Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
BUXORODA “TADBIRKORGA KO‘MAK MARKAZI” ISH BOSHLADI

Joriy yilning 16-mart kuni Prezidentimiz Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurib, muloqot davomida soliq organlari tadbirkorlar bilan uchrashib ularni muammolarini tinglashi, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirishi yuzasidan topshiriq bergan edi.

🔗 Mazkur topshiriqdan kelib chiqib, viloyat davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan Kogon shahar markazidagi “Sohibkor dehqon bozori”da “Tadbirkorga ko‘mak markazi” tashkil etildi. Bugun esa mazkur markaz o‘z ish faoliyatini ham boshladi.

📍Ta’kidlanishicha, ushbu markaz Kogon shahar va Kogon tumanlarida faoliyat olib borayotgan 2000 dan ortiq tadbirkorlarga ko‘mak berishga mo‘ljallangan.

Aytib o‘tish joiz, ilgari ushbu hududdagi tadbirkorlar birgina nazorat kassa texnikasi bilan bog‘liq texnik nosozliklarni tuzatish uchun 15 km uzoqlikdagi viloyat markaziga borib kelishga majbur edilar. Quvonarlisi, ushbu markaz ishga tushirilishi bilan ularning nazorat kassa texnikalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolari ham oson bitadigan bo‘ldi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyev buxorolik tadbirkorlar bilan uchrashuvi davomida mazkur “Tadbirkorga ko‘mak markazi” faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

⚡️Tanishuv jarayonida markazga biriktirilgan davlat soliq xizmati xodimlariga ko‘proq hududdagi tadbirkorlarning og‘irini yengil qilish, soliqqa oid muammolarini tezkorlik bilan hal etish, xususan ularga soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritishga hamda boshqa texnik xizmatlarni ko‘rsatishga ko‘maklashish yuzasidan o‘zining tavsiyalarini berdi.

✍️ Bir so‘z bilan aytganda “Tadbirkorga ko‘mak markazi”ning aynan tadbirkorlarning yonida tashkil etilgani tadbirkorlarning muammolarini tezkorlik bilan ijobiy hal etish hamda ularga soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni muntazam yetkazib turishda muhim omil bo‘lmoqda.


✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Uchrashuv

DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI RAISI O‘RINBOSARI BUXOROLIK TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZMOQDA

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 16-mart kuni Prezidentimiz Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurib, muloqot davomida soliq organlari tadbirkorlar bilan uchrashib ularni muammolarini tinglashi, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirishi yuzasidan topshiriq bergan edi.

📌 Mazkur topshiriqdan kelib chiqib, Davlat soliq qo‘mitasi va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyati tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

🔗 Belgilangan reja-grafikka muvofiq bugun Buxoro viloyatida ham Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyev ishtirokidagi uchrashuvlar o‘tkazildi.
📍 Buxoro shahar hokimligida o‘tgan uchrashuvda Buxoro shahar, Buxoro tumani va Romitan tumanlarida faoliyat olib borayotgan 300 nafarga yaqin tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

👉 BATAFSIL O‘QISH UCHUN

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook |
25_03_2022_йилда_ўтказиладиган_ярмаркалар_тўғрисида_маълумот.xlsx
20.1 KB
Ҳурматли каналимиз кузатувчилари!

Эртага, 25 март куни Бухоро вилоятининг барча туман ҳамда шаҳарларида бўлиб ўтадиган арзонлаштирилган озиқ-овқат маҳсулотлари ярмаркалари тўғрисида маълумотни эътиборингизга ҳавола этамиз.

Қуйидаги файлда туман ва шаҳарларда ўтказиладиган ярмаркаларнинг жойи ҳамда соати ҳақида батафсил маълумот берилган.
#keshbek

Isteʼmolchilar fevral oyida 30 mlrd so‘mga yaqin keshbek to‘pladi

Chek uchun keshbek. 2022-yil 1-yanvardan xarid cheklarini “Soliq” mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1% keshbekka ega bo‘lmoqda.

Fevral oyida isteʼmolchilar tomonidan 27,9 mlrd so‘m keshbek yig‘ildi va shundan 24-mart holatiga 12,1 mlrd so‘m to‘lab berildi.

❗️Sotuvchilar tomonidan 6826 ta xarid cheki bekor qilinganligi sababli 468,9 mln so‘mlik keshbek to‘lanmaydi.

Qolgan keshbek summalari qachon to‘lanadi?

🔹4,5 mlrd so‘mlik keshbek
15474 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan soliq hisobotlari topshirilganidan so‘ng;

🔹0,7 mlrd so‘mlik keshbek 3460 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan soliq qarzi to‘langanidan so‘ng;

🔹10 mlrd so‘mlik keshbek shubhali bo‘lgani sababli o‘rganish natijasidan kelib chiqqan holda to‘lab beriladi.

“Soliq” mobil ilovasidagi tasdiqlangan “keshbek” mablag‘lari bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

1% keshbek nega 20-sanadan keyin qaytariladi?

Qaysi cheklarga keshbek qaytarilmaydi?

15 900 ta xarid cheki uchun hisoblangan keshbek summasi bekor qilindi. Sabab...

Keshbek – savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati.

Onlayn-NKM foydalanuvchilariga qanday imtiyozlar taqdim etilgan?

Yana 15 mingdan ortiq isteʼmolchiga keshbek to‘lab berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 Diyor yangiliklari dasturida

Kogon shahrining 4-sektor hududidagi mahallarga faoliyatini boshlagan
yoshlar yetakchilari faoliyati haqida.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#yarmarka #4_sektor

Ko‘chma yarmarkalar viloyatimizning barcha chekka hududidagi mahallalarga kirib boradi

Buxoro viloyati 4-sektor hududidagi
mahallalarda belgilangan reja-grafikka asosan azronlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari tashkillashtirilmoqda.

📍Kecha Vobkent tumanining olis “Xayrobod” hamda Kogon tumanining eng chekka hududlaridan biri “Sorg‘un” mahalla fuqarolar yig‘inida ham ko‘chma savdo yarmarkalari tashkil etildi.

🔗 Mazkur yarmarkalarda aholiga go‘sht, kartoshka, piyoz, sabzi, tuxum, shakar, o‘simlik yog‘i va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda yetkazib berilmoqda.

⚡️ Ta’kidlab o‘tish joiz, ushbu tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talablarini qondirish hamda joylarda narx-navo barqarorligini saqlash, ularning sun’iy o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Eslatib o‘tamiz, ana shunday azronlashtirilgan ko‘chma oziq-ovqat yarmarkalari belgilangan reja-grafikka asosan viloyatimizning barcha chekka hududidagi mahallalarga kirib boradi.
⚡️ SOLIQ ORGANLARI XODIMLARINING “SOLIQCHI KO`MAKCHI” TAMOYILI ASOSIDA ISH OLIB BORAYOTGANINI HAR BIR TADBIRKOR HIS QILISHI SHART

✳️ Davlat soliq qo`mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyev Buxoro viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari bilan uchrashuv o`tkazdi.
Uchrashuvda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va ularning ijrosi xususida so`z bordi.

👉🏻 BATAFSIL
#uchrashuv#Gijduvon

Buxoroda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, belgilangan reja-grafikka muvofiq Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyevning buxorolik tadbirkorlar bilan uchrashuvi davom etmoqda.
📍Ayni paytda G’ijduvon tumani hokimligida G’ijduvon, Vobkent, Shofirkon va Peshko‘ tumanlari soliq to‘lovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda.
⚡️ Uchrashuvda tadbirkorlarga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan zarur tushuntirishlar berilayapti. Shuningdek, ularning savollariga batafsil javoblar berilmoqda.
⚡️ Shu yerning o‘zida tadbirkorlarining murojaatlari o‘rganilib, ularni hal etish choralari ko‘rilayapti.
⚡️Uchrashuvda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Biznes-ombudsman vakillari ham ishtirok etmoqda.