Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#YTT

Qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish mumkin?

Yuridik shaxs tashkil qilmasdan yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin.
👉Soliq kodeksi 31-modda

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi ikki usuldan birini tanlash lozim:
1. Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish;
2. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun masofadan turib
new.birdarcha.uz sayti orqali ariza berish.

Agar:
▫️shaxsan kelib ariza berilsa BHMning 1 baravari miqdorida (375 000 so‘m) davlat boji to‘lanadi;
▫️Internet orqali ariza berilganda to‘lov BHMning 0,9 baravarini tashkil etadi (337 500 soʻm).

Shundan so'ng, YTTga ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida guvohnoma beriladi.

👉YTTlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati

Tovar (xizmat)lar realizatsiyasi 100 mln so‘mdan oshmagan YTTlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda daromad solig‘ini to‘lashning quyidagi rejimlaridan birini tanlash huquqiga ega:
🔹jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida;
🔹qatiy belgilangan miqdorda.
👉 Soliq kodeksi 385-modda

Qat'iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig'i davlat ro'yxatidan o'tgan oydan keyingi oydan boshlab har oyda 15-sanadan kechiktirmay to'lanadi.

YTTning tovar (xizmat)lar realizatsiyasidan olingan daromadi kalendar yilida
- 100 mln so‘mdan oshsa AOS to‘lashga,
- 1 mlrd so‘mdan oshsa QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
👉 Soliq kodeksi 385-modda

YTT ijtimoiy soliq ham to'laydi:
▫️ o'zi uchun oyiga kamida BHMning 1 baravari – 375 000 so'm;
▫️savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun oyiga BHMning 0,5 baravari187 500 so‘m;
▫️faoliyatning boshqa sohalarida yollanma xodim uchun yiliga BHMning 1 baravari – 375 000 so‘m.

YTTlar 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati qanday to'xtatib turiladi?

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish (faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish, tugatish) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
👉Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom

Yuqoridagi qonunchilikka ko‘ra yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi faoliyatingizni vaqtincha toʻxtatib turish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz lozim.
__________
#индивидуальный_предприниматель

Как приостановить деятельность в качестве индивидуального предпринимателя?

Государственная регистрация и перерегистрация (временное приостановление, прекращение деятельности) субъектов предпринимательства осуществляется Центрами государственных услуг.
👉Положение о порядке государственной регистрации субъектов предпринимательства

Чтобы временно приостановить свою деятельность в качестве индивидуального предпринимателя, вам нужно обратиться в Центр государственных услуг.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #YTT

Buxoroda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 18 468 tani tashkil etadi.

👉Batafsil


Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YASHIRIN IQTISODIYOT NIMA?

Buxoroda 2024-yil 1-noyabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 35 516 nafarga yetdi. Ularning 4 606 tasi yanvar-oktyabr oylarida ro‘yxatdan o‘tgan.

Shuningdek, 2024-yil 1-oktabr holatiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 18 468 nafarga yetdi. Ularning 7 798 tasi yanvar-oktyabr oylarida ro‘yxatdan o‘tgan.

Raqamlarga e’tibor bergan bo‘lsangiz, bugun ko‘pchilik mamlakatimizda berilgan imkoniyat va yengillardan foydalanib o‘z taqdirini tadbirkorlik bilan bog‘layapti.

Ammo, soliqdan qochishga urinayotgan, yashirin iqtisodiyotga qo‘l urayotgan ayrim qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlarning hatti-harakatiga qonunchiligimiz yo‘l qo‘ymaydi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Xo‘sh fuqarolarimiz yashirin iqtisodiyotni qanday tushinadilar?
Ular jamiyatda yashirin iqtisodiyotga duch kelsalar o‘zlarini qanday tutadilar?


Тelegram | Facebook|Instagram
#YTT

YTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari

Yakka tartibdagi tadbirkor va xodim o‘rtasida yozma shakldagi mehnat shartnomasi tuzadi.
👉VMQ-707-son 22.11.2021

📃Mehnat shartnomasi namunasi

▫️Mehnat shartnomasining amal qilish muddati yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.

▫️Mehnat shartnomasi ikki nusxada tuziladi: bir nusxasi yakka tartibdagi tadbirkorda, ikkinchisi xodimda qoladi.

▫️Mehnat shartnomasida quyidagilar talab qilinmaydi:
✖️yakka tartibdagi tadbirkorning imzosini muhr bilan tasdiqlash;
✖️ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtirish.

✔️Xodimning mehnat stajini hisoblash budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.

❗️Yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodimlarni yollash huquqiga ega
____________
#индивидуальный_предприниматель

Особенности заключения трудового договора между индивидуальным предпринимателем и наемным работником

При найме работника индивидуальный предприниматель заключает с ним в письменной форме трудовой договор.
👉ПКМ от 22.11.2021 №707

📃Образец трудового договора

▫️Срок заключенного с наемным работником трудового договора не должен превышать срок действия Свидетельства о государственной регистрации индивидуального предпринимателя.

▫️Трудовой договор составляется в двух экземплярах: один остается у индивидуального предпринимателя, второй - у работника.

▫️В трудовом договоре не требуется:
✖️заверение печатью подписи индивидуального предпринимателя;
✖️оформление приказа о приеме на работу.

✔️Исчисление трудового стажа работника осуществляется на основании сведений об уплате социального налога во внебюджетный Пенсионный фонд.

❗️Индивидуальные предприниматели имеют право нанимать до 5 работников

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#TTY

Yuklarni temir yoʻl orqali tashishda elektron TTYni rasmiylashtirish takomillashtirildi

Avval xabar berilganidek, joriy yil 1-apreldan yirik soliq toʻlovchilar va 1-iyuldan barcha xoʻjalik subyektlari uchun tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etilgan.

Soliq qoʻmitasi tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun qulaylik yaratish maqsadida elektron tovar-transport yuk xatlari tizimi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning yagona darcha tizimiga integratsiya qilindi.

Endilikda, temir yoʻl orqali yuk joʻnatishda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan ajratilgan vagonlar boʻyicha ID raqamini elektron TTY tizimiga kiritish orqali

▫️yuk joʻnatuvchi va yuk oluvchi;
▫️yuklash va yetkazish manzillari (stansiyalar);
▫️vagon turi va raqami;
▫️yuk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (tovarlar nomi, miqdori);
▫️tashish masofasi;
▫️tashish narxi haqidagi maʼlumotlar avtomatik shakllantiriladi.
__________
#ТТН

Усовершенствовано оформление электронных ТТН при перевозке грузов железнодорожным транспортом

Как известно, с 1 апреля 2024 года - для крупных налогоплательщиков, а
с 1 июля 2024 года - для всех хозяйствующих субъектов внедрена система оформления товарно-транспортных накладных (ТТН) в электронном виде.

В целях создания удобства для субъектов предпринимательства Налоговый комитет интегрировал систему электронных товарно-транспортных накладных с системой единого окна АО «Ўзбекистон темир йўллари».

Теперь при отправке грузов железнодорожным транспортом и вводе в системе электронных ТТН ID-номера по вагонам, выделенным АО Ўзбекистон темир йуллари», автоматически формируются сведения о:

▫️грузоотправителе и грузополучателе;
▫️адресах погрузки и разгрузки (станциях);
▫️типе и номере вагона;
▫️грузе (наименование, количество товара);
▫️расстоянии доставки;
▫️стоимости доставки.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Buxoroda o‘zini oʻzi band qilgan shaxslar 244 ming nafardan oshdi

Buxoroda 2024-yil 1-noyabr holatiga – oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 244 ming nafardan oshdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 139 % ga (32 960 nafar) ortiq.

Oʻsish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar (01.11.2023-yilga nisbatan):

🔸Dehqon va fuqarolarning tomorqa uchastkalarida yer chopish va rekultivatsiya ishlari – 14,4% (35 459 mingta);

🔸Yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish – 13,7 % (33 566 mingta);

🔸Aholining yakka tartibdagi buyurtmasi bo‘yicha tikuv tikish – 12,7 % (31 071
mingta).


O‘zini oʻzi band qilgan shaxslar 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).


Тelegram | Facebook|Instagram
#YTT

- Men yakka tartibdagi tadbirkorman, bir o‘zim ishlayman. Mening daromadim 100 mln so'mdan oshdi. Qaysi hisobotlarni topshirishim kerak?

Yakka tartibdagi tadbirkorning daromadi 100 mln so'mdan oshsa, u qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig'ini to'lashdan aylanmadan olinadigan soliq to'lashga o'tadi:
▫️umumbelgilangan stavka - 4%;
▫️
elektron tijorat uchun - 2%;
▫️
5-toifa tumanlardagi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun - 1%.

Bu holda har oyning 15-sanasiga qadar soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali aylanmadan olinadigan soliq bo'yicha hisobot topshirishi kerak.

Agar yakka tartibdagi tadbirkorning yollanma xodimlari bo'lmasa, JSHODS bo'yicha hisobot topshirish shart emas.

Yakka tartibdagi tadbirkor har oyning 15-sanasidan kechiktirmay o‘zi uchun 38-kod bo‘yicha ijtimoiy soliqni shaxsiy kabinet yoki Soliq mobil ilovasi orqali to‘laydi.

Agar yakka tartibdagi tadbirkorning yollanma xodimlari bo‘lsa, u har oyning 15-sanasidan kechiktirmay jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisobotni topshirishi hamda ular uchun 46-kod bo‘yicha daromad solig‘i va 38-kod bo‘yicha ijtimoiy soliqni to‘lashi kerak.
__________
#индивидуальный_предприниматель

- Я индивидуальный предприниматель. Работаю один. Мой доход превысил 100 млн сумов. Какую отчетность я должен сдавать?


Если доход индивидуального предпринимателя превышает 100 млн сумов, он переходит с уплаты налога на доходы в фиксированном размере на уплату налога с оборота:
▫️общеустановленная ставка - 4%;
▫️для
электронной коммерции - 2%;
▫️для индивидуальных предпринимателей
в районах 5 категории -1%.

В этом случае каждый месяц не позднее 15-го числа через персональный кабинет налогоплательщика индивидуальный предприниматель должен сдавать отчетность по налогу с оборота.

Если у индивидуального предпринимателя нет наемных работников, то сдавать отчетность по НДФЛ не нужно.

Индивидуальный предприниматель каждый месяц не позднее 15-го числа уплачивает за себя социальный налог по коду 38: через персональный кабинет или мобильное приложение Soliq.

Если у индивидуального предпринимателя есть наемные работники, то ему необходимо каждый месяц не позднее 15-го числа сдавать отчетность по НДФЛ и соцналогу и платить за них налог на доходы по коду 46 и социальный налог по коду 38.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Diqqat❗️

🔍 Qurilish materiallariga tegishli MXIKlarni tasnif.soliq.uz sayti orqali quyidagi qidiruv tugmalari bo‘yicha topishingiz mumkin:

▫️matn bo‘yicha;
▫️Qurilish resurslari milliy klassifikatori kodlari bo‘yicha;
▫️Excel jadvallari roʻyxatida.

☝🏻Soliq to'lovchilar uchun videoqo‘llanma.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xarid cheklarni taqdim etmaslik yoki toʻlov terminallari orqali savdo qilishni rad etish soliq tekshiruvi o‘tkazilishiga asos bo‘ladi

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart.

🧾 Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.

👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


🚫
Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Xarid cheklarni taqdim etmaslik yoki toʻlov terminallari orqali savdo qilishni rad etish bilan bogʻliq savdo qoidalariga rioya etmaslik holatlari yuzasidan Soliq mobil ilovasi orqali “Soliq hamkor” bo‘limiga kelib tushgan murojaatlar soliq organlari tomonidan soliq tekshiruvi o‘tkazilishiga asos bo‘ladi.


Тelegram | Facebook|Instagram
❗️Sizni soliq ma’murchiligidagi o‘zgarishlar qiziqtiradimi?

Unda viloyatimiz soliq xizmati organlari faoliyati, tadbirkorlar uchun muhim xabarlar, rasmiy ma’lumotlar va e’lonlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lib borish uchun Buxoro viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy
👉Telegram, facebook, Instagram kanallariga ulanishni tavsiya qilamiz!

✔️Ushbu kanalda faqat ishonchli va saralangan ma’lumotlar berib boriladi.

Тelegram | Facebook|Instagram
Shofirkon tumani soliq inspeksiyasida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi

Xabar berib borayotganimizdek, viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida joylarda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan proflaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Navbatdagisi Shofirkon tumani soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkib xodimlari o‘rtasida o‘tkazildi. Unda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirok etib, korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi, barcha xodimlar ish faoliyatlarini ochiq va shaffof tarzda olib borishi, soliq xizmati organlari sha’niga dog‘ tushiradigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berdilar.

Shuningdek, davlat xizmatchilarining vazifalari va mas`uliyatlari, mansab vakolatini suiste`mol qilmaslik hamda korrupsiyaviy jinoyatlarga yetaklovchi har qanday holatlardan ogoh turishi ta`kidlandi.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

15-noyabr - oktabr oyi uchun AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisobotini to‘ldirish bo‘yicha quyidagilardan foydalanish mumkin:
👉 videoqo‘llanma
👉 onlayn-seminar
_______
#налог_с_оборота

15 ноября - последний день представления отчетности и уплаты по налогу с оборота за октябрь

Чтобы заполнить отчетность по налогу с оборота, воспользуйтесь:
👉 видеоинструкцией
👉 онлайн-семинаром

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

Elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar soliqni 2% stavkada to‘laydi

Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun AOS stavkasi 2% miqdorida belgilangan.
👉 Soliq kodeksi 467-modda

Bunda, soliq to‘lovchining joriy hisobot (soliq) davri natijalari bo'yicha bunday faoliyatdan olinadigan daromadi umumiy daromadining kamida 90%ini tashkil qilishi kerak.

Mazkur imtiyozlardan foydalanish uchun “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati orqali my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan korxona rahbari tomonidan imzolangan umumiy daromadining 90% dan ortig'i elektron tijoratdan kelganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini biriktirgan holda murojaat yo‘llash lozim.
👉 Murojaat yo‘llash bo'yicha qo'llanma
______
#налог_с_оборота

Осуществляющие электронную торговлю предприниматели уплачивают налог по ставке 2%

Для тех налогоплательщиков, которые осуществляют электронную торговлю товарами (работами, услугами), ставка налога с оборота установлена в размере 2%.
👉ст.467 НК

При этом доходы от осуществления такой деятельности по итогам текущего отчетного (налогового) периода, должны составлять не менее 90% совокупного дохода.

Чтобы воспользоваться сниженной ставкой, нужно подать обращение по использованию налоговой льготы через интерактивную услугу в персональном кабинете на сайте my3.soliq.uz, прикрепив копию подписанного руководителем документа, подтверждающего, что более 90% совокупного дохода приходится на электронную коммерцию.
👉 Инструкция, как подать обращение

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi
#yashirin_iqtisodiyot

Xodimlar soni va ish haqining oshishi tadbirkorning reytingini koʻtaradi

Barqarorlik reytingining mezonlaridan biri – bu mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHTEKM*)dan ortiq ish haqi toʻlanayotgan xodimlar sonining koʻpligidir. Bunday xodimlar qancha koʻp boʻlsa, reyting shuncha yuqori boʻladi.

Shuningdek, ish haqi MHTEKMdan yuqori boʻlgan xodimlar sonining oʻrtacha yillik soni hisobga olinadi.

Misol uchun, sentabr oyida tashkilotda bunday maoshga ega boʻlgan xodimlar soni 10 kishiga koʻpaydi. Ammo avvalgi oylarda xuddi shu ishchilar MHTEKMdan kamroq maosh olgan, demak oʻrtacha yillik koʻrsatkich 10 emas, balki kamroq boʻladi.

Agar tashkilotda MHTEKMdan yuqori ish haqi oladigan doimiy xodimlar soni har oy ortib borsa va oʻtgan yilga nisbatan foiz 50% yoki undan yuqori boʻlsa, unda ushbu mezon boʻyicha maksimal 15 ball olish mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram
#Yashil_makon

Prezidentimiz tashabbusi bilan keyingi yillarda yurtimizda daraxt ekish umummilliy harakatga aylandi. Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi ekologik vaziyatni yanada yaxshilash hamda iqlim o‘zgarishlariga milliy yechim sifatidagi noyob loyiha bo‘ldi.

Ayni kunlarda viloyat 4-sektor hududlarida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasining joriy yilgi kuzgi mavsumi qizg‘in boshlab yuborildi.

Loyiha doirasida turli xildagi manzarali daraxt köchatlari ekilmoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram