Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.52K photos
1.6K videos
41 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
# Olot tumani
⚡️ 4-sektor ishchi guruhi va hududga biriktirilgan hokim yordamchilari hamkorligida sektor hududidagi kam daromadli oilalarni parrandachilikka qiziqtirish va shu orqali ularga uy sharoitida o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashilmoqda.
✳️ Shu maqsadda ko‘plab oilalarga parranda va inkubatorlar tarqatildi. Kecha 4-sektor ishchi guruhi va hududga biriktirilgan hokim yordamchilari “Opshok” va “Jayxunobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yig‘inidagi parrandachilik yunalishida oilaviy biznesini yo‘lga qo‘ygan fuqarolarning xonadanlarida bo‘lishdi.
⚡️ Uchrashuvlarda xonadon egalarining muammo va takliflari o‘rganilib, yana ko‘plab oilalarga inkubator va tovuqlar tarqatildi.
# Buxoro shahar
Mahallada «4-sektor rahbari kuni»
✳️ Buxoro shahar 4-sektor hududidagi “Ko‘ksaroy” MFYda “sektor rahbari kuni” tadbirlari o‘tkazildi.
✳️ Tadbir doirasida yoshlar yetakchisi tomonidan mahalla hududida uyushmagan yoshlar o‘rtasida stol tennisi, futbol, boks va shaxmat, shashka kabi sport turlari bo‘yicha bellashuvlar ham tashkil etildi.
✳️ Tadbirda sektor rahbari mahalla ahli bilan dildan suhbat qilish va ularning ko‘nglini ko‘tarish maqsadida muborak ro‘zai-ramazon oyi munosabati bilan ushbu hududda yashovchilar uchun iftorlik dasturxoni yozilib ko‘ngilochar tadbirlar tashkil qilindi.
# G’ijduvon tumani

⚡️ Erta bahorda tumanning 4-sektor hududidagi “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 35 nafar kam daromadli va ishsiz fuqarolarga 10 sotixli tomorqa yerlari ajratib berilgan edi. Bugungi kunda ushbu fuqarolar jami 3,5 gektar maydonda to‘liq qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni boshlab yuborganlar.
⚡️ Kecha 4-sektor ishchi guruhi mazkur dalalarda bo‘lib, tomorqadan samarali foydalanish jarayonlarini ko‘zdan kechirib, aholiga zarur agrotexnik tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdilar.
Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasida siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi

📍 Bugun Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasida davlat soliq xizmati xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali hamkorligida siyosiy-ma’rifat o‘quv darsi bo‘lib o‘tdi.

📌 Mazkur o‘quv mashg‘ulotida tinglovchilarga hafta davomida mamlakatimizda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati, Self-management –shaxsiy samaradorlikni oshirish hamda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbilari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.

🔗 Aytib o‘tish kerakki, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam ravishda davlat soliq xizmati xodimlari ishtirokida o‘tkazilib kelinmoqda.
#qonunchilikdagi_yangiliklar #soliqchi_komakchi

Jarimalar ikki baravarga kamaytirildi

O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. O‘RQ-758 11.03.2022

Xususan, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonun alohida 11-1-modda bilan to‘ldirildi.

Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun nazarda tutilgan javobgarlik choralari Vazirlar Mahkamasining 283-sonli qarori (14.05.2020 yil) bilan tasdiqlangan “Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida” Nizomdan mazkur Qonunga tadbirkorlik sub’ektlariga qo‘shimcha yengilliklar yaratilgan holda o‘tkazildi.

Jumladan:
🔸kichik tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan qo‘shimcha 60 bank kunlik muddatning o‘rniga 90 kalendar kun belgilandi;
🔸boshqa tadbirkorlik subyektlari uchun esa 30 bank kunlik muddat o‘rniga 45 kalendar kun belgilandi;
🔸jarimalarni qo‘llashda noaniqliklarni oldini olish maqsadida belgilangan muddatlarga aniqlik kiritildi;
🔸tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha *aktivlarning repatriatsiya qilinishini ta’minlamaganlik uchun jarimalar miqdorlari ikki baravarga kamaytirildi.

Shuningdek, import operatsiyalari bo‘yicha transportda tashish yoki saqlash chog‘ida taraflarga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yaroqsiz holatga kelgan tovarlar uchun jarimalar qo‘llanilishi bekor qilindi.

Yengib bo‘lmas kuch ta’siri yuzaga kelganda
import operatsiyalari bo‘yicha qo‘llaniladigan jarimalar yengib bo‘lmas kuchning ta’sir muddatiga uzaytirilishi belgilandi.

*Aktivlar repatriatsiyasi – bu norezident majburiyatlarining bajarilishi hisobiga aktivlarning Respublikaga kelib tushishini taʼminlash hisoblanadi.
SHOFIRKON TUMANIDA ISHSIZLAR SONI KAMAYMOQDA

⚡️ Shofirkon tumanining 4-sektor hududidagi 1 080 oilada 3 890 nafar fuqaro yashaydi. Ushbu fuqarolarning 180 nafari ishsiz.
Shundan kelib chiqib, 4-sektor ishchi guruhi ushbu ishsizlarni doimiy ishli qilish, ular uchun qo‘shimcha daromad manbaini yaratish choralarini ko‘rmoqda.

👉🏻 Batafsil