Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#markirovka

Maishiy texnikalar markirovkasi tizimini joriy etish qatʼiy nazoratga olinadi

Prezident huzurida elektrotexnika sohasida yangi zaxiralarni safarbar qilish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda eksport hajmini 2023-yilda 1 milliard dollarga yetkazish muhimligi qayd etildi.

“Misol uchun, birgina qo‘shni davlatlar yiliga o‘zimizda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan 6 milliard dollarlik elektrotexnika mahsulotlarini import qiladi.

Lekin, ushbu davlatlar importida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ulushi 5 foizga ham yetmaydi”, dedi Prezidentimiz.

Ichki bozorga sifatsiz va noqonuniy elektrotexnika mahsulotlari kirib kelishining oldini olish maqsadida:

- eski transformatorlarni importiga chek qo‘yishni;

- maishiy texnikalar markirovkasi tizimini joriy etishni qatʼiy nazoratga olish vazifasi qo‘yildi.

“Maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 148-son qaror qabul qilingan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#markirovka

Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2022-yil 1-sentabrdan dori vositalarini majburiy markirovklashni boshlash belgilangan. (149-son 02.04.2022-yil)

Mahalliy dori vositalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga markirovkalash uskunalarini tanlashda amaliy ko‘mak berish maqsadida davlat soliq xizmati organlari tomonidan mazkur jarayonlarga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2022-yil 1-iyul kuni Fiskal institutda uskunalarni yetkazib beruvchi (integrator) korxonalar ishtirokida uskunalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada 40 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona, 11 ta integrator, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
va “CRPT Turon” MCHJ mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada dastlab mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun integratorlar tomonidan uskunalar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi hamda jihozlashning dolzarb masalalari va texnik talablari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida uskunalar ko‘rgazmasi tashkil etildi hamda integratorlar tomonidan uskunalarning ishlash jarayoni, ularning afzalliklari ko‘rsatib berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#markirovka

Alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda aniqlangan qonun buzilish holatlari

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning sentabr oyida alkogol mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi korxonalarda o‘tkazilgan soliq nazorati tadbirlari natijasida:

🔻“A” korxonada
9 308 dona 4 654 litr 224,3 mln so‘mlik qalbaki aksiz markali, 98 dona 72 litr 2,1 mln so‘mlik raqamli markirovkalanmagan eski namunadagi aksiz markali alkogol mahsulotlari;

🔻“B” korxonada
445 dona 223 litr 7,7 mln so‘mlik raqamli markirovkalanmagan alkogol mahsulotlari borligi aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz❗️Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020-yildagi
833-son qaroriga muvofiq, ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi joriy etilgan.

🚫Unga ko‘ra:
2022-yil 1-yanvardan -
tamaki va alkogol mahsulotlari;
2022-yil 1-aprelidan - pivo va pivo mahsulotlari;
2022-yil 1-dekabridan - alyumin idishdagi alkogol mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkasiz sotish taqiqlanadi.
👉VMQ-737-son 5-band 20.11.2020-yil

Ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi va sotuvchi subyektlar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalari buzilganda – ular tomonidan tovarlarni (mahsulotlarni) realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima solinishi belgilangan.
👉Soliq kodeksi 271-modda

Mazkur javobgarlik choralari 2022-yil 11-iyundan kuchga kirgan.

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi”
tamoyili asosida alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tadbirkorlik subyektlariga raqamli markirovka qoidalariga rioya etish yuzasidan ogohlantirish xati hamda tushuntirishlar berildi.

Ammo, ayrim tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani kuzatilmoqda. Aniqlangan holatlar bo‘yicha hujjatlar tegishli chora ko‘rilishi yuzasidan huquqni muxofaza qilivchi organlarga yuborildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram