Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.54K photos
1.6K videos
42 files
4.76K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#onlayn_NKM
#MXIK

MXIK to‘g‘ri tanlansa – xatolik bo‘lmaydi❗️

Soliq hisobotlarida kassa cheklari va EHF ma'lumotlari avtomat shakllanadi. Buning uchun cheklarda MXIKni onlayn-NKM va virtual kassa xotirasiga Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogiga muvofiq kiritish kerak.

📌Ma'lumot uchun, mahsulot (tovar) nomi, narxi, MXIK va QQS (agar mavjud bo‘lsa) onlayn-NKM xotirasiga tadbirkorlik subyekti yoki ularga xizmat ko‘rsatuvchi TXKM tomonidan kiritiladi.

Cheklarda MXIK noto‘g‘ri aks etsa, qanday tuzatiladi?

Soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetida “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa ma’lumot” bo‘limida “MXIK xato cheklar” axborot funksiyasi yaratilgan.

❗️Ushbu axborot oynasida onlayn-NKM va virtual kassalarning noto'g'ri MXIK bilan chop etilgan barcha cheklari jamlanadi. Bu esa tahrirlanishi lozim bo‘lgan cheklarni tezkorlik bilan aniqlash imkonini beradi.

Masalan, chekda AI-80 yoqilg'isining MXIK kodi yo'q yoki aks ettirilmagan – bu xatolik qizil rang bilan belgilanadi.

Nima qilish kerak?
👉MXIKni qidirish uchun ERI kaliti bilan tasnif.soliq.uz saytiga kiriladi
🔎 Qidiruv ustuniga "benzin" so'zi kiritladi, shundan so'ng Katalog bir nechta variantlarni taklif qiladi, ular orasida kerakli “80 MARKALI BENZIN” (MXIK 02710001003000000) tanlanadi.
✔️ ushbu MXIK “Tanlanganlarga qo‘shish” funksiyasi orqali avtomatik tarzda https://my.soliq.uz/ manzilidagi shaxsiy kabinetda “Mening tovarlarim va xizmatlarim” bo‘limida aks etadi.
✔️ shuningdek, MXIKdan nusxa ko'chirish va uni "Mening tovarlarim va xizmatlarim" bo'limi tarixiga qo'shish ham mumkin.

Shaxsiy kabinetda “Tahrirlash” bo'limiga kiriladi
👉 xato MXIK aks ettirilgan chek tanlanadi va "Mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodi (MXIK)" qatorida AI-80 benzinining to'g'ri MXIKi tanlanadi.
⚖️keyin "litr" o'lchov birligi tanlanadi.
📎Tasdiqlash fayli ilova qilinib "Yuborish" tugmasi bosiladi va ma'lumotlar inson omilisiz avtomat yangilanadi.

O'ng burchakda "Chekga o'zgartirishlar muvaffaqiyatli kiritildi va tafsilotlar tasdiqlandi" xabari chiqadi.

O'zgartirishlar kiritilgandan so‘ng ushbu chek “MXIK xato cheklar” axborot oynasidan chiqib ketadi.

Bitta chekni tahririlash uchun 30-40 soniya vaqt sarflanadi.
🌐Bunda shaxsiy kompyuterda e-imzo va antivirus dasturlarini muntazam yangilab borilishiga e'tibor qaratish lozim.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#onlayn_NKM
#MXIK

2022-yil yanvar-iyul oylarida onlayn-NKT orqali eng ko‘p realizatsiya qilingan mahsulot va xizmatlar

🗓2022-yil yanvar-iyul oylarida *onlayn-NKTlar orqali 90,7 trln so‘mlik mahsulot va xizmatlar realizatsiya qilingan (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga ko‘p📈).
Shundan
:
🔹Onlayn-NKT orqali taqdim etilgan cheklar – 390,7 mln dona;
🔹Cheklarda aks etgan MXIK – 187,7 ming xil;
🔹MXIK to‘g‘ri aks ettirilgan realizatsiya summasi – 86,2 trln so‘m.

📈2022-yil iyul oyida shu yilning yanvar oyiga nisbatan onlayn-NKT orqali amalga oshirilgan realizatsiya summasi 146,6 % ga oshgan.
▪️ yanvar oyida - 10,5 trln so‘m
▪️iyul oyida 15,4 trln so‘m

Realizatsiyaning qilingan mahsulot (xizmat)larning:
▫️33,8 foizi oziq-ovqat;
▫️48,5 foizi nooziq-ovqat;
▫️12,8 foizi ko‘rsatilgan xizmatlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

MXIK xato ko‘rsatilganligi sababli realizatsiya qilingan mahsulotlarning 4,9 foizida mahsulot yoki xizmat turi aniqlanmadi.

👆2022-yil yanvar-iyul oylarida realizatsiya qilingan mahsulot va xizmatlar TOP-5 ligi bilan Infografikalarda tanishing❗️
🔵oziq-ovqat mahsulotlari
🟢nooziq-ovqat mahsulotlari
🟣ko‘rsatilgan xizmatlar

*
onlayn-NKT – onlayn nazorat kassa texnikasi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram