Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
8.76K photos
1.93K videos
51 files
5.77K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
“YANGI O‘ZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ!”

BUXORODA SOLIQ BILIMDONLARI TAQDIRLANDI

Joriy yilning avgust oyi boshida Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi va “Buxoro” teleradiokompaniyasi hamkorligida “Buxoro” radiosining 📻 FM-101.3 to‘lqinlarida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida yurtdoshlarimiz o‘rtasida “Soliq bilimdoni” viktorinasi o‘tkazilishini yo‘lga qo‘ygan edik.

🔻Qariib bir oy davom etgan ushbu viktorinada 100 dan ortiq yurtdoshlarimiz ishtirok etdilar.

Bizni quvontirgani ko‘plab yurtdoshlarimiz o‘zlarining soliq sohaqidagi bilimdonliklarini namoyon etdilar. Qolaversa, ularning soliq ma’murchiligidagi o‘zgarishlardan ham xabardor ekanliklari e’tiborga loyiq.

📌Bugun erta tongdan viloyat davlat soliq xizmati organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi Raisi A.Qurbonov hamda boshqarmaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi xodimlari “Buxoro” radiosining mehmoni bo‘lib, “Soliq bilimdoni” viktorinasining dastlabki g‘oliblariga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#marketpleys

Billing, avtomatlashtirilgan elektron savdo tizimlariga ega bo‘lgan yoki ushbu tizimlar orqali tovar va xizmatlarini realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlari

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qaroriga kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq, o‘z tovar va xizmatlarini elektron tijorat platformalari (Marketpleys) orqali realizatsiya qiluvchi tadbirkorlar uchun savdo operatsiyasini elektron shaklda Davlat soliq qo‘mitasiga yuborgan holda, fiskal belgili chekni to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn rejimda shakllantirish imkoni yaratilgan.

Mazkur qarorga asosan, Davlat reestriga kiritilmagan Marketpleysdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Marketpleyslarni davlat reyestriga kiritish uchun Ariza bilan Davlat soliq qo‘mitasiga murojaat qilinadi. Buning uchun:
Integratsiyalashga oid hujjatlar to‘plami yuklab olinadi. 👉 https://ofd.uz/ru/pages/view/67
Ariza to‘ldirilib, soliq to‘lovchining my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.

Arizaga (havola) quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
1️⃣Marketpleys dasturiy mahsulotining texnik va funksional tavsiflariga muvofiqligi yuzasidan fiskal maʼlumotlar operatorining xulosasi;
2️⃣Shakllantirilgan elektron kassa cheklari namunalari;
3️⃣Marketpleys tizimining etalon elektron namunasi (APK va URL website);
4️⃣Marketpleysning texnik va funksional tavsiflari batafsil ko‘rsatilgan texnik pasport (yoki unga tenglashtirilgan hujjat) hamda kafolat majburiyatlari.
5️⃣Fiskal chek ma’lumotlarni kamida 5 yil davomida saqlash va foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, ularning konfidensialligini ta’minlash.
Shuningdek arizada marketpleysning call-markazi telefon raqami ko‘rsatiladi.

Soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarning yoki tartiblarning buzilishi holatlari, huquqbuzarga nisbatan:
▪️Soliq kodeksing 227-1-moddasiga asosan moliyaviy sanksiya;
▪️MJtKning 175-moddasi 6-qismiga asosan maʼmuriy jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Axborot tizimlarini to‘g‘ri integratsiya qilish borasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar beriladi va amaliy yordamlar ko‘rsatiladi.

☎️ +998 71 202-32-32 (ichki: 517, 541, 578, 587)

👉Marketpleys cheklari shaxsiy kabinetda aks etadi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#маркетплейс

Cубъектам предпринимательства-владельцам электронных автоматизированных торговых, биллинговых систем или реализующих товары и услуги посредством этих систем

Согласно Постановлению Кабинета Министров №943 от 23 ноября 2019 года, с учетом внесенных изменений, для предпринимателей, реализующих свои товары и услуги через платформы электронной коммерции (маркетплейсы), создана возможность сформировать фискальный чек в режиме онлайн, отправляя сведения о торговых операциях в электронном виде в Государственный налоговый комитет.

В соответствии с вышеназванным Постановлением, не допускается использование маркетплейса, не внесенного в Государственный реестр.

Чтобы внести маркетплейс в Государственный реестр, необходимо обратиться с соответствующим Заявлением в Государственный налоговый комитет:
скачайте пакет документов для интеграции 👉 https://ofd.uz/ru/pages/view/67
заполните заявление и отправьте через персональный кабинет налогоплательщика my.soliq.uz.

К заявлению необходимо приложить следующие документы (обязательства):
1️⃣заключение оператора фискальных данных о соответствии техническим и функциональным характеристикам программного продукта маркетплейса;
2️⃣образцы формируемых электронных кассовых чеков;
3️⃣эталонный электронный образец системы маркетплейса (APK и URL веб-сайта);
4️⃣технический паспорт (или другой приравненный к нему документ) с подробным описанием технических и функциональных характеристик маркетплейса и гарантийных обязательств;
5️⃣хранение в базе данных формируемых данных фискального чека в течение не менее 5 лет, защиту и конфиденциальность персональных данных пользователей.
Также маркетплейсы указывают номер своего call-центра.

В случае нарушения установленных законодательством требований или порядка обеспечения интеграции с информационными системами налоговых органов в отношении правонарушителя применяются следующие меры:
▪️финансовые санкции согласно статье 227-1;
▪️административные санкции согласно ч.6 ст.175 Кодекса об административной ответственности.

По возможным вопросам, связанным с надлежащей интеграцией информационных систем, будут предоставлены соответствующие разъяснения и оказана практическая помощь.

☎️+998 71 202-32-32 (внутр.: 517, 541, 578, 587)

👉 Маркетплейс-чеки отражаются в персональном кабинете

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📟RADIODAN GAPIRAMIZ...

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi va “Buxoro” teleradiokompaniyasi hamkorligida “Buxoro” radiosining 📻 FM-101.3 to‘lqinlarida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida yurtdoshlarimiz o‘rtasida “Soliq bilimdoni” viktorinasi o‘tkazildi.