Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.08K subscribers
7.64K photos
1.61K videos
44 files
4.82K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#seminar

Soliq qo‘mitasi tomonidan Buxoroda tadbirkorlar uchun ko‘rgazmali seminar va ochiq muloqot tashkil etildi


Ma’lumki, har yilning yakunida keyingi yil uchun soliq-budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda budjet parametrlari tasdiqlanadi.

Shunga muvofiq, soliq qo‘mitasi va viloyat soliq boshqarmalari rahbariyati yangi yilning boshidanoq joylarda soliq to‘lovchilar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar tashkil qilib, ularga soliq siyosatidagi yangiliklarni yetkazadilar.

17-yanvar kuni Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan ana shunday uchrashuvlar Buxoro viloyatida ham tashkil etildi.

Seminarda viloyatdagi jami 200 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari vakillari, shuningdek qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat hamda to‘qimachilik mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchilar ishtirok etdilar.

Unda Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev va departament direktori Komil Saidov hamda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Yuldashevlar ishtirok etib, yig‘ilganlarga soliq kodeksiga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar haqida batafsil axborot berdilar.

Xususan, tegishli qonun hujjatlari bilan Soliq kodeksining 37 ta moddasiga, shuningdek Budjet kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani, asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qolganligi, 2028-yilga qadar QQS va foyda solig‘i stavkalari oshirilmasligi, shu bilan birga, yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortishdagi o‘zgarishlar, umumiy ovqatlanish korxonalari uchun berilgan rag‘batlantirishlar, bundan tashqari, yer va mol-mulk solig‘idagi o‘zgarishlar hamda turli sohalarga berilgan soliq imtiyozlariga batafsil to‘xtalib o‘tildi.

E’tiborlisi, ushbu uchrashuvda ma’ruzachilar yig‘ilganlarga 2025-yil 1-yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar asosida tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlarni batafsil tushuntirib, ularni amaliyotda qo‘llash tartib-taomillarini ham ko‘rsatib o‘tdilar.

Ta’kidlash lozim, ushbu ko‘rgazmali seminar soliq ma’muriyatchiligini joriy etish va aholiga soliq qonunchiligi bo‘yicha tushuntirishlar berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda soliq qo‘mitasining rahbariyati seminarning ikkinchi qismida mahalliy tadbirkorlar va eksportyorlarning faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammoli masalalarni o‘rganishga hamda ularni ijobiy hal etishda ko‘maklashishga e’tibor qaratdilar.

Jarayonda qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik hamda yengil sanoat bilan shug‘ullanuvchi eksportyor korxonalar vakillari o‘z faoliyatlarida bugungi kunda yuzaga kelayotgan ayrim muammolarni o‘rtaga tashladilar.

Muloqotlarda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xususan, eksportyor korxonalarga eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solishda uchrayotgan ayrim to‘siq va muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Yuzma-yuz uchrashuvda tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga soliq qo‘mitasi va viloyat soliq boshqarmasi mas’ullari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Belgilangan reja-grafikka muvofiq soliq qonunchiligidagi yangiliklarini barcha soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida soliq boshqarmasi tomonidan ana shunday uchrashuvlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida ham o‘tkaziladi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Buxoroda soliq xodimlarining “Korxonabay” va “mahallabay” ishlash faoliyati muhokoma qilindi

Joriy yilning 17-yanvar kuni Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev tomonidan soliq boshqarmasi hamda hududiy soliq inspeksiyalari xodimlari ishtirokida “Korxonabay” va “mahallabay” ishlash tizimi doirasidagi inspektorlar faoliyati muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat soliq xizmati organlari xodimlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari sohalar kesimida tanqidiy muhokama qilindi.

Yig‘ilishda M.Mirzayev tomonidan o‘tgan yilda va joriy yil yanvar oyining dastlabki 15 kunligida “Mahallabay” tizimida viloyat bo‘yicha 544 ta mahallaga biriktirilgan 261 nafar soliq inspektorlari hamda “Korxonabay” tizimi bo‘yicha boshqarmadan biriktirilgan 64 nafar soliq xodimlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) tahlil qilindi.

Xususan, “Mahallabay” tizimi bo‘yicha umumiy reytingdagi hissasi past bo‘lgan Jondor, Romitan, Shofirkon va Buxoro tumanlari soliq inspeksiyalari xodimlariga to‘liq foydalanilmayotgan yo‘nalishlar aniq ko‘rsatib berildi.

Shuningdek, “Korxonabay” yo‘nalishiga biriktirilgan 64 nafar xodimlarning 14 ta soha bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) tahlil qilinib, reytingi past bo‘lgan xodimlar bilan birma-bir muloqot qilindi hamda ularning natijalari tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda to‘lov intizomini mustahkamlash orqali soliq qarzini qisqartirish, ortiqcha to‘lov summalarini hosil qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, yashirin iqtisodiyotni jilovlash va qoʻshimcha manbalarni aniqlash boʻyicha mavjud dasturiy mahsulotlar imkoniyatidan keng foydalanish masalalariga e’tibor qaratilib, belgilangan vazifalar ijrosiga e’tiborni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, soliq organlari zimmasiga katta mas’uliyat va javobgarlik yuklatilganligi mas’ullarga yana bir bor uqtirilib, galdagi vazifalar belgilab berildi.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube