Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.71K photos
1.9K videos
51 files
5.71K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#mol_mulk_soligi
#imtiyoz

Qaysi jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ini to'lashdan to‘liq ozod qilingan⁉️

🔹“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
🔹urush nogironlari va qatnashchilari;
🔹harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari). Beva xotinlarga (beva erlarga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan o‘tmagan taqdirda beriladi;
🔹energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga;
🔹yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar. Mazkur imtiyoz yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uchun ular 23 yoshga to‘lguniga qadar amal qiladi.

Kimlar mol-mulk solig'ini to'lashdan qisman ozod qilingan⁉️

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kv.m doirasida soliq solishdan ozod qilingan:

🔸10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan biri;
🔸pensionerlar;
🔸I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan erdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat 1 yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektiga tatbiq etiladi, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar bundan mustasno.
👉 Soliq kodeksi 421-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#elon #MXIK

Qurilish materiallari uchun qat'iy o'lchov birliklari biriktirildi

Avval xabar qilinganidek, Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogida Qurilish resurslari milliy klassifikatori bilan integratsiya qilinishi natijasida 172 mingta qurilish materiallarining identifikatsion kodlari (MXIK) yaratilgan.

Shuningdek, GS1 Uzbekistan global xalqaro mahsulot raqamlash tizimi maʼlumotlar bazasi va soliq toʻlovchilar so'rovnomasi asosida 11,3 mingta MXIK yaratilgan. Natijada, 183,3 mingta MXIKga Klassifikatorda oʻrnatilgan qatʼiy oʻlchov birliklari biriktirildi.
👉Ro'yxat

Shu munosabat bilan endilikda qurilish materiallarini elektron hisobvaraq-fakturalar orqali realizatsiya qilishda, Qurilish resurslari milliy klassifikatorida ko‘rsatilgan o‘lchov birliklaridan foydalaniladi.

Qurilish materiallarining MXIKlari va ularga biriktirilgan oʻlchov birliklari boʻyicha savollar yuzaga kelsa, Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin:
☎️ (+998) 94 733-34-33, 97 421-60-09

📞 (+998) 71 244-96-21, 71 244-51-84
___________
#объявление #ИКПУ

За строительными материалами закреплены фиксированные единицы измерения

Ранее сообщалось, что в результате интеграции Единого электронного национального каталога продукции (товаров и услуг) с Национальным классификатором строительных ресурсов создано 172 тысячи идентификационных кодов (ИКПУ) строительных материалов.

Также на основе базы данных глобальной международной системы товарной нумерации GS1 Uzbekistan и по запросам налогоплательщиков создано еще 11,3 тысяч ИКПУ. В итоге за 183,3 тысяч ИКПУ закреплены фиксированные единицы измерения, установленные Классификатором.
👉Перечень

В связи с этим теперь при реализации строительных материалов через электронные счета-фактуры используются единицы измерения, указанные в Национальном классификаторе строительных ресурсов.

Если у вас возникают вопросы по ИКПУ строительных материалов или их единицам измерения, можете обратиться в Министерство строительства и жилищно-коммунального хозяйства по следующим телефонным номерам:
☎️ (+998) 94 733-34-33, 97 421-60-09
📞 (+998) 71 244-96-21, 71 244-51-84

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Soliq organlarida “Huquqiy bilimlar oyligi” o‘tkazilmoqda

Ta’kidlab o‘tish kerak, soliq xizmati organlari hamda qo‘mita huzuridagi korxonalarda joriy yilning 7-oktabridan 31-oktabriga qadar xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida “Huquqiy bilimlar oyligi” e’lon qilingan.

Shundan kelib, mazkur oylik doirasida Buxoro viloyati soliq organlarida ham taniqli huquqshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazilish belgilangan.

Ushbu oylik doirasidagi birinchi huquqiy o‘quv soati viloyat soliq boshqarmasining Yuridik sho‘basi bosh yuriskonsulti Faxriddin Bafoyev tomonidan o‘tkazildi.

O‘quv soatida viloyat soliq boshqarmasi va hududiy soliq inspeksiyalari studiyalaridan barcha shaxsiy tarkib xodimlari "ZOOM" platformasi orqali ishtirok etdilar.

Unda ma’ruzachi mehnat bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, xususan “Mehnat kodeksiga ko‘ra xodim va ish beruvchining huquq majburiyatlari” mavzusida ma’lumot berib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.


Тelegram | Facebook|Instagram
Joriy yilning 9 oyi davomida Buxoroda onlayn NKM orqali 27,2 mln. ta chek urilgan

Buxoro viloyatida jami 2024-yilning 1-oktabr holatiga 27,2 mln ta onlayn NKM va virtual kassa soliq xizmati organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

O‘tgan yilning mos davrida esa (2023-yil 1-yanvardan 1-oktabrgacha bo‘lgan davrda) jami 6 713,6 mlrd. so‘mlik 19,8 mln.ta cheklar onlayn shaklda urilgan.

Joriy yilda bu ko‘rsatgich (1-oktabr holatiga) 7 890,7 mrld. so‘mlik tushum amalga oshirilib, 27,2 mln. ta onlayn cheklarni tashkil etmoqda.

Bu ko‘rsatgichni o‘tgan yilning mos davriga taqqoslaganimizda savdo pullari 1 177,1 mlrd. so‘mga o‘sib, 7,4 mln. ta onlayn cheklarning ko‘payganligini ko‘rsatadi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim

Soliq qoʻmitasi "Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” yo‘nalishida g‘oliblar qatorida

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" respublika ijodiy tanlovining yakuniy bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan o'tkazilgan tanlov "Davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud" (tuman va shahar hokimlari) hamda "Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim" (vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari) yo‘nalishlarida tashkil etildi.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur tanlovda Soliq qoʻmitasi "Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” yoʻnalishi boʻyicha faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#15_oktabr

Siz va Biz to‘layotgan soliqlar yurtimizni yanada farovon bo‘lishi uchun xizmat qiladi.

Unutmang❗️ 15-oktabr Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning so‘nggi kuni.

📲
Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot oling hamda to‘lovlarni oson to'lang.

Soliq majburiyatini oʻz vaqtida bajarishni unutmang!


Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#sayyor_qabul

Joylarda fuqarolar muammolarini o‘rganish, ularga manzilli ko‘maklar berish maqsadida Buxoro viloyati 4-sektor ishchi guruhi tomonidan reja-grafikka muvofiq sektor hududlarida sayyor qabullar o‘tkazib kelmoqda. Bugun navbatdagi sayyor qabul Buxoro shahridagi “Mutal Burxonov” mahalla fuqarolari yig‘inida tashkil etildi.

Unda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Djamshid Nurullayev, sektor ishchi guruhi, mahalla yettiligi ishtirok etib aholi muammolarini o‘rgandilar.

Qabulda fuqarolar tomonidan 15 dan ortiq turli masalalar o‘rtaga tashlandi. Quvonarlisi, 7 ta murojaat shu yerning o‘zida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullardan ko‘zlangan asosiy maqsad hududlardagi aholining og‘irini yengil qilib ularning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirishdan iboratdir.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#15_oktabr

❗️ 15-oktabr Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning so‘nggi kuni.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson amalga oshirishingiz mumkin.


Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#15_oktabr

📢HURMATLI FUQAROLAR!

Mol-mulk va yer solig‘ini 15-oktyabrgacha to‘lashni unutmang!

❗️ 15-oktabr Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning so‘nggi kuni.

📲To‘lovlarni Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson amalga oshirishingiz mumkin.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram