Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.08K subscribers
7.64K photos
1.61K videos
44 files
4.82K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident: Buxoroda eng asosiy masala bu – xizmatlarni rivojlantirish

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
📣📣📣TADBIRKORLAR VA O‘Z BIZNESINI BOSHLASH NIYATIDAGI FUQAROLAR UCHUN QULAY IMKONIYAT

Mamlakatimiz Prezidentining Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun 1000 gektar bo‘sh yer maydonlarini “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarish topshirig‘i berilgan edi.

‼️Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan, ayni paytda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun viloyat hududidagi bo‘sh yer maydonlarining arzon narxlarda “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarilganligini bildiramiz.

Tadbirkorlikni boshlash uchun qulay joylar 👉https://E-auksion.uz

➡️ Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko‘rish)

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#oilaviy_tadbirkorlik

Oila a’zolari yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi mumkin.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#onlayn_seminar

"Tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash qoidalari" mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/1MD6nROe1KY?feature=share
___________
#онлайн_семинар

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Правила обязательной цифровой маркировки товаров".

🌐
Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/1MD6nROe1KY?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

👉 Jismoniy shaxslarga soliq to'lash haqida xabarnomalar yetkazilgan


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.
👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Nazorat-kassa mashinasidan foydalanmaslik va xarid cheki bermaslik qancha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi?
Anonymous Quiz
84%
5 million so‘m
6%
7 million so‘m
3%
10 million so‘m
7%
20 million so‘m
Soliq organida ro‘yxatga olinmagan NKTni qo‘llagan yoki sotib oluvchiga kvitansiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda savdoni amalga oshirganlik va (yoki) xizmatlar ko‘rsatganlik uchun jarima miqdorini bilasizmi?
Anonymous Quiz
44%
5 million so‘m
20%
7 million so‘m
14%
10 million so‘m
23%
20 million so‘m
Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan foydalanilangan soliq to‘lovchiga belgilangan jarima miqdori qancha?
Anonymous Quiz
22%
5 million so‘m
12%
7 million so‘m
29%
10 million so‘m
37%
20 million so‘m
Texnik talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanganib soliq qonunchiligini buzish ..... so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Anonymous Quiz
34%
5 million so‘m
12%
7 million so‘m
27%
10 million so‘m
27%
20 million so‘m
Kogon shahrida 2024-yil yanvar-iyun oylarida 106 ta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan

Tahlillar natijasida 106 ta holatda 368,2 mln. so‘mlik yoki o‘tgan yilga (97,4 mln. so‘m) nisbatan 270.8 mln. so‘mga ko‘p qayta soliq hisobotlari qabul qilindi.

Ushbu mablag‘lar quyidagi tahlillar natijasida 👉aniqlangan.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Buxorolik ishbilarmonlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi

Buxoroda kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish va ularni zudlik bilan hal etish maqsadida ishbilarmonlar bilan tez-tez muloqotlar o‘tkazib kelinmoqda.

Kecha viloyat hokimligida viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligida viloyat prokuraturasi, soliq va ichki ishlar boshqarmalari hamda sohaga daxldor boshqa idoralar rahbarlari ishtirokida tadbirkorlar bilan navbatdagi onlayn muloqot o‘tkazildi.

Ochiq muloqotda soha vakillarining murojaatlari tinglanib, faoliyatida uchrayotgan muammolar tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi.

Shuningdek, yangi zamonaviy loyihalarni amalga oshirish, hududning foydalanilmayotgan iqtisodiy imkoniyatlarini ishga solish bo‘yicha ham qator taklif va tashabbuslar ko‘rib chiqildi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi

Mukofotlanganlar orasida buxorolik ishbilarmon tadbirkorlar ham bor.

Jumladan,

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Achilov Nurmuxamed Nurullayevich - Gʻijduvon tumanidagi «Parvoz Humo Ravnaq Trans» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi;

«Do‘stlik» ordeni bilan

Mamurov Sharifjon Raximovich - Buxoro tumanidagi «LKW-Service» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Kamolov Mirsaid Shavkatovich - Buxoro shahridagi «Truck Profi» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi;

Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan tadbirkorlarimizni viloyat soliq xizmati organlari jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz!

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#eʼlon

Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi birgalikda OAV vakillarini 2024-yil 14-avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tadigan “Tadbirkorlar barqarorlik reytingi – O‘zbekistonda biznesni rivojlantirishning yangi vektori” mavzusidagi matbuot anjumaniga taklif etadi.

Boshlanish vaqti:
soat 12:00
Manzil: Toshkent sh., Alisher Navoiy koʻchasi 30-uy
____
#объявление

14 августа 2024 года Налоговый комитет вместе с Торгово-промышленной палатой приглашает представителей СМИ в Агентство информации и массовых коммуникаций на пресс-конференцию «Рейтинг устойчивости предпринимателей - новый вектор развития бизнеса в Узбекистане».

Начало: 12:00
Адрес: г.Ташкент, улица Навои 30

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida Farmoyishi qabul qilindi.

Mukofotlanganlar orasida buxorolik tadbirkorlar ham bor.

Jumladan,

1. Bekov Sodiqjon Abdullayevich - Gʻijduvon tumanidagi «Bek Bags-Business» oilaviy korxonasi rahbari;

2. Djurayeva Mastura Gaybulloyevna - Kogon tumanidagi «Buxara-Tehron» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari;

3. Ismailov Baxritdin Safarovich - Buxoro shahridagi «Pasquale» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;

4. Kenjayev Anvar Amandillayevich - Vobkent tumanidagi «Zahro yulduzi» chorvachilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i;

5. To‘xtayev Farrux Mustaqimovich - Gʻijduvon tumanidagi «Buxoro Fayz Tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;

6. Usmonov Rustamjon Ochilovich - Jondor tumanidagi «Abdul Boqi Rahmon» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari;

7. Xamdamov Nodir Muxamatovich - Kogon shahridagi «Akbarjon Barakat» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi.

Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan tadbirkorlarimizni viloyat soliq xizmati organlari jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz!

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram