Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#stol_tennisi

Buxoroda stol tennisi bo‘yicha “Soliq qo‘mitasi kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi


Buxoroda mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni sportga qiziqtirishda sport to‘garaklari va turli musobaqalarning o‘rni beqiyos bo‘lmoqda. Ayniqsa, shu kunlarda sportning stol tennisi bo‘yicha mahallalalararo havaskorlar o‘rtasida o‘tayotgan “Soliq qo‘mitasi kubogi” musobaqalari ham ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

E’tiborlisi, ushbu musobaqaning tuman va shahar bosqichlarida eng chekka mahallalarning yoshlari ham jalb etilgan holda ularning orasidan mahoratli stol tennischilarini kashf etilmoqda.

Ta’kidlash lozim, O‘zbekiston tennis federatsiyasi, sport vazirligi hamda soliq qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan mazkur nufuzli musobaqaning quyi bosqichlarida viloyatimizning 500 nafardan ortiq havaskor tennischilari ishtirok etdilar.

Bugun viloyat soliq boshqarmasining sport zalida ushbu musobaqaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda soliq qo‘mitasi raisi maslahatchisi Gavhar Muqaddasova hamda soliq boshqarmasi rahbariyati ishtirok etib, yurtboshimiz tomonidan yurtimizda sportga berilayotgan e’tibor va bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladilar va mahalla va tuman bosqichlarida g‘olib deb topilganlar ishtirikchilarga musobaqaning viloyat bosqichida omad tiladilar.

Quvonarlisi, bunday sport musobaqalarining tashkil etilishi yoshlarga nafaqat o‘yindan zavqlanish hissini bermoqda, balki ularning jismoniy faolligini oshirib, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashga xizmat qilayapti.

Musobaqada havaskor sportchilar o‘rtasidagi baxslar qizg‘in, murosasiz kechdi va peshqadamlar saralab olindi.

Yakkalik bahslarining o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tgan bellashuvlarda Mironshoh Asadov va Asadov Asilbek hamda qizlar ortasida Umida Narzullayeva va Farangiz Farxodovalar g‘olib bo‘ldi.

Shiddatli va murosasiz tarzda bo‘lib o‘tgan musobaqa yakunida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
SOLIQ QO‘MITASI RAISI MASLAHATCHISI BUXORO VILOYATI SOLIQ ORGANLARIDA MEHNAT QILAYOTGAN XOTIN-QIZLAR BILAN UCHRASHDI

Buxoro viloyati soliq boshqarmasida soliq qo‘mitasi Raisi maslahatchisi Gavhar Muqaddasova viloyat soliq organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan uchrashdi.

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvda keyingi yillarda soliq xizmati organlarida ijobiy o‘zgarishlar, xususan, gender tenglik, xotin-qizlarning roli oshib borayotgani, “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ga muvofiq esa xotin-qizlarning davlat boshqaruvi organlaridagi faolligi yanada ortishi ta’kidlandi.

Muloqot davomida Gavhar Muqaddasova soliq xizmati organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning safini yanada kengaytirish, bilim va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, ularni chet davlatlariga borib tajriba almashishni tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlash lozim, ayni paytda Buxoro viloyati davlat soliq xizmati organlarida 80 nafardan ortiq xotin-qiz xizmat ko‘rsatmoqda. E’tiborlisi, ularning safida oddiy xodimdan tortib, sho‘ba va inspeksiya boshlig‘i ham bor.

Uchrashuvda soliq tizimida erkaklar bilan yelkama-yelka faoliyat yuritayotgan ushbu ayollarning taklif va muammolari o‘rganilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish
#QQS

Buxoroda maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS to‘lovchilar soni 13 300 tadan oshdi

Bu o‘tgan yilning mos davriga (12 959) nisbatan 3,0 %
ko‘p.

👉O‘zbekistonda maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS to‘lovchilar haqida BATAFSIL ma'lumot

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

EHF, elektron TTY va elektron soliq hisobotlari ma'lumotlar bazasi Faktoring platformasiga integratsiya qilinadi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq faktoring xizmatlari elektron platformasi joriy etiladi.

Soliq qo‘mitasiga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ushbu platformaga integratsiya qilish va axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yish vazifasi topshirildi:
🔹elektron hisobvaraq-fakturalar ma'lumotlar bazasi;
🔹elektron tovar-transport yuk xati tizimi;
🔹elektron soliq hisobotlari ma'lumotlar bazasi (yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlarini olish imkoniyati bilan).

Bu pul talabnomalarining haqiqiyligini tekshirish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, qarzdorning toʻlovga qobiliyatliligini baholash va faktoring, jumladan, xalqaro faktoringni amalga oshirish imkoniyatlarini beradi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab eksport kontrakti bo‘yicha debitor qarzdorlikni sotib olish to‘g‘risidagi shartnoma asosida eksport qiluvchining norezidentga (qarzdorga) nisbatan eksport shartnomasidan kelib chiqadigan xorijiy valyutadagi pul talablari evaziga rezident bo‘lgan moliya agenti tomonidan milliy valyutada pul mablag‘lari berilganda, eksport qiluvchilar uchun nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

👉PF-109, 12-avgust 2024-yil
___________
#новое_в_законодательстве

Системы ЭСФ, электронных ТТН и электронная база данных налоговой отчетности будут интегрированы с Факторинговой платформой


Согласно Указу Президента Республики Узбекистан "О мерах по ускоренному развитию рынка факторинговых услуг" будет внедрена электронная платформа факторинговых услуг.

Налоговому комитету поручено осуществить интеграцию и наладить обмен информацией с данной платформой посредством межведомственной интеграционной платформы системы «Электронное правительство»:
🔹базы данных электронных счетов-фактур;
🔹системы электронных товарно-транспортных накладных;
🔹электронной базы данных налоговой отчетности (с возможностью получения финансовой отчетности юридических лиц).

Это даст возможность проверки подлинности денежных требований, их регистрации, оценки платежеспособности должника, а также осуществления факторинга, в том числе международного.

С 1 января 2025 года на основании договора по приобретению дебиторской задолженности по экспортному контракту при предоставлении финансовым агентом денежных средств в национальной валюте за счет денежных требований экспортера к нерезиденту (должнику) в иностранной валюте, вытекающих из экспортного контракта, сохраняется действующий порядок налоговых льгот, предусмотренных для экспортеров.

👉№ УП-109 от 12.08.2024 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads