Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.73K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
📣📣📣TADBIRKORLAR VA O‘Z BIZNESINI BOSHLASH NIYATIDAGI FUQAROLAR UCHUN QULAY IMKONIYAT

Mamlakatimiz Prezidentining Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun 1000 gektar bo‘sh yer maydonlarini “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarish topshirig‘i berilgan edi.

‼️Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan, ayni paytda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun viloyat hududidagi bo‘sh yer maydonlarining arzon narxlarda “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarilganligini bildiramiz.

Tadbirkorlikni boshlash uchun qulay joylar 👉https://e-auksion.uz 👉https://t.iss.one/eauksion_buxoro/711

➡️ Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko‘rish)

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#elon

Moliyaviy hisobotning, jumladan MHXSga muvofiq shakllari tasdiqlandi


Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (MHXS) joriy qilish bo‘yicha ishlar va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish davom etmoqda.

Moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlashi lozim bo‘lgan tashkilotlar toifalari belgilangan bo‘lib (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son qarori), ushbu jarayonda MHXS asosan moliyaviy hisobot tuzuvchi tashkilotlarga qulaylik yaratish va metodologik ta’minlash maqsadida MHXS muvofiq moliyaviy hisobot shakllari ilk bora tasdiqlandi. (Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizom (ro‘yxat raqami 3567, 2024-yil 4-noyabr))

Shu jumladan, buxgalteriya hisobining milliy standartlariga (BHMS) muvofiq moliyaviy hosobotlarning shakllari davlat tilida qayta ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi.

MHXSga asosan tuzilgan yillik moliyaviy hisobot shakllari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

▫️moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobot;
▫️ foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi hisobot;
▫️xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi hisobot;
▫️pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot (bilvosita usul);
▫️ahamiyatli hisob siyosati va boshqa tushuntirish maʼlumotlaridan iborat izohlar (moliyaviy hisobotga izohlar).

Moliyaviy hisobotni MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tashkilotlar mazkur Nizom bilan taqdim qilinishi belgilangan moliyaviy hisobotlardan tashqari eʼlon qiladigan moliyaviy hisobotlar shakllarini, ularni taqdim etish tartibi va usullarini hisob siyosati bilan belgilashi mumkin

Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni bo‘yicha batafsil 👉 https://api.mf.uz/media/filestore/Ilova_Moliyaviy_xisobot.pdf
_________
#объявление

Утверждены формы финансовой отчетности, в том числе на основе МСФО


Продолжается разработка нормативно-правовых актов, направленных на применение международных стандартов финансовой отчетности (МСФО).

Постановлением Президента Республики Узбекистан от 24.02.2020 года № ПП-4611 определены категории организаций, которые готовят финансовую отчетность на основе МСФО. Для координации и методического обеспечения процесса применения МСФО, а также предоставления в государственные органы финансовой отчетности, подготовленной по МСФО впервые утверждены соответствующие формы финансовой отчетности (Положение о сроках предоставления финансовых отчетов, а также их структуре и содержании рег. № 3567 от 4 ноября 2024г).

Формы годовой финансовой отчетности, подготовленной на основе МСФО, включают:

▫️отчет о финансовом положении;
▫️отчет о прибылях или убытках и прочем совокупном доходе;
▫️отчет об изменениях в собственном капитале;
▫️отчет о движении денежных средств (косвенный метод);
▫️примечания, содержащие существенные положения об учетной политике и другую пояснительную информацию (примечания к финансовой отчетности).

Также пересмотрены и утверждены на государственном языке формы финансовой отчетности по Национальным стандартам бухгалтерского учета (НСБУ).

Cроки предоставления финансовой отчетности и её содержание подробно 👉
https://api.mf.uz/media/filestore/Ilova_Moliyaviy_xisobot.pdf

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_bering_javob_beramiz

SAVOL: - Men yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchiman. YATT faoliyati uchun qanday imtiyozlar bor va qanday tartibda soliq to‘layman?

S.Olimov,
Jondor tumani.


✔️JAVOB: - O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 31-moddasiga muvofiq, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor – YATT hisoblanadi.

YATTlar faoliyatini boshlagandan keyin bir oy davomida soliqlardan ozod etiladi. Shuningdek, I, II guruh nogironligi bo‘lgan YATTlar belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida soliq to‘laydi.

Agar YATT 2 yoki undan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullansa (ya’ni bir paytda ham chakana savdo, ham xizmat ko‘rsatish) har biri uchun alohida belgilangan qat’iy stavkada soliq to‘laydi, ammo bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida umumiy bitta ijtimoiy soliq to‘lashi belgilangan.

YATT o‘z faoliyat turidan kelib chiqib, 1 nafardan 3 nafargacha ishchi yollash imkoniyatiga egaligi, ya’ni chakana savdo bilan shug‘ullanadigan tadbirkor 1 nafargacha, maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor 3 nafargacha ishchi yollashi mumkin.

Bir kalendar yili davomida YATTning olgan daromadi 100 million so‘mgacha bo‘lsa, qat’iy belgilangan tartibda soliq to‘laydi. Bir kalendar yilida olgan daromadi 100 million so‘mdan oshgan, biroq 1 milliard so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovar aylanmasidan olinadigan daromad hisobidan soliq to‘lashga o‘tkaziladi.
Shuningdek, bir kalendar yilida tovarlar aylanmasidan olingan daromadi 1 milliard so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tkaziladi.

Ularning joylashgan joyi va faoliyat turidan kelib chiqib, Toshkent shahridagi tadbirkorlar uchun alohida, viloyat markazidagi tadbirkorlar uchun alohida va chekka hududlardagi tadbirkorlar uchun alohida qat’iy belgilangan soliq stavkasi belgilangan.

Тelegram | Facebook|Instagram
#moliyaviy_hisobot

Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari tasdiqlandi


🖇Buxgalteriya hisobi subyektlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari tasdiqlandi (Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizom (ro‘yxat raqami 3567, 2024-yil 4-noyabr)).

📌Yillik moliyaviy hisobot taqdim etish muddati:

◽️BHMSga asosan hisobot yilidan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay;
◽️MHXSga asosan hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayidan kechiktirmay taqdim etiladi.

🗓Bunda, amaldagi qonunchilikka ko‘ra BHMSga asosan tuzilgan yillik moliyaviy hisobot hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etilish belgilangan bo‘lib, endilikda tadbirkorlik subyektlariga yengillik yaratish maqsadida ushbu muddat 1-mart qilib belgilanmoqda.

🗓Shuningdek, mavjud qonunchilik hujjatlarida MHXSga asosan moliyaviy hisobot tuzuvchi tashkilotlar uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish muddatlari belgilanmagan bo‘lib, endilikda ushbu toifadagi tashkilotlar uchun MHXSga o‘tish jarayonlarida qo‘shimcha yengilliklar yaratish maqsadida yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish muddati 1-may etib belgilanmoqda.

Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni bo‘yicha batafsil ma’lumotni havola orqali bilishingiz mumkin.
______
#налоговая_отчетность

Утверждены сроки предоставления финансовой отчетности

🖇Согласно Положению о сроках предоставления финансовых отчетов, а также их структуре и содержании (рег. № 3567 от 4 ноября 2024 года) годовая финансовая отчетность предоставляется в следующие сроки:

◽️не позднее 1 марта года, следующего за отчетным годом – для финансовой отчетности составленной по НСБУ;
◽️не позднее 1 мая года, следующего за отчетным годом - для финансовой отчетности составленной по МСФО.

🗓В настоящее время большинство организаций предоставляют годовую финансовую отчетность по НСБУ не позднее 15 февраля года, следующего за отчетным. Ранее нормативно-правовыми актами не были установлены сроки предоставления финансовой отчетности, составленной на основе МСФО.

Информация о сроках предоставления финансовой отчетности по ссылке

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot

"To‘g‘ri ishlayotgan, tushumlarini to‘liq ko‘rsatib, soliqlarini o‘z vaqtida to‘layotgan tadbirkorlar bir narsadan hotirjam bo‘lsin. Bunday tadbirkorlarni biz har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz
."

Sh. Mirziyoyev

Тelegram | Facebook|Instagram
#hayat

Hayʼat majlisi: 10 oylik natijalar tahlili, muhim vazifalar

Joriy yilning 10 oyi, jumladan oktabr yakuni natijalari va yilni muvaffaqiyatli yakunlashga qaratilgan Soliq qoʻmitasining kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.

Hayʼat yigʻilishida Prezident maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Timur Ishmetov, qoʻmita markaziy apparat tuzilma rahbarlari, hududiy davlat soliq boshqarma hamda inspeksiya (videokonferensaloqa orqali) boshliqlari ishtirok etdi.

10 oylik natijalar:

• Umumiy tushum: 152,8 trln soʻm 📈15%
• Oktabr: 17,8 trln soʻm 📈17%

“Mahallabay” va “korxonabay” ishlash tizimlarida har bir xodimning samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) joriy etilishi natijasi va iqtisodiyotdagi ijobiy oʻzgarishlar zaminida 10 oylik oʻsish koʻrsatkichlari:

• Mol-mulk soligʻi ▲ 39%
• Yer soligʻi ▲ 26,3%
• Aksiz ▲ 22,4%
• Suv soligʻi ▲ 28,4%
• QQS ▲ 17,3%
• JSHODS ▲ 18,2%

Shu bilan birga, Andijon, Namangan, Fargʻona, Qashqadaryo, Samarqand,Toshkent viloyatlari hamda Yirik soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish hududiy soliq inspeksiyalarida toʻliq foydalanilmayotgan yoʻnalishlar aniq koʻrsatib berildi.

Asosiy eʼtibor quyidagi masalalarga qaratildi:

🔹toʻlov intizomini mustahkamlash orqali soliq qarzini qisqartirish;
🔹ortiqcha toʻlov summalarini hosil qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
🔹tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlikka yoʻl qoʻygan subyektlarga koʻmaklashish;
🔹ogohlantirishlardan keyin ham kamchiliklarni takrorlashda davom etayotgan ayrim xavfdagi soliq toʻlovchilarga nisbatan manzilli soliq nazorati tadbirlarini samarali tashkil etish.

Zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini yetarli darajada bajarmagan, ish faoliyatida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 31 nafar xodimlarga intizomiy choralar qoʻllanildi.

Shuningdek, samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash (KPI) natijasiga koʻra, 14 nafar xodimning maxsus unvoni pasaytirilib, 12 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Yigʻilish yakunida sohani raqamlashtirishni izchil davom ettirish hamda “mahallabay” va “korxonabay” ishlash tizimlari orqali soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish, shu bilan birga noyabr-dekabr oylari uchun soliq tushumlari boʻyicha nazorat koʻrsatkichlari belgilab berildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Buxoro shahridagi to‘qimachilik mahsuloti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Delta Rumino” korxonasi ayni paytda barqarorlik reytingining yuqori toifasida faoliyat yuritmoqda.

Ma’lumki, korxona barqarorlik reytingining yuqori toifasi 96 balldan 100 ballda faoliyat yuritganda yuqori reytingdagi tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish belgilab qo‘yilgan.

Ushbu korxona ham belgilangan imtiyozdan foydanalib, yaqinda 500 million so‘mdan ortiq qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini tekshiruvlarsiz bir kunda qaytarib oldi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#kogon_tumani

4-sektorda tomorqasidan unumli foydalanib yaxshigina daromad topayotganlar ko‘paymoqda

Kogon tumanidagi “Sorg‘un” mahallasida istiqomat qilayotgan Shuhrat To‘raev, “O‘ba-Cho‘li” mahallasida yashovchi Nosir Haydarov, “Bahouddin Naqshband” mahallasida yashovchi Bahrom Yodgorov, “Sarayon” mahallasida yashovchi Said Narziev, “Tutkunda” mahallasida istiqomat qilayotgan Axtam Fozilovlar chog‘roq yeridan katta daromad olayotgan ilg‘or tomorqa egalaridan hisoblanishadi.

E’tiborlisi, sektor ishchi guruhi va “mahalla yettiligi”ning yaqindan ko‘magi va qo‘llab-quvvatlovi natijasida ushbu hududda tomorqasidan unumli foydalanib, yaxshigina daromad topayotgan fuqarolar safi kengaymoqda.

👉 Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram
#mahallabay

Buxoro viloyati “Mahallabay” tizimining oktabr oyi reytingida – 86,5 ballni qayd etdi

Viloyatda mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning oktabr oyi reytingi koʻrsatkichlari:

75 - 80 ball - 29 nafar, 90 balldan yuqori - 88 nafar, 100 ball - 9 nafar

Maʻlumot uchiun, “Mahallabay” tizimida viloyat boʻyicha 544 ta mahallada 261 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib boradi.


Тelegram | Facebook|Instagram
#elon

Onlayn-NKT cheklarini tahrirlash uchun muddatlar uzaytiriladi

Soliq qo‘mitasi maʼlumotlar bazasidagi fiskal cheklar va jismoniy shaxslarning 80 terabayt hajmdagi maʼlumotlari yangi serverlarga migratsiya qilindi.

Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar belgilangan tartibda ish faoliyatida.

Shu bilan birga, dasturiy taʼminotning yangilangan versiyasiga o‘tish, maʼlumotlar bazasini optimallashtirish, xato va takrorlanishlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Maʼlumotlarni ko‘chirish jarayonida soliq to‘lovchilar uchun noqulayliklarni kamaytirish, maʼlumotlarning saqlanishi va xavfsizligini taʼminlash vazifasi qo‘yilgan.

Shu maqsadda shaxsiy kabinetda cheklarni tahrirlash imkoniyati 8-noyabrgacha cheklanadi, shuningdek, bu davrda axborot tizimlari va elektron xizmatlarda qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, barcha soliq to‘lovchilarga oktabr oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi summalarni tahrirlash (qolgan barcha maʼlumotlarni tahrirlash cheklanmagan) muddati 1-dekabrga qadar uzaytiriladi.
______
#объявление

Сроки корректировки чеков онлайн-ККТ будут продлены


На новые серверы перенесено 80 терабайт информации базы данных Налогового комитета, касающейся фискальных чеков и физических лиц. Электронные услуги для физических лиц и индивидуальных предпринимателей работают в штатном режиме.

Вместе с тем осуществляется переход на обновлённую версию программного обеспечения, оптимизируются базы данных, устраняются ошибки и дубликаты.

Поставлена задача минимизировать возможные неудобства для налогоплательщиков при переносе данных, обеспечить сохранность и безопасность данных.

В этих целях возможность корректировки чеков в персональном кабинете будет ограничена до 8 ноября. В этот период возможны краткосрочные сбои в работах информационных систем и услуг.

Учитывая вышеизложенное, для всех налогоплательщиков срок корректировки сумм в чеках онлайн-ККТ за октябрь (корректировка остальных данных не ограничена в сроках) продлевается до 1 декабря.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo‘yicha joriy yilning 6-noyabr holatiga:


🟢AAA - 94 ta
🟢AA - 218 ta
🟢A - 243 ta


O‘rta reytingdagi tadbirkorlar soni 13,2 baravarga oshib, 4 700 taga yetdi.

🔵BBB - 866 ta
🔵BB – 1 525 ta
🔵B – 2 297 ta


Reytingning yuqori AAA toifasidagi 108 ta xo'jalik yurituvchi subyektlar 88,4 milliard qo‘shilgan qiymat solig‘ini tekshiruvlarsiz bir kunda qaytarib oldilar.

Тelegram | Facebook|Instagram
#yashirin_iqtisodiyot

Buxoroda joriy yilning 10 oyida o‘tkazilgan 1 608 ta nazorat tadbirlarida 1 608 ta holatda xaridorga onlayn-NKTdan chek berilmaslik hamda naqd pullarni onlayn-NKTga kirim qilinmasganligi holati aniqlandi.

👉Natijada huquqbuzarlarga nisbatan jami 4 753.3 mln so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 7-noyabr

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️7 ноября 2024 года - последний день

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п.7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#yashirin_iqtisodiyot

Buxoroda joriy yilning 10 oyida o‘tkazilgan 28 ta nazorat tadbirlarida 28 ta holatda markirovkalanmagan alkogol mahsulotlarini savdoga qo‘yish holati aniqlandi.

👉Natijada huquqbuzarlarga nisbatan jami 169.5 mln so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

Buxoroda 2024-yil 1-noyabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 35 516 nafarga yetdi

Ularning 4 606 tasi yanvar-oktabr oylarida
ro‘yxatdan o‘tgan.

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar haqida

👉maʻlumot

Тelegram | Facebook | Instagram