Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.52K photos
1.6K videos
41 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Yashil_makon
#Dolzarb_40_kunlik

Qorako‘lda “4-sektor bog‘i” tashkil etildi

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida mevali va manzarali ko‘chatlarni ekish va bog‘lar tashkil etish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Bu ishlar Buxoro viloyati 4-sektor hududlarida ham uyushqoqlik bilan amalga oshirilayapti. E’tiborlisi, ushbu sayi-harakatlar natijasida sektor hududidagi bo‘sh turgan va qarovsiz qolgan yerlar obodonlashtirilib, ko‘chalar, mahallarda va ijtimoiy ob’ektlar atroflarida har xil turdagi manzarali va mevali ko‘chatlar ekilmoqda.

📍 Qorako‘l tumanida 4-sektor rahbari ushbu yo‘nalishda yangicha tashabbusni boshladi. Xususan, sektor rahbarining hududdagi yo‘llar yoqasida daraxtzorlar tashkil etish g‘oyasi ko‘pchilikka ma’qul bo‘lyapti. Yaqinda 4-sektor ishchi guruhi, mahalla faollari, yoshlar va keksalar hamkorligida “Darg‘ali” mahalla fuqarolari yig‘ini hududidan o‘tuvchi yo‘l bo‘yidagi qarovsiz yer ham bog‘u bo‘stonga aylantirilib, bu yerga “Sektor bog‘i” deb nom berildi.

🌿 400 tupdan ortiq mevalli daraxt ko‘chatlari hamda 200 tupdan ortiq manzarali ko‘chatlar ekilgan ushbu bog‘da “Yashil makon” dasturi doirasida turli xildagi ko‘chatlarni ekish ishlari davom etmoqda.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayroq31
#18_noyabr

Muqaddasdir Vatan bayrog‘i❗️

O‘zbekiston Davlat bayrog‘ining qabul qilinganiga 31 yil to‘ldi

Butun O‘zbekiston ahlining g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini o‘zida mujassam etgan Vatanimiz bayrog‘i doimo hilpirab tursin.

Aziz yurtdoshlar, Davlat soliq qo‘mitasi barchangizni Vatanimiz bayrog‘i qabul qilinganining 31 yilligi bilan tabriklaydi!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayroq31
#18_noyabr

Muqaddasdir Vatan bayrog‘i❗️

O‘zbekiston Davlat bayrog‘ining qabul qilinganiga 31 yil to‘ldi

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#Bilasizmi?

QQS summasini qisman qaytarish “tax free” tizimi joriy etiladi

“Tax free”
O’zbekistonning barcha hududlaridagi chakana savdo obyektlarida qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Bu Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 8-noyabrdagi "Chet davlat fuqarolari tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 653-sonli qarorida belgilandi.

✔️ Qarorga ko‘ra:

🔹 2023-yil 1-yanvardan chet davlat fuqarolariga ular tomonidan O’zbekiston hududidagi chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlardan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda to‘langan QQS summasini qisman qaytarish “tax free” tizimi tajriba tariqasida joriy etiladi;

🔹 Chet davlat fuqarolariga qaytariladigan QQS summasini hisobga olish va uni qaytarish soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi;

🔹 Chet davlat fuqarolariga QQS summasini qaytarish minimal xarid qiymati QQS summasini hisobga olgan holda kamida 1 million so‘mni tashkil etganda hamda tovarlar xarid qilingan kundan e’tiboran 3 oy mobaynida amalga oshiriladi;

🔹 2022-yil 10-dekabrga qadar mobil ilovaga chet davlat fuqarolari tomonidan to‘langan QQS summasini qaytarish imkonini beradigan qo‘shimchalar kiritiladi;

🔹 2022-yil 15-dekabrgacha chet davlat fuqarolarining mobil ilovadan ro‘yxatdan o‘tishlarida O’zbekistonga kirib kelganligini qayd etish ma’lumotlari orqali identifikatsiya qilish imkoniyati yaratiladi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#4_sektor

4-sektor rahbari Qorovulbozor tumanida ijtimoiy obyektlarning qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rgandi

Barcha joylarda bo‘lgani kabi Buxoro viloyatida ham qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish qizg‘in pallaga kirdi. Xususan, barcha shahar va tumanlarning ijtimoiy soha obyektlarida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bugun viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i M.Mamatxanov Qorovulbozor tumanida bo‘lib, tuman hokimi boshchiligida tegishli mutasaddi vakilari bilan tumanning eng chekka hududlaridagi ijtimoiy obyektlarni qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini ko‘zdan kechirdi.

Jumladan, hudduddagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassalarini qishki mavsumga tayyorlash, doimiy issiqlik manbaini yaratilganligini o‘rgandi.

Mavjud kamchilielarni tez fursatlarda bartaraf etish borasida mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Viloyat 4-sektor rahbarining hududlardagi bu boradagi o‘rganishlari davom etadi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#Rasmiy_munosabat

Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali Qorako‘l tumani tadbirkorlari nomidan DSI faoliyati bilan bog‘liq tanqidiy xabar tarqaldi.

Ayni paytda ushbu axborotda ko‘rsatib o‘tilgan vajlar Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati va mas’ullari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganini bildiramiz.

O’rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#savol_javob #onlayn_NKM

Barcha tadbirkorlar uchun 2D-skanerlardan foydalanish majburiymi

Faqat raqamli markirovkalangan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual-kassa mashinalariga ulangan maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘ish terminallari va boshqalar) foydalanishi shart

Bunday qurilmalar shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlaydi.

Ushbu talab Prezident qaroribilan 2022-yil 1-yanvardan boshlab o‘rnatilgan.

Raqamli markirovkaga ega mahsulotlar chakana savdosi bilan shug‘ullanmaydigan tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatida ixtiyoriy asosda 2D-skanerlardan foydalanishi mumkin.

Muhim ❗️2023-yil 1-yanvardan chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan onlayn-NKTlardan foydalanish taqiqlanadi.
👉PQ-5252-son 4.10.2021

‼️Shtrix-kod va raqamli markirovka kodlarini o'qish imkoniga ega qurilmalar sotib olganlar uchun imtiyoz nazarda tutilgan.

👉2D-skanerlardan foydalanishning qulayligi nimada?

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#вопрос_ответ #онлайн_ККМ

Обязательно ли всем предпринимателям использовать 2D-сканеры

Только субъекты предпринимательства, осуществляющие розничную продажу продукции с цифровой маркировкой, должны обязательно использовать специальные устройства (2D-сканеры, терминалы сбора данных и др.), подключенные к онлайн-ККМ и виртуальным кассам.

Такие устройства обеспечивают им правильное считывание и идентификацию штрих-кодов и кодов цифровой маркировки.

Это требование установлено Постановлением Президента с 1 января 2022 года.

Субъекты предпринимательства, которые не реализуют в розницу продукцию с цифровой маркировкой, могут применять в своей деятельности 2D-сканеры в добровольном порядке.

Важно
❗️ С 1 января 2023 года субъектам предпринимательства, осуществляющим розничную продажу продукции, запрещается использовать в расчетах с населением онлайн-ККТ, не обладающую возможностями самостоятельного считывания и идентификации штрих-кодов и кодов цифровой маркировки.
👉ПП №5252 от 4.10.2021

‼️Для тех, кто приобретает устройства для считывания штрих-кодов и кодов цифровой маркировки, предусмотрена льгота.

👉В чем преимущества использования 2D-сканеров?

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram