Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.12K subscribers
7.97K photos
1.69K videos
46 files
5.07K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Biznes bir huquqbuzarlik uchun ikki marta jazolanmaydi

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsga nisbatan moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi (jarima - bunday faoliyatdan olingan daromadning 10 foizi, lekin 1 million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda).
👉 Soliq kodeksining 219-moddasi 4-qismi

✔️Biroq, maʻmuriy javobgarlik saqlanib qolinadi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 176-moddasi

Fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzganlik uchun maʻmuriy javobgarlik bekor qilinadi.

✔️Shu bilan birga, avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash va soliq organlariga tegishli axborot berish boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik saqlanib qoladi (mansabdor shaxslarga – BHMning 100 baravari).
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismi

Qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik bekor qilinadi.
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 166-moddasi 4-qismi

✔️Biroq, bunday huquqbuzarlik uchun Soliq kodeksida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar oʻz kuchida qoladi - realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
👉Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasi

Shu bilan birga, xodimlar sonini yashirganlik uchun maʻmuriy javobgarlik bekor qilinadi (BHMning 10 baravari miqdorida jarima).
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-prim 5-moddasi

📃14.11.2024 yildagi PF-184-son

Tadbirkorlar diqqatiga!


Yangi o‘zgarishlar ba’zi me’yorlarni yengillashtirmoqda, ammo qonunlarga rioya qilish muvaffaqiyatli biznes yuritishning muhim omili boʻlib qolaveradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#antikorrupsiya

Qorovulbozor tumanida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan proflaktik tadbir o’tkazildi


Soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish maqsadida Buxoro viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muxofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan muntazam ravishda soliq xizmati organlari xodimlari o‘rtasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

"Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" oyligi doirasida navbatdagi tadbir Qorovulbozor tumani soliq inspeksiyasi xodimlari o‘rtasida tashkil etildi.

Unda soliq inspeksiyasi xodimlari yana bir bor ogohlikka chaqirildi va halol mehnat insonni ulug‘lashi, ota-ona va farzandlar kelajagi uchun bu naqadar ahamiyatli ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, mazkur tadbirda soliq xizmat organlari xodimlariga xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, mansab va vakolatini suiisteʻmol qilmaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
❗️Sizni soliq ma’murchiligidagi o‘zgarishlar qiziqtiradimi?

Unda viloyatimiz soliq xizmati organlari faoliyati, tadbirkorlar uchun muhim xabarlar, rasmiy ma’lumotlar va e’lonlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lib borish uchun Buxoro viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy
👉Telegram, facebook, Instagram kanallariga ulanishni tavsiya qilamiz!

✔️Ushbu kanalda faqat ishonchli va saralangan ma’lumotlar berib boriladi.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topish maqsadida viloyat 4-sektor ishchi guruhi tomonidan hududlarda sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda.

Viloyat 4-sektor ishtirokida Romitan tumanidagi “Navbahor” mahalasi fuqarolari bilan sayyor qabul o‘tkazildi.


Тelegram | Facebook|Instagram
#savol_javob

▪️Savol: Tashkilotimizda ishlaydigan xodimlar uchun rag'batlantirish fondidan ajratilgan mablag'lardan ijtimoiy soliq ushlanadimi?

▫️ Javob: Soliq kodeksining 403-moddasiga aososan, ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning soliq solish obyektidir.

▫️Shuningdek, Soliq kodeksining 371- va 372-moddalariga muvofiq rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga kiradi.

▫️Shunga ko‘ra, sizning holatingizda xodimlarni rag‘batlantirish uchun to‘lovlardan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq ushlanishi kerak.

Тelegram | Facebook|Instagram
📣📣📣TADBIRKORLAR VA O‘Z BIZNESINI BOSHLASH NIYATIDAGI FUQAROLAR UCHUN QULAY IMKONIYAT

Mamlakatimiz Prezidentining Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun 1000 gektar bo‘sh yer maydonlarini “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarish topshirig‘i berilgan edi.

‼️Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan, ayni paytda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun viloyat hududidagi bo‘sh yer maydonlarining arzon narxlarda “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarilganligini bildiramiz.

Tadbirkorlikni boshlash uchun qulay joylar 👉https://e-auksion.uz 👉https://t.iss.one/eauksion_buxoro/779

➡️ Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko‘rish)

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#elon

Bugun, 27-noyabrda, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

O‘tkazilish vaqti - 11:00

✏️ Mavzu - Qurilish materiallari MXIKlari

📍 Manzil: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Abay ko‘chasi, 6)
_________
#объявление

Сегодня, 27 ноября, состоится встреча с предпринимателями, производящими и реализующими строительные материалы!.

Время - 11:00

✏️ Тема - ИКПУ строительных материалов

📍Адрес - Министерство строительства и жилищно-коммунального хозяйства (ул.Абая, 6)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tadbirkorlar bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Soliq qo‘mitasi va "Yangi texnologiyalar" IAM mutaxassislari ishtirokida uchrashuv boshlandi.

Ochiq muloqotda Qurilish materiallarining identifikatsiya kodlari (MXIK) "Qurilish materiallari milliy klassifikatori" bilan unifikatsiya qilinganligi bilan bog’liq masalalar muhokama qilinmoqda.
______
#встреча

Началась встреча специалистов Министерства строительства и жилищно-коммунального хозяйства, Налогового комитета и НИЦ «Янги технологиялар» с предпринимателями, которые производят и реализуют строительные материалы.

Обсуждаются вопросы, связанные с ИКПУ строительных материалов, унифицированными с Национальным классификатором строительных ресурсов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Qurilish materiallari MXIK o‘lchov birligiga o‘zgartirish
kiritish yoki mavjudlarini yangilash Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Soliq qo‘mitasi xabardor qilingach amalga oshiriladi.
______
#встреча

Внесение изменений или обновление единиц измерения, закрепленных за ИКПУ строительных материалов, производится Министерством строительства и жилищно-коммунального хозяйства с уведомлением Налогового комитета.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

Kogon tumanida oʻtgan sayyor qabulda mahallaning “Ishga marhamat” monomarkazi ham ochildi


Тelegram | Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jamoatchilik_kengashi

Ayni vaqtda Soliq qo‘mitasida Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Jamoatchilik kengashining yangi tarkibi va Soliq qo‘mitasi mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Yig‘ilish kun tartibidan o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va kelgusidagi rejalar muhokamasi o'rin olgan.

Shuningdek, kengashning yangi Raisini saylash rejalashtirilgan.
___
#общественный_совет

В эти минуты в Налоговом комитете проходит заседание Общественного совета.

В нем принимают участие новый состав Общественного совета и специалисты структурных подразделений.

Заслушивается отчет о проделанной работе за прошедший период и обсуждаются планы на будущее.

Также запланировано переизбрание председателя Общественного совета.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads