Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.52K photos
1.6K videos
41 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#seminar

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida Kogon shahrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik hamda mehmonxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida soliq qonunchiligiga oid so‘nggi yangiliklar va o‘zgarishlarga bag‘ishlangan o‘quv seminar tashkil etildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish va ularning qonuniy ishlashi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Jumladan, 2024-yilning 1-oktabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foizi qaytarilishi, hamda 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi ya’ni 60 foiz va undan yuqori bo‘lganda budjetga to‘langan soliqning 40 foizi hamda 60 foizdan kam bo‘lganda budjetga to‘langan soliqning 20 foizi qaytarilishi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Seminarda shuningdek soliq qonunchiligiga oid so‘nggi normativ-huquqiy hujjatlar, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimachalar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Nodavlat taʼlim muassasalari uchun berilgan imtiyozlar muddati uzaytiriladi


Nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari barcha turdagi soliq (ijtimoiy soliqdan tashqari) va yigʻimlarni toʻlashdan ozod qilish tarzidagi soliq imtiyozlari muddati 2030-yil 1-yanvarga qadar uzaytiriladi.

Avval ushbu imtiyozdan foydalanish muddati 2025-yil 1-yanvargacha edi

👉PQ-403, 22.11.2024-yil

Joriy yilning 9 oyi davomida 679 ta xususiy bogʻcha va maktablar 113 mlrd soʻmdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalandilar.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#yarmarka

4-sektorda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi


Yurtimizda bayram shukuhi kezib yurgan ayni kunlarda ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yanada yuksaltirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini aholiga nisbatan arzon narxlarda yetkazib berish maqsadida viloyat 4-sektor ishchi guruhi tomonidan joylarda arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etilmoqda.

Jumladan, bugun Kogon tumanidagi “Nurafshon”, “Choloki”, “Mustaqillik”, “Geofizika” va “Taraqqiyot” mahallalarida arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari ish boshladi.

Yarmarkalarda 30 turdan ortiq kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari aholiga maqbul narxlarda yetkazib berilmoqda.

Ta’kidlash lozim, ushbu yarmarkalar qish mavsumida aholiga yengillik yaratish hamda narxlarning sun’iy oshib ketishini oldini olishga xizmat qiladi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar

Soliq qo‘mitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilish jarayoni davom etmoqda.

Shu munosabati bilan, 🕓 2024-yil 7-dekabr soat 00:00dan 10-dekabr soat 06:00ga qadar ayrim axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi.

🖇Xususan:
– Elektron hisobotlar;
– ERI;
– EHF* (7-8-dekabr kunlari);
– Notarial idoralari tomonidan fuqarolik holati bo‘yicha maʼlumot qabul qilish;
– korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish;
– mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi (
tasnif.soliq.uz);
– fiskal maʼlumotlar operatori bilan bog‘lanishlar;
– elektron murojaatlar va boshqa xizmatlarda uzilishlar kuzatiladi.


* EHF tizimi 9-10-dekabr kunlari ish faoliyatida bo‘ladi

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
__________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики

Налоговый комитет продолжает поэтапную работу по миграции большой базы данных на новые серверы.

В связи с этим 🕓 с 00:00 часов 7 декабря до 06:00 часов 10 декабря текущего года будет временно ограничена работа некоторых информационных систем и электронных налоговых услуг.

🖇В частности, перебои возможны в:
- электронных отчетностях;
- ЭЦП;
- ЭСФ* (7-8 декабря);
- получении нотариальными конторами сведений, связанных с записями актов гражданского состояния;
- добровольном и принудительном ликвидации предприятий;
- Едином электронном национальном каталоге продукции (товаров и услуг) (
tasnif.soliq.uz);
- каналах связи с оператором фискальных данных;
- электронных обращениях
и других услугах.

* ЭСФ будут доступны 9-10 декабря

Приносим извинения за доставленные неудобства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 6-dekabr

noyabr oyi uchun:


- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi,
06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).

_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️6 декабря 2024 года - последний день

за ноябрь:


- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п.7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
📣📣📣TADBIRKORLAR VA O‘Z BIZNESINI BOSHLASH NIYATIDAGI FUQAROLAR UCHUN QULAY IMKONIYAT

Mamlakatimiz Prezidentining Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun 1000 gektar bo‘sh yer maydonlarini “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarish topshirig‘i berilgan edi.

‼️Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan, ayni paytda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun viloyat hududidagi bo‘sh yer maydonlarining arzon narxlarda “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarilganligini bildiramiz.

Tadbirkorlikni boshlash uchun qulay joylar 👉https://e-auksion.uz 👉https://t.iss.one/eauksion_buxoro/814

➡️ Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko‘rish)

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram