohotlar mahsulidir.

Hozirda Fiskal institutda 3 ming nafarga yaqin, soliq texnikumlarida 700 nafarga yaqin oʻgʻil-qiz zamoaniviy bilimlarni puxta egallamoqda.

Ushbu taʼlim dargohlarida
tahsil olayotgan yoshlar muqaddas Vatanimizning fidoyi, jasur, bilimdon va baxtli yoshlari boʻlib voyaga yetishi uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan.

Berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, ulkan yuksak dovonlardan oshib, doimo sharafli yoʻllardan yuring, taraqqiyot choʻqqilarini egallashga intilib yashash doimiy hamrohingiz boʻlsin!

Aziz yoshlar, raqamli texnologiyalar asosiga qurilayotgan bugungi zamon Sizlardan Yangi Oʻzbekistonning buyuk kelajagi uchun yanada koʻproq oʻqib-oʻrganishni, bashariyat tamadduniga xizmat qiluvchi olamshumul kashfiyotlar qilib millat shaʼni va qadr-qimmatini yanada yuksaklarga koʻtarishni talab etadi.

Sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga yangi yutuqlar, baxt va omad tilaymiz.

Soliq xizmati organlari jamoasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yil 1-iyuldan...

🔸2024-yil 1-iyulga qadar issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan JShODS qaytarib beriladi;

🔸O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash bo‘linmalari xizmatlari bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilindi.
__________
#новое_в_законодательстве

С 1 июля 2023 года...

🔸до 1 июля 2024 года
из республиканского бюджета возвращается НДФЛ по доходам в форме оплаты труда своих работников, уплаченных субъектами предпринимательства, специализированными на теплицах, имеющими земельные площади более 25 соток;

🔸отменены льготы по НДС, предоставленные по услугам подразделений охраны Национальной гвардии РУз.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#oʻzini_oʻzi_band_qilish

O‘ZINI O‘ZI BAND QILISHNING IMKONIYATLARI

🔹Ro‘yxatadan o‘tgan shaxslarning mehnat faoliyati qonuniylashtiriladi;

🔹Tijorat banklarining imtiyozli kreditlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

🔹Mehnat stajining hisobi yuritiladi;

🔹 Soliq to‘lamaydi;

🔹Shartnoma asosida tashkilotlar (yuridik shaxslar)ga bir martalik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin. Ko‘rsatilgan xizmat evaziga to‘langan haq hisobidan soliq to‘lanmaydi;

🔹Oylik yoki yillik daromad bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas;

🔹O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soliq hisobotlari topshirmaydi.


Тelegram | Facebook|Instagram
ISSIQXONAGA IXTISOSLASHGAN YER MAYDONI ISHCHILARINING DAROMAD SOLIG'I QAYTARIB BERILADI

Тelegram | Facebook|Instagram
#QQS

AOS to‘lovchisi QQS to‘lashga o‘tganda hisobotlarni qanday topshiradi?

Soliq davri davomida soliq toʻlovchilarning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshgan kundan eʼtiboran ular QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
👉Soliq kodeksi 462-modda

AOS toʻlovchi hisobot oyi davomida QQS toʻlashga oʻtganda, mazkur hisobot oyi boʻyicha AOS va QQS hisobotini taqdim etishi lozim.

Bunda:

- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanagacha amalga oshirilgan operatsiyalar, rasmiylashtirilgan EHF va onlayn-NKT cheki summasi AOS hisobotiga kiritiladi;

- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanadan keyin amalga oshirilgan operatsiyalar QQS hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.

Тelegram | Facebook|Instagram