Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot

Tadbirkorlik subyekti xarid cheki bermasdan savdo qilsa yoki xizmat koʻrsatib tushum pulini kirim qilmadimi, demak, u soliq toʻlashdan boʻyin tovlayapti.

Soliq kodeksining 22-moddasida tovar va xizmatlar realizatsiya qilinganida unga chek berish soliq toʻlovchining majburiyati etib belgilangan.

Aks holda soliq huquqbuzarligi sodir etilgan boʻladi va SK 221-moddasiga asosan, nazorat-kassa texnikasining yoki hisob-kitob terminallarining qoʻllanilishi majburiy boʻlgani holda, ularni qoʻllamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʻrsatganlik, shuningdek, hisob-kitob terminallari orqali toʻlovlarni qabul qilishni rad etganlik, deb baholanadi.

Bunday holatda tadbirkorlik subyektiga 5 million soʻm, huquqbuzarlik yil davomida qayta takrorlanganida esa 10 million soʻm miqdorida jarima solinishiga sabab boʻladi.

Maʼlumot uchun, joriy yilda xuddi shunday holat boʻyicha soliq organi xodimlari tomonidan 3 mingdan ziyod sayyor soliq tekshiruvlari oʻtkazilgan.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Audio
#QQS

Maryam soliqlar olamini kashf etishda davom etmoqda!


“Maryam soliqlar haqida bilib oladi” audio hikoyasining 2-qismida kichik qahramonga quyidagilar so'zlab beriladi:
▫️QQS o‘zi nima?
▫️nega u bizga kerak?
▫️uning har kunlik xaridlarimizga qanday bog'liqligi bor? 🛍💸

Audioni oila davrasida tinglang va farzandlaringiz bilan xaridlarimizdan tushgan soliqlar qayerga sarflanishi va jamiyatga qanday foydasi borligini muhokama qiling.

🎧1-qism mol-mulk va yer solig'i haqida

Kitob muallifi: Irodaxon Abbosxonova, Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
“Delta rumino” korxonasi o‘z biznesini kengaytirmoqchi

Bugungi kunda yurtimizda tadbirkorlik faoliyati uchun keng imkoniyatlar berilayotgani joylarda ularning safi kengayishiga xizmat qilmoqda.

Birgina Buxoro viloyatida bugungi kunda 35 mingga yaqin yuridik shaxslar hamda 18 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat yuritadi. Bu raqamlarni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslaydigan bo‘lsak yuridik shaxslar soni 4 000 taga va yakka tartibdagi tadbirkorlar ham qariib 7 500 taga ko‘paygan.

Buxoro shahridagi to‘qimachilik mahsuloti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Delta Rumino” korxonasi ham keyingi yillarda barqaror faoliyat yuritib kelayotgan korxonalar sirasiga kiradi. Mazkur korxonada ayni paytda 200 nafardan ortiq ishchi xodimlar mehnat qilayotgani ham e’tiborga molik.

Ayni paytda ushbu korxona barqarorlik reytingining yuqori toifasida ya’ni 100 ballda faoliyat yuritmoqda.

👉 Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram
#matbuot_anjumani

🎤Ayni paytda "2025-yildagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va davlat budjeti parametrlari" mavzusidagi Matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Soliq qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot va Moliya vazirligi rahbariyati ishtirok etmoqda.

2025-yil uchun davlat budjeti hamda soliq siyosati loyihasi e’lon qilindi.
___
#пресс_конференция

🎤В эти минуты началась пресс-конференция на тему «Основные макроэкономические показатели и параметры Государственного бюджета на 2025 год».

В ней принимает участие руководство Налогового комитета и Министерства экономики и финансов.

Опубликован проект Государственного бюджета и налоговой политики на 2025 год.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#elon

Soliq qo‘mitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilinishi munosabati bilan, 29-oktabr soat 20-00 dan 30-oktabr soat 09-00 ga qadar EHF, soliq imtiyozlari hamda E-ijara axborot tizimlari vaqtinchalik ishlamaydi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
__________
#объявление

В связи с поэтапным переносом большой базы данных Налогового комитета на новые серверы, 29 октября с 20:00 часов до 09:00 часов 30 октября информационные системы ЭСФ, E-ijara и налоговых льгот будут временно недоступны.

Приносим извинения за доставленные неудобства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizga konvert usulida haq to‘lashlariga rozi bo‘lmang❗️

Shoshilmang, xato qilib qoʻymang!

Bu nafaqat soliqlarni toʻlamaslik, balki Sizga belgilangan ish staji yozilmasligi va boshqa bir qator ijtimoiy xizmatlardan foydalana olmasligingizga sabab boʻlishi mumkin.

✔️ Eslatma! Soliq mobil ilovasida ish joyi, oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ko‘rishingiz mumkin.


Тelegram | Facebook|Instagram
#savol_bering_javob_beramiz

Savol: - Men yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanaman. Ayni paytda noma’lum muddatda uzoq safarga ketayotganligim sababli YATT faoliyatimni vaqtincha to‘xtatmoqchiman? YATT faoliyatini qancha muddatgagacha to‘xtatib turish mumkinligini bilsam bo‘ladimi?


F.Toshev,
Kogon tumani.


Javob: Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini to‘xtatib turish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan "Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 40-46 bandlarida keltirilgan.

Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.

Ushbu Nizomda qat’iy belgilangan soliqlarni to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkorni qancha vaqtgacha to‘xtatib turish mumkinligi belgilanmagan, demak vaqti cheklanmagan.

Тelegram | Facebook|Instagram
#savol_bering_javob_beramiz

Savol: - Men o‘zimga tegishli bo‘lgan noturar joyimni sotmoqchiman, shunda menga jismoiny shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadimi?

Sh.Oripov,
Olot tumani.

Javob: - Soliq to‘lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan noturar joylarni sotishdan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi.

Bunda noturar joyni sotib olish va sotish o‘rtasidagi ijobiy farq summasidan daromad solig‘i hisoblanadi.

Noturar joyni sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.

👉Soliq kodeksi 375-modda

Тelegram | Facebook|Instagram
#MXIK #elon

Qurilish materiallariga tegishli umumiy MXIKlar nofaol holatga oʻtkaziladi


Avval xabar berilganidek, Soliq qoʻmitasi va Qurilish vazirligi mutaxassislari hamkorlikda Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi va “Qurilish materiallari milliy klassifikatori” elektron platformasidagi umumiy nomdagi qurilish materiallariga tegishli MXIKlar oʻrganib chiqildi.

Oʻrganishda, bugungi kunda faol boʻlgan jami 3 269 ta kodlar qurilish materiallariga biriktirilgan umumiy nomdagi kodlar ajratib olinib, joriy yilning 10-noyabridan boshlab nofaol holatga oʻtkaziladi.

Shu boisdan, Roʻyxatda keltirilgan faol holatda boʻlgan qurilish materiallari kodlarini tegishli boshqa MXIKlarga oʻzgartirish tavsiya etiladi.

Qurilish materiallarining MXIKlari va ularga biriktirilgan oʻlchov birliklari boʻyicha savollar yuzaga kelsa, Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin:

📞 (+998) 94 733-34-33, 97 421-60-09
☎️ (+998) 71 244-96-21, 71 244-51-84

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
🟦🟦🟦🟦🟦

🔎Xabar berilganidek, katta hajmdagi maʼlumotlarni yangi serverlarga migratsiya qilinmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 30-oktabr soat 18:30 dan 5-noyabr soat 23:59 ga qadar onlayn NKT cheklarini tahrirlash imkoniyati vaqtinchalik cheklanadi.

Shuningdek, joriy yilning 31-oktabr soat 23:00 dan 5- noyabr soat 23:59 ga qadar jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliqlarni to‘lash, soliq hisoboti va deklaratsiyalarni taqdim etish, soliq qarzdorligi haqida maʼlumotlarni elektron tarzda olish hamda boshqa elektron xizmatlardan foydalanish vaqtincha to‘xtatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
__________________
#объявление

🔎Сообщалось, что большие данные переносятся на новые серверы.

В связи с этим с 18:30 часов 30 октября текущего года до 23:59 часов 5 ноября будет временно ограничена возможность корректировки чеков онлайн-ККТ.

Также с 23:00 часов 31 октября до 23:59 часов 5 ноября временно приостанавливается использование таких электронных услуг, как уплата налогов физическими лицами и индивидуальными предпринимателями, представление налоговой отчетности и декларации, получение электронной справки о налоговой задолженности и др.

Приносим извинения за доставленные неудобства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Buxoroda 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida 8 920 ta tashkilot 522,8 mlrd so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalandi

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM