Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.08K subscribers
7.64K photos
1.61K videos
44 files
4.82K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_сектор

Qorovulbozor tumanida ijtimoiy muhofazaga olingan 80 nafar xotin-qiz o‘z biznesini boshlash arafasida

Qorovulbozor tumanida ijtimoiy muhofazaga olingan, daromad manbaiga ega bo‘lmagan, tadbirkorlik va kasb-hunarga qiziqishi bo‘lgan 80 nafardan ortiq xotin-qizlar uch oylik o‘quv kurslarni muvaffaqqiyatli tamomlab, maxsus sertifikatni qo‘lga kiritdilar.

Endilikda sertifikatni qo‘lga kiritgan qorovulbozorlik xotin-qizlar vakillari tikuvchilik, kasanachilik, shirinliklar pishirish, ayollar go‘zallik saloni va boshqa yo‘nalishlarda o‘z biznesini boshlab va shu orqali daromad topish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bu ishda ularga tuman hokimligi, sektor ishchi guruhi va viloyat xotin-qizlar tadbirkorlik markazining malakali mutaxassislari yaqindan ko‘makchi bo‘ladilar.

Тelegram | Facebook | Instagram
#suniy_intellekt

Soliq to‘lovchilar uchun virtual yordamchi DavrOn xizmatidan foydalanayapsizmi?


Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq to‘lovchilar uchun sunʼiy intellekt bazasida yaratilgan virtual yordamchi
DavrOn – samimiy va professional maslahatchi sifatida soliq va soliqqa tortish masalalarida maʼlumotlar hamda personal maslahatlar bera oladi. Virtual yordamchi o‘zbek, rus va ingliz tillarida samimiy muloqot qila oladi.

24/7 rejimida maʼlumot berishga mo‘ljallangan, DavrOn deb nomlangan virtual yordamchini ai.soliq.uz manzilida joylashgan.

Ma`lumot uchun:
Virtual yordamchi Soliq qo‘mitasining sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanadigan uchinchi xizmatidir.

Soliq qo‘mitasi soliq maʼmurchiligi samaradorligini oshirish, shuningdek, soliq to‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishda imkoniyatlarni kengaytirib borishni ko‘zlagan.

Mazkur yordamchida hozircha Soliq kodeksi, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, meʼyoriy hujjatlar va yo‘riqnomalar, shuningdek, soliq organlarining call-markaziga kelib tushayotgan onlayn-NKT, EHF, elektron raqamli imzo, elektron hisobotlar, markirovka va boshqa xizmatlarga oid savollarga javoblarni o‘z ichiga olgan 11 mln belgidan iborat bilimlar bazasi mavjud.

Uni takomillashtirish jarayoni uzluksiz davom ettiriladi.



Тelegram | Facebook|Instagram
#stol_tennisi

Soliq xodimlari o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi

Buxoroda soliq xizmati organlari xodimlari o‘rtasida sportning stol tennisi bo‘yicha “Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Unda hududiy soliq inspeksiyalari va soliq boshqarmasining jami 60 nafarga yaqin xodimlari o‘zaro bellashdilar. Murosasiz kechgan bahslar katta qiziqish va ishtiyoq bilan o‘tdi.

Sport-salomatlik garovi bo‘lganidek, soliq xodimlari orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda ana shunday musobaqalarning o‘rni beqiyos albatta.

Qizg‘in va murosasiz tarzda bo‘lib o‘tgan musobaqa yakunida g‘oliblarga stol tennisi federatsiyasi viloyat hududiy bo‘linmasi hamda boshqarmaning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Тelegram | Facebook | Instagram