Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.48K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#MXIK #savol_javob

🔴MXIK kodlariga oʻlchov birliklarini biriktirishda tushunarsiz oʻlchov birliklari kuzatilmoqda. Misol uchun, xizmat (soʻm) va xizmat (marta) oʻlchov birliklarining farqi nimada Qanday maqsadlarda dona (qadoq), dona (ampula), dona (tabletka) ishlatiladi

🔵Onlayn nazorat-kassa texnikalarining fiskal cheklarida va elektron hisobvaraq-fakturalarda realizatsiya qilingan tovarlarning miqdori koʻrsatilishi kerak.
👉 VMQ-943-son 1-ilovaning 7-bandi, 23.11.2019-yil
👉 VMQ-489-son 2-ilovaning 15-bandi, 14.08.2020-yil

Shu bilan birga, ONNKT va EHFlardan foydalanishda tahlil oʻtkazilganda, belgilangan talablariga javob bermaydigan, realizatsiya qilingan tovarlar miqdori oʻrniga shartli “soʻm” oʻlchov birligini koʻrsatishning keng amaliyoti tarqalganligi aniqlandi.

Qonun hujjatlari talablariga javob bermaydigan amaliyotga barham berish maqsadida “soʻm” va “marta” oʻlchov birliklariga “xizmat” soʻzi qoʻshildi.

Xizmat (so'm) – agar xizmat kompleks shaklda boʻlib, bir-biri bilan ajralmas boʻlgan oʻzaro bogʻliq jarayonlarni alohida qismlarga boʻlish imkoniyati va zaruratisiz kiritishni nazarda tutsa "soʻm" oʻlchov birligidan foydalanish lozim boʻladi (misol uchun “xonani taʼmirlash” xizmatlari).

Xizmat (marta) – agar koʻrsatilayotgan xizmat boshqa jarayonlardan ajratilgan boʻlsa va uning nechi marta koʻrsatilishini hisoblash mumkin boʻlsa, u holda “marta” oʻlchov birligidan foydalaniladi (misol uchun "gilam yuvish xizmatlari", "maslahat xizmatlari").

Shu bilan birga, chakana savdo obyektlarida realizatsiya koʻpincha donalab (ishlab chiqaruvchi qadogʻini ochish va uning tarkibini realizatsiya qilish) amalga oshiriladi. Shuningdek, chakana savdoda “dona” oʻlchov birligini 2 qismga boʻlishni nazarda tutadi:
1️⃣ tovarlarni toʻliq qadoqlash shaklida;
2️⃣ tovar tarkibini alohida-alohida realizatsiya qilish shaklida.

Shu sababli “dona” oʻlchov birligiga “qadoq”, “tabletka”, “ampula”, “blister” va boshqa koʻrinishdagi alohida atributlar biriktirilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Siz tasnif.soliq.uz saytida mahsulot va xizmatlar uchun talab qilinadigan identifikatsiya kodini (MXIK) topolmayapsizmi
Unda elektron onlayn-ariza qoldiring❗️

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #MXIK

Mahsulotlar va xizmatlarning identifikatsiya kodlari (MXIK) haqida

Mahsulot (tovar va xizmatlar) yagona elektron katalogida 268,1 ming ta MXIK mavjud. Shundan:
mahsulotlar uchun – 267 268;
xizmatlar uchun – 832 ta.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida respublika boʻyicha:
▫️202,4 ming korxona 21,9 mln EHF shakllantirishda 67 718 ta MXIKdan foydalangan;
▫️177,7 ming korxona tomonidan 141 390 ta MXIK aks ettiirilgan 471,1 mln onlayn-NKT chek berilgan.

▫️Umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun MXIKlar optimallashtirildi
▫️Tasnif.soliq.uz saytida tovarlarni qadoqlash tartibi
▫️MXIK kerak bo‘lsa – elektron onlayn-ariza qoldiring
________
#цифровизация #ИКПУ

Об идентификационных кодах продукции и услуг (ИКПУ)

Единый электронный национальный каталог продукции (товаров и услуг) содержит 268,1 тысяч ИКПУ. Из них:
для товаров 267 268;
для услуг – 832.

В январе-июне 2023 года по республике:
▫️202,4 тыс. организаций оформили 21,9 млн ЭСФ с использованием 67 718 ИКПУ;
▫️177,7 тыс.
организаций выдали 471,2 млн чеков онлайн-ККТ с использованием 141 390 ИКПУ.

▫️Укрупнены ИКПУ для общепита
▫️Упаковка товара на tasnif.soliq.uz
▫️Если нужен новый ИКПУ – оставьте онлайн-заявку

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK #onlayn_NKT

Cheklarda oʻlchov birliklarini notog‘ri qo‘llayotgan tadbirkorlarga xabarnomalar yuborilmoqda


Onlayn-NKM va virtual kassa yoki marketpleys orqali shakllantiriladigan cheklarda mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi boʻyicha identifikatsiyalash kodi (MXIK), oʻlchov birligi hamda boshqa tegishli maʻlumotlar aks ettirilishi shart.

Chekda majburiy talablardan biri yoki bir nechtasi mavjud boʻlmasa onlayn-NKTlardan  foydalanishga ruxsat etilmaydi.
👉 VMQ-943 23.11.2019

Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan onlayn-NKTlari orqali shakllantirilgan cheklarda MXIKlarga tegishli boʻlmagan oʻlchov birliklarini qo‘llash holatlari kuzatilmoqda.

Shuning uchun tadbirkorlik subyektlariga:

👉oʻlchov birliklaridan toʻgʻri foydalanish;
👉onlayn-NKT xotirasiga MXIK va oʻlchov birligi maʼlumotlarini toʻgʻri yuklash lozimligi yuzasidan xabarnomalar yuborilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Tovarlarni qadoqlash tartibi – tasnif.soliq.uz

Qadoqni shakllantirish uchun:
🔹ERI orqali shaxsiy kabinetga kiriladi;
🔹Qidirish oynasida qadoqlamoqchi boʻlgan mahsulot tanlanadi;
🔹"Qadoqlar" bo'limiga kirib "Qadoqni shakllantirish" tugmasi bosiladi.

Mahsulotni qadoqlash (agregatsiya qilish) xizmatida 3 xil qadoqlash mavjud.

🔺 Iste'mol qadog‘ini yaratish uchun quyidagilar bajariladi:
▫️qadoqlash turini tanlash;
▫️tovar miqdorini kiritish;
▫️o'lchov birligini tanlash;
▫️qadoqlangan mahsulot rasmini yuklash.

Xuddi shunday tartib tashqi qadoqlash uchun ham tatbiq etiladi.

Jarayonni yakunlash uchun "Qadoqni shakllantirish" tugmasi bosiladi.

❗️Barcha yaratilgan qadoqlar "Qadoqlar" bo'limidagi "Shakllangan qadoq" oynasida saqlanadi.

👉 MXIK uchun elektron onlayn-ariza qoldirish
👉 MXIKdan foydalanadigan soliq to'lovchilarga eslatma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#MXIK #QQS

Ayrim mahsulot va xizmatlar uchun imtiyozlarning bekor qilinishi tufayli MXIK o'zgaradimi?

1-apreldan QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilindi. Soliq to‘lovchilarda imtiyozlar bekor qilingan tovarlar va xizmatlar uchun MXIK o‘zgaradimi degan savollar tug‘ilmoqda.

MXIK o'zgarishsiz qoladi. Tizimdagi QQS imtiyozlari 1-aprelgacha amal qiladi. Shu kundan boshlab, ushbu tovarlar yoki xizmatlarning MXIKni tanlashda QQS stavkasi avtomatik ravishda qo'llaniladi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram