Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.1K subscribers
7.89K photos
1.66K videos
45 files
4.99K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#onlayn_seminar

"2025-yil uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq hisoboti" mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

📱Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/DEKDdUKJc9E?feature=share
___________
#онлайн_семинар

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Отчетность по налогу на доходы физических лиц и соцналогу на 2025 год".

📱Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/DEKDdUKJc9E?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Soliq mobil ilovasi orqali 2025-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot oling hamda to‘lovlarni oson to'lang.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning huquqlari va ularning soliq to‘lash tartibini bilasizmi?

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi*.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda 1-dekabrga qadar yiliga kamida BHMning 1 barobari miqdorida (375 000 so'm) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

❗️Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi soliq toʻlashga oʻtadi.

📲Soliq mobil ilovasida o‘zini o‘zini band qilgan shaxs sifatidagi faoliyatni to‘xtatish ham mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#soliq_taqvimi

🗓Eslatma ❗️2025-yil 5-fevral

yanvar oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️5 февраля 2025 года - последний день

за январь:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

⚡️elektr va (yoki) ☀️issiqlik energiyasi;
💦suv;
🔥 gaz;
🏠kommunal va 📞 aloqa xizmatlari;
🚉temir yoʻlda tashish;
🚗transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🏗quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
✔️tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.

🗓Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

📈 Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

💯EHFlarni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingida 10 ball beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlarning vaqt va mablag‘ bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlarini qisqartirish

“Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Qarori qabul qilindi.
👉 PQ-33, 30.01.2025-yil

2025-yil 1-maydan tadbirkorlar tan olgan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha soliq organi tadbirkorlarning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish tartibi joriy etiladi:

◽️tadbirkor soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olganda, soliq organi mustaqil ravishda bank operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
◽️tadbirkor soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olmagan va e'tiroz bildirgan taqdirda, amaldagi tartibga muvofiq sud tomonidan hal etilishi belgilanmoqda.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli o‘zgarishlar kiritilganidan keyin amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddasi

Amaldagi tartib qanday?

Soliq to‘lovchilar soliq hisobotlarini belgilangan muddatdan keyin 10 kun ichida taqdim etmaganda, bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatib turiladi.

◽️Soliq organi faqat 10 kundan ko‘p bo‘lmaganda hisobvaraq operatsiyalarini to‘xtatib turishi mumkin.
◽️10 kundan ko‘p bo‘lganda, faqat sudning qarori asosida amalga oshiriladi.
👉 Soliq kodeksi 111-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Korrupsiyaga yo‘l yo‘q

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan joylarda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi jamoatchilikning murosasiz munosabatini shakllantirish muhim vazifa hisoblanadi.

Mazkur yo‘nalishda viloyat soliq boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi aholi gavjum joylarda, savdo komplekslarida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini olib bormoqda.

Navbatdagi targ‘ibot tadbirlari Buxoro shahridagi “Karvon” buyum bozorida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarida hamda Jondor tuman soliq inspeksiyasida HMQO vakillari ishtirokida tashkil etildi.

Tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda soliq organlari tomonidan faoliyati davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy aralashuvlarga duch kelganda soliq organlarining tegishli ishonch aloqa vositalari orqali murojaat yo‘llashlari tushuntirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar #imtiyoz

Ta’lim xarajatlari soliqdan ozod: imtiyozlar va ulardan foydalanish tartibi


Ta‘lim uchun to‘lovlar daromad solig‘idan ozod qilinadi. Bunda:

◽️ xususiy bog‘cha, maktabda o‘qitishda har bir farzand uchun oyiga to‘lanadigan 3 million so‘mgacha to‘lovlar;
◽️o‘zining yoki farzandlarining, 26 yoshga to‘lmagan eri (xotini)ning professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishiga to‘langanida imtiyozdan foydalanish mumkin.
👉 Soliq kodeksi 378-modda

Shuningdek, bu imtiyoz soliq to‘lovchilarga tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan ta’lim kreditlarini to‘lash uchun ajratilgan daromadlarga ham tegishli.

📌 Batafsil ma’lumot va ushbu imtiyozdan qanday foydalanish haqida videoda bilib oling.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#BILASIZMI

Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi


2025-yil 1-apreldan daromadidan qatʼiy nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQS to‘lovchisi bo‘ladi.

Bunda soliq organlari Onlayn-NKT, EHF va boshqa tashqi va ichki ma'lumotlar asosida QQS hisobotlarini avtomatik tarzda shakllantiradi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksining
2- va 75-moddasi

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, farmatsevtika mahsulotlarini sotuvchi yoki tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun soliq to‘lash tartibi quyidagicha:
📉 daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmaydiganlar – aylanmadan olinadigan soliq to‘laydi;
📈 daromadi 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lganlar – QQS va foyda solig‘i to‘lashga o‘tadi.

QQS 12% ni, foyda solig‘i stavkasi 15%ni tashkil etadi. Ijtimoiy soha faoliyatini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasi 0% belgilangan.

Aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 4%ni tashkil etadi.
💊Ulgurji va chakana dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanuvchi dorixonalar uchun soliq stavkalari quyidagicha belgilangan:
📍Aholi soni 100 ming nafar va undan ko‘p bo‘lgan shaharlarda – 3%;
📍boshqa aholi punktlarida – 2%;
📍borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda – 1%.
Shuningdek, soliq to‘lovchilar qat'iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga haqli.
👉Soliq kodeksi, 467-modda

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JShODS

Fuqarolar qanday holatda o‘z ko‘chmas mulkini sotishdan olingan daromaddan soliq to‘laydi?

Jismoniy shaxslarning quyidagilarni sotishdan olingan daromadiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadi:
▫️noturar joylarini;
▫️36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni.
👉Soliq kodeksining 378-moddasi

Turar joy jismoniy shaxsning mulkiga, xususan, meros yoki xadya tartibida yoxud oldi-sotdi shartnoma asosida o‘tganligidan qatʼiy nazar 3 yil ichida sotilsa, daromad solig'i to‘lashi lozim.

Jismoniy shaxsning mulkida 3 yildan ko‘p muddatda bo‘lgan turar joylarni sotishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi va 3 yillik muddat soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan har bir obyekti bo‘yicha alohida hisoblanadi.

Jismoniy shaxs mulkida 3 yildan kam muddatda turar joyni sotishdan olgan daromadlari to‘g‘risida doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay (Soliq kodeksining 397-moddasi), jami daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi va daromad solig‘i summasini 1-iyunga qadar to‘lashi lozim. (Soliq kodeksining 398-moddasi)

My3.soliq.uz saytidan jami daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani elektron shaklda taqdim etish mumkin.

Shuningdek, jismoniy shaxsning mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari mazkur mol-mulkni hujjatlar bo‘yicha sotib olish va sotish qiymati o‘rtasidagi oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Ko‘chmas mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, kadastr qiymati bilan sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.
👉Soliq kodeksining 375-moddasi 4-bandi

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi – 12%.
👉Soliq kodeksining 381-moddasi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram