Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.11K subscribers
7.96K photos
1.69K videos
46 files
5.06K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#stol_tennisi

BUXOROLIK TENNISCHILAR RESPUBLIKA CHEMPIONATIDA 3 TA OLTIN VA 1 TA BRONZA MEDALLARINI QO‘LGA KIRITISHDI

Joriy yilning 15-21-iyun kunlari Namangan viloyatida sportning stol tennis turi bo‘yicha o‘smirlar (o‘g‘il bolalar va qizlar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada respublikamizning turli mintaqalaridan tashrif buyurgan yoshlar o‘zaro kuch sinashdilar.

E’tiborlisi, unda Buxoro 𝐎𝐏𝐒𝐓𝐓 markazi sportchi-o‘quvchilari ham muvofaqqiyatli ishtirok etib, 3 ta oltin va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Xususan, ushbu chempionatning o‘smir yigitlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Xurshid Ahmedov va o‘smir qizlar o‘rtasidagi kurashlarda Samira Qodirovalar shaxsiy birinchilikni, juftlik o‘yinarda esa Intizor Zokirova hamda Sharifa Toirovalar mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Fursatdan foydalanib, ushbu musobaqada muvofaqqiyatli ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Buxoro 𝐎𝐏𝐒𝐓𝐓 markazi sportchi-o‘quvchilarini viloyat soliq boshqarmasi hamda O‘zbekiston stol tennisi Federatsiyasining Buxoro viloyat hududiy bo‘linmasi g‘alaba bilan qutlaydi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 21, 2024
#stol_tennisi

Buxoroda faxriy nuroniylar hamda yoshlar o‘rtasida
stol tennisi turi bo‘yicha viloyat chempionati o‘tkazildi

O‘zbekiston stol tennisi Federatsiyasining Buxoro viloyat hududiy bo‘linmasi, Buxoro viloyat soliq boshqarmasi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi Buxoro viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda nuroniylar va yoshlar o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha viloyat chempionati o‘tkazildi.

Mazkur musobaqa orqali mahallada istiqomat qilayotgan barcha nuroniylar hamda 18 va undan yuqori yoshda bo‘lgan uyushamagan yoshlar qamrab olingan.

E’tiborlisi, tashkil etilayotgan bu kabi musobaqalar mahallalarda nuroniy va yoshlar o‘rtasida ommabop sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish, ishtirokchilarning sport mahoratini oshirish, intelektual salohiyatini yuksaltirish hamda ular orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.

Qiziqarli o‘tgan chempionatda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan ishtirok etgan jami 52 nafar yoshlar va nuroniylar g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.

Musobaqa boshlanishi oldidan so‘zga chiqqan “Nuroniy” jamg‘armasi Buxoro viloyati bo‘limi raisi S.Xusenov so‘nggi yillarda mamlakatimizda keksa avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Xususan ushbu musobaqa ham faxriy nuroniylar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar o‘rtasida tizimli ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib borish maqsadida tashkil etilganligi e’tiborga molik.
Yoshlar va nuroniylar jamoalari o‘rtasi bellashuvlarda 1-o‘rin Buxoro shahar, 2-o‘rin Jondor tumani hamda 3-o‘rin Shofirkon tumaniga nasib etdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblarga musobaqa tashkilotchilarining qimmatbaho sovg‘alari, diplom va medallari topshirildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.



🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 26, 2024
#stol_tennisi

O‘zbekiston stol tennisi Federatsiyasining Buxoro viloyat hududiy bo‘linmasi, Buxoro viloyat kasaba uyushmalari kengashi hamda Buxoro viloyat soliq boshqarmasi hamkorligida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining tarmoqlar tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan ichki-xodimlar o‘rtasida sportning stol tennis turi bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.

Bellashuvlar qiziqarli o‘yinlarga boy bo‘ldi. Musobaqa yakunida barcha qatnashchilarga va g‘oliblarga Buxoro viloyat kasaba uyushmalari kengashining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ta’kidlash kerakki, korxona va tashkilot muassasalari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan bu kabi sport musobaqalari ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirishi bilan ahamiyatlidir.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 29, 2024
#Buxoro #stol_tennisi #uchrashuv

Ayni kunlarda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasining mas’ul xodimlari respublikamiz boʻylab oʻrganish oʻtkazishmoqda.

Bugun mas'ullar Buxoroda boʻlib, viloyatning shahar va tumanlaridagi stol tennisi murabbiylari bilan uchrashib, ularning ayni paytdagi taklif va muammolari bilan tanishdilar.

Uchrashuvda Federatsiya rahbariyati tomonidan belgilab berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish, stol tennisini mahallalardagi yoshlar orasida yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlab ularni katta musobaqalarga jalb etish va tayyorlash kabi masalalarda murabbiylarga alohida koʻrsatmalar berildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 9, 2024
#Buxoro #stol_tennisi

Ayni kunlarda Buxoroda stol tennisi sport turi boʻyicha mahallalar aro havaskorlar o‘rtasida “Soliq qoʻmitasi raisi kubogi” musobaqalari qizg‘in davom etmoqda.

Kuni-kecha Vobkent hamda G‘ijduvon tumanlarida o'tgan musobaqalarda 70 ga yaqin mahallalardagi havaskor sportchilar oʻzaro bellashdilar.

Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan havaskor sportchi yoshlar keyingi bosqich yoʻllanmasiga ega boʻlishdi.

Bahslar yakunida g‘oliblar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Qayd etish lozimki, bayramona kayfiyatda tashkil qilingan ushbu musobaqalar viloyatimizning sporsevarlarini birlashtira oldi.

Qolaversa, ana shunday mahallalarda tashkillashtirilayotgan sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida sportni yanada ommaviylashtirishga xizmat qiladi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 10, 2024
#Buxoro #stol_tennisi

Avval xabar berganimizdek hududlarda stol tennisi sport turi boʻyicha mahallalar aro havaskorlar oʻrtasida musobaqalarning birinchi bosqichi davom etmoqda.

Jondor tumanida oʻtkazilgan musobaqalarda ham mahallalardagi 50 ga yaqin 11,15 yosh va havaskor sportchilar oʻzaro bellashdilar.

Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan havaskor sportchi yoshlar keyingi bosqich yoʻllanmasiga ega boʻlishdi.

Bahslar yakunida gʻoliblar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 16, 2024
August 19, 2024