#tabrik
11-noyabr – “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni”
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev ushbu bayram munosabati bilan davlat soliq xizmati organlari kasaba uyushmalari faollari va aʼzolariga tabrik yo‘lladi.
Hurmatli kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari, Sizlarni, sizlar orqali barcha kasaba uyushmalari aʼzolarini “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, eng ezgu niyat va tilaklarimni bildiraman.
Sizlarni bugungi ayyom – Kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, masʼuliyatli va xayrli ishlaringizda zafarlar tilayman.
Xonadonlaringizni tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt va omad hech qachon tark etmasin!
Batafsil
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasida
“O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” keng nishonlandi
📍 Bugun 11-noyabr – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasida tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirda viloyatning barcha tuman va shahar davlat soliq inspeksiyalari xodimlari hamda Buxoro soliq texnikumi o‘qituvchi va murabbiylari ishtirok etdi.
Bayram munosabati bilan tadbirda hududiy davlat soliq xizmati xodimlari davlat soliq boshqarmasining hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.
📌 Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, bugungi kunda Buxoro viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi va uning joylardagi boshlang‘ich tashkilotlari tizimda mehnat qilib kelayotgan 781 nafar xodimlar hamda Buxoro soliq texnikumining 43 nafar o‘qituvchi va murabbiylarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelyapti.
Joriy yil mobaynida kasaba uyushmalari tomonidan tizimda keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilgani e’tiborga loyiq. Xususan, mehnat jamoalarida xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash ishlari yangi bosqichga ko‘tarilgani natijasida viloyat davlat soliq xizmati organlari hamda Buxoro Soliq texnikumining bir guruh xodimlari va ularning oila a’zolari sihatgohlarda hamda sog‘lomlashtirish maskanlarida sog‘liklarini tikladilar.
Shuningdek, 381 nafar xodimlar va ularning oila a’zolari respublikamizdagi diqqatga sazovor qadamjolarga sayohatlari tashkil qilindi.
Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
Тelegram | Facebook

#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️Молиявий ҳисоботларни солиқ ва статистика органларига бериш талаби бекор қилинади
“Ҳисобот тақдим этиш ва архив ҳужжатларини сақлаш тартиб-таомилларини мақбуллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–419-сон, 10.11.2022 й.) қабул қилинди
🔰 Қарорга мувофиқ:
🔹юридик шахслар томонидан 2022 йил 1 январдан кейин ҳисобланган жисмоний шахсларнинг иш ҳақи ва бошқа даромадлари ҳамда солиқ суммалари тўғрисидаги архив ҳужжатларини сақлаш ҳамда архивларга топшириш мажбурияти бекор қилинади;
🔹юридик шахслар 2022 йил 1 январдан давлат солиқ хизмати ва статистика органларига электрон тарзда топширилган молиявий, солиқ ва статистика ҳисоботларини сақлаш ҳамда архивларга топшириш мажбуриятидан озод этилади;
🔹 2023 йил 1 январдан бухгалтерия ҳисоби субъектлари молиявий ҳисоботларни солиқ ва статистика органларига ҳар чоракда тақдим этиш талаби бекор қилинади;
🔹2023 йилдан айланмадан олинадиган солиқни қатъий белгиланган солиқ ставкаси бўйича тўлайдиган тадбиркорлар йиллик молиявий ҳисоботларни солиқ органларига топшириш мажбуриятидан озод этилади.
❕ 2023 йил 1 январдан қуйидаги статистик ҳисобот турлари бекор қилинади:
▫️Биржа фаолияти тўғрисида ҳисобот;
▫️Меҳнат шароитлари аҳволи тўғрисида ҳисобот;
▫️Ҳисобланган иш ҳақи миқдори бўйича ходимлар сонининг тақсимланиши тўғрисида ҳисобот;
▫️Умумий фойдаланишдаги темир йўл транспорти хизматлари тўғрисида ҳисобот;
▫️Тижорат банки фаолияти тўғрисида ҳисобот;
▫️Суғурта ташкилоти фаолияти тўғрисида ҳисобот;
▫️Кичик қурилиш ташкилотлари ва микрофирмаларда мавжуд қурилиш машина ва механизмлари тўғрисидаги ҳисобот;
▫️Қувур йўли транспорти фаолияти тўғрисида ҳисобот;
▫️Мева-сабзавот маҳсулотлари хариди тўғрисида ҳисобот.
✅ 2023 йил 1 майдан юридик шахсларга электр энергияси, табиий газ, иссиқ сув, ичимлик сув таъминоти, оқова сув ва телекоммуникация хизматлари кўрсатиш бўйича шартномаларни, уларнинг истеъмоли тўғрисидаги ҳисоботларни ва келгуси давр учун шартномавий миқдорлар тўғрисидаги бир марталик ва даврий ҳужжатларни электрон расмийлаштиришга рухсат этилади.
📝 2024 йил 1 январгача “Архив” ахборот тизимини тегишли вазирлик ва идораларнинг ахборот тизимлари ва маълумотлар базалари билан интеграция қилиб тадбиркорларнинг ҳужжатларини электрон қабул қилиш, сақлаш ҳамда сўровга кўра тақдим этиш амалиёти йўлга қўйилади.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 Buxoro TV “Diyor yangiliklari” dasturida:
📍 Viloyatning Jondor tumanida Davlat soliq qo‘mitasi raisi shtabi ishchi guruhi tomonidan hududda ichki yo‘llarni ta’mirlash, kommunikatsiya va infrasturukturani yaxshilash, mahalliy investitsiya loyihalarini jalb etish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda.

2023-yil 1-martga qadar:
🔸EHFda yoki onlayn-NKT cheklarida tovarlar (xizmatlar) identifikatsiya kodlari (MXIK)ni noto‘g‘ri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmaydi;
🔸xo‘jalik yurituvchi subyektlar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarini hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni “E-aktiv” AAT aks ettirish ixtiyoriy hisoblanadi.

#xabaringiz_bormi?
Joriy yilning 1-sentabridan boshlab respublika boʻylab sayohat qiluvchi va sayohat davomida sayohatning barcha uch bosqichini bir vaqtning oʻzida yakunlagan sayyohlar xarajatlari uchun 15 dan 50% gacha keshbekka ega bo‘lmoqda.
Sayohat uchun keshbekga ega bo‘lish uchun bir qator shartlarni bajarish kerak:
📲Soliq mobil ilovasida JShShIRni kiritgan holda FACE ID orqali ro‘yxatdan o‘tish;
shuningdek, sayohatning barcha uch bosqichi uchun amalga oshirilgan to‘lovlarga taqdim etilgan QR-kodli cheklarni Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazish, ya'ni:
✈️ avia, 🚊temir yo‘l va (yoki) avtobus transporti chiptasini xarid qilish;
🏢 joylashtirish vositalaridan (mehmonxonalar, dam olish uylari va zonalari, mehmon uylari va boshqalardan) foydalanish;
🕌 madaniy meros obyektlariga tashrif buyurish.
📌 Sizning holatingizda 3-bosqich tugallanmagan, ya'ni madaniy meros obyektlariga tashrif buyurganlik uchun chek mavjud emasligi sababli, sayohat uchun keshbek olish mumkin emas deb hisoblanadi.
👉PQ-232 30.04.2022-yil
👉VMQ-484 31.08.2022-yil

#BILASIZMI?
Yuridik shaxslarning soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:
🔹madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot obyektlari egallagan yerlar;
🔹sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, o‘quv-mashq bazalari va bolalar-sog‘lomlashtirish oromgohlari egallagan yerlar;
🔹shahar elektr transporti yo‘llari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar;
🔹aholi punktlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari egallagan yerlar;
🔹magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos stansiyalari, issiq suv ta’minotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlari, sirkulatsiya nasoslari hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar;
🔹 ihota o‘rmon daraxtzorlari egallagan yerlar;
🔹suvni tejaydigan (tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret va boshqa) sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan yerlar;
🔹qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar;
🔹melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug‘oriladigan yerlar;
🔹yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar;
🔹ilmiy tashkilotlarning, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‘quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy hamda o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik bo‘lgan yerlar va o‘rmon fondining yerlari;
🔹qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno) antenna-machta metall konstruksiyalari egallagan yer uchastkalari.
Ushbu soliq imtiyozlari belgilangan maqsadda bevosita foydalanilmayotgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service