Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.98K photos
1.7K videos
46 files
5.08K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
📣📣📣TADBIRKORLAR VA O‘Z BIZNESINI BOSHLASH NIYATIDAGI FUQAROLAR UCHUN QULAY IMKONIYAT

Mamlakatimiz Prezidentining Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun 1000 gektar bo‘sh yer maydonlarini “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarish topshirig‘i berilgan edi.

‼️Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan, ayni paytda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun viloyat hududidagi bo‘sh yer maydonlarining arzon narxlarda “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarilganligini bildiramiz.

Tadbirkorlikni boshlash uchun qulay joylar 👉https://e-auksion.uz 👉https://t.iss.one/eauksion_buxoro/814

➡️ Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko‘rish)

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#Buxoro #kubok #stol_tennisi

Buxoroda stol tennisi bo‘yicha U-19 “O‘ZBEKISTON KUBOGI” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

🏓Stol tennisi bo‘yicha yoshlar, erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “O‘ZBEKISTON CHEMPIONATI” musobaqalarining yuqori darajada tashkil etilayotgani ushbu sport turiga qiziquvchilar sonini oshirishga va iqtidorli sportchilarni kashf etishga xizmat qilayapti.

Xususan, kuni-kecha O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi, Soliq qo‘mitasi hamda O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi hamkorligida stol tennisi bo‘yicha Buxoroda o‘tkazilgan 🏆 U-19 “O‘ZBEKISTON KUBOGI” ham ushbu fikrimizni isbotladi.

Mazkur musobaqasida mamlakatimizning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan 200 nafardan ortiq yosh sportchilar o‘zaro kuch sinashdilar.

5 kun davom etgan musobaqada tennischilarning puxta tayyorgarlik ko‘rib kelganliklari har bir bahslarda yaqqol ko‘rinib turdi.

Aytib o‘tish kerak, bellashuvlarda Toshkent viloyati, Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon, Namangan va Buxoro hamda Samarqand viloyatlari vakillarining tezkor harakatlari hakamlar tomonidan yuqori baholandi.

E’tiborlisi, ushbu musobaqada o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rayotgan umidli yoshlar bilan birga Respublika va xalqaro bellashuvlarda salmoqli natijalarni qayd etgan sportchilar ham g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. Bu o‘z-o‘zidan ishtirokchilarning yaxshigina tajriba almashishlari uchun zo‘r imkoniyat tug‘dirdi.

Medallar jamg‘arishda o‘g‘il bolalar o‘rtasida
🥇1-o‘rin - Toshkent viloyati
🥈2-o‘rin - Toshkent shahri
🥉3-o‘rin - Namangan hamda Farg‘ona viloyati egallashdi.

Qiz bolalar o‘rtasida
🥇1-o‘rin - Toshkent viloyati
🥈2-o‘rin - Andijon viloyati
🥉3-o‘rin - Toshkent shahri hamda Samarqand viloyati qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlarga Buxoro viloyati hokimligi, soliq boshqarmasi, sprort boshqarmasi stol tennisi federatsiyasining diplom va medallari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#yarmarka

Joylarda savdo yarmarkalari tashkil etilyapti


Ayni kunlarda viloyat 4-sektori rahbari tashabbusi bilan viloyatning barcha tuman va shaharlari markazlarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil etilyapti.

Bugun Kogon tumanidagi “Yangi hayot” mahallasida ish boshlagan savdo yarmarkalari rastalaridan viloyatdagi agrofirmalar, parrandachilik korxonalari, savdo tashkilotlari mahsulotlari, shuningdek, fermer xo‘jaliklari hamda dehqonlar tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavotlar, oziq-ovqat va poliz mahsulotlari o‘rin olgan.

Savdoga qo‘yilgan mahsulotlar narxi bozordagiga nisbatan arzon.

Bundan tashqari, namunali xizmat ko‘rsatilishi, plastik kartalar orqali ham savdolarning yo‘lga qo‘yilganligi fuqarolarimizga manzur bo‘lmoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram